innovatsion kompetentlik–pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish
kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, ta’lim oluvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish
Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish
Ekstremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish малакасига эгалик.
Pedagog-tarbiyachi kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari: o‘zini o‘zi tahlil qilish; o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi.
O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.