Axloqiy tarbiya mazmuni avvalo bolalarning amaliy faoliyatida o`qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida ularning munosabatlari xarakterida, o`zaro ta`sir ko`rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o`zlashtirishlarida namoyon bo`ladi.

O`quvchilarda darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda yahshi xulq-atvor fazilatlari, xushmuomalalik, ota-onaga xurmat, kattalarni siylash, xizmatlarida bo`lish, oq ko`ngillilik raxmdillik, saxiylik, xallolik, to`g‘rilik, imon-e’tiqodlilik, el-yurt, vatanga muhabbat, unga sadoqatlilik, ishbilarmonlilik, mehnatga ixlosmandlik kabi fazilatlarni tarbiyalash axloqiy tarbiya mazmunini tashkil qiladi.
ESTETIK TARBIYA
Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o`z diqqat e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruxga qaratadi.
Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror topishga xizmat qiladi. Ma’lumki, tarbiya inson ongiga xatti-xarakatiga, xulq-atvoriga ta`sir o`tkazishini o`z oldiga maqsad va vazifa qilib qo`yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifalarni tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy ijtimoiy jixatdan ahamiyatga molik xodisa anglatadi.
Estetik tarbiya bu san’at tabiat va jamiyat xodisalaridagi nafosatlilikni idrok etish tushunish ijod qilish va hayotini estetik qonun qoidalar asosida tashkil qilishdir.
O`zbek xalqida amaliy bezak san’ati estetik tarbiyaning bebaho vositasi hisoblanadi. Ganch o`ymakorligi, naqqoshlik, yog‘och o`ymakorligi, tosh va suyak o`ymakorligi, kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo`zchilik bilan tikish san’ati necha asrlardan buyon o`zbeklar bir qancha avlodning estetik tarbiyalash vositasi bo`lib kelmoqda.