Tarbiyachi-pedagogning kompetentlik transformatsiyasi



Yüklə 96,92 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü96,92 Kb.
#168154
1   2   3   4   5   6
Мақола Rasulxo\'jayeva

Adabiyotlar taxlili

  • MUTAFAKKIRLARNING PEDAGOG TARBIYaChI ShAXSI TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI

Qadimgi dunyo falsafa tizimlaridan boshlab pedagogikaning fan sifatida shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy bilim sari harakat qilish jarayoni yuz beradi.
Har qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining ob’yektiv qonunlari to‘g‘risidagi bilimlarning yakunidan, jamlashidan ishonarli va umumlashgan bilimlar sistemasidan iborat bo‘ladi.
Shaxsni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llarini, qonun-qoidalarni izlaganlar. Darhaqiqat, insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o‘rganishdan iborat.
Zardusht dini bo‘yicha har bir inson hayot yo‘lini o‘zi belgilaydi; kimga yon bosmoqlik, kimni himoya qilishni o‘zi hal qiladi.
O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari. VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o‘yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Pedagog olima A.S.Kaldibekovaning fikricha, bu bitigtoshlarda bolalarni baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Bitigtoshlarda turk xalqining Tabg‘ach xonligiga qarshi olib borgan urushlari ham ifoda etilgan. Biroq turk xonlari (To‘nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon, Eltarish hoqon) Tabg‘ach xonlarining botirligi, siyosatdonligi, ishbilarmonligi, vatanparvar hamda elsevarligini inkor etmaydi. Ayni shu jihatlarni turk xalqida mujassam bo‘lishini chin dildan istaydi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo‘lib maktabda o‘kitish zarurligini ko‘rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:

  • bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;

  • ta’limda oddiydan murakkabga tomon bilim berish;

  • olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi;

  • o‘qitishda jamoa bo‘lib o‘qitishga e’tibor berish;

  • bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

  • o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.

Tarixiy jarayonlarni o‘rganish, bugungi kundagi ob’yektiv masalani rivojlantirish masalalari qator olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida yangicha rang berish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonning kompetensiyaviy transformatsiyasini takomillashtrishni taqozo etmoqda.
Aynan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda dunyoning turli mamlakatlarida yashab o‘tgan pedagog mutafakkirlarning qimmatli fikrlarida tarbiyachining pedagogik jarayonida o‘zini qanday boshqarish xususidagi ta’limotlar va ilmiy metodlarni qo‘llash haqidagi ilmiy meroslari bizgacha yetib kelgan. Jumladan, Yan Amos Komenskiyning “Ona maktabi” degan maktabgacha tarbiya qo‘llanmasi va boshqa bir qancha kitoblari dunyo yuzini ko‘rdi.
Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini xisobga olish mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘­lanishlarni ochib beradi. Shu asosda ta’lim tarbiya sohasidagi tajri­balarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiq­bollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or taj­ribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiya­lash, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.
“Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya” hamda “ma’lumot” degan so‘zlarni ishlatamiz. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir birini to‘ldiradirib boradi. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz “ta’lim oluvchi”, “o‘qituvchi”, “usul”, “intizom”, “jamoa”, “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hokazo tushuncha - mavzular yuzasidan fikr yuritilganda ular haqidagi sifatlarga alohida qaraladi.
So‘ngi besh yil ichida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya mazmuniga innovatsion texnologiyalar kiritilib borishi tarbiyachi shaxsining pedagogik faoliyatining kompetensiyaviy transformasiyasi paradigmalariga oid tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Maktabgaha ta’lim tashkilotlarida boshqaryvchilik faoliyatida pedagogik jarayonni tizimlashtirishda kompetensiyaviy yondashuvga axamiyatli e’tibor qaratilishi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Respublikamining metodist olomlaridan M.T.Xamdamova malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish mavzusida olib borilgan tadqiqot ishida мaktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasi – bu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarning boshqaruv funksiyalarini professional ravishda bajarishga tayyorligi va qobiliyatini belgilab beruvchi bilimlarni, qadriyatlarni, kommunikativ va tashkiliy-uslubiy faoliyat tarkibiy qismlarining yig‘indisidagi ajralmas shaxsiy-kasbiy tavsif bo‘lib, bu boshqaruv vazifalarini samarali olib borishni ta’minlashini ko‘rsatib beradi deb ta’riflaydi
G.A.Gaynazarova Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari kasbiy kompetentligini rivojlantirish mavzusida olib borgan tadqiqot ishida “kasbiy kompetentlik” tushunchasiga - kasbiy kompetentlik pedagogik vaziyatlarda o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oqilona qo‘llash, pedagogik muammolarni hal etishda tarbiyalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatish usul va uslublari hamda vositalaridan mohirona foydalana olish imkoniyatini beruvchi kasbiy fazilatlar majmuidir” deb mualliflik ta’rifini bayon etadi.
Bu esa, maktabgacha ta’limda yangicha ijodiy sog‘lom raqobat muhitini yaratish, tarbiyachi-pedagoglarning motivasion jarayonini oshirish, ularning kasbiy
rivojlantirish,kasbiy faoliyatini yaxshilash, shart-sharoit yaratish zaruratini belgilaydi.
Tadqiqot metodologiyasi
Tarbiyachi-pedagogning kompetesiyaviy transformasiyasi pedagogik jarayonnni tashkil etishda qadimgi xalq an’anasidan foydalanish ishida ham o‘zining mohiyatini yo‘qotmagan xalq pedagogikasining g‘oyaviy hazinasi va buyuk yutuqlari sifatida epos, ertak, lapar, maqol, tez aytish, topishmoq kabi janrlarni qo‘llashda turli metod va vositalar asosida tashkil etishi uning kompetensiyaviy yondashuvini tashkil etadi.



Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.




Yüklə 96,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin