Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi



Yüklə 102,38 Kb.
səhifə1/11
tarix25.12.2023
ölçüsü102,38 Kb.
#194430
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lapasov B


3-mavzu:TARBIYANING MAQSADI VA VAZIFALARI
REJA:
1. Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari.
2. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
3. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi

TUSHUNCHA


Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, u tarbiyaviy jarayonning mazmuni, metodi va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqiyoti o‘sib kelayotgan barkamol avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.Tarbiya nazariyasi O‘rta Osiyo faylasuflarining tarbiya haqidagi fikrlariga va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, ruhi komil, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, baynalminal, insonparvar barkamol shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy an’analar va mintaqalararo hususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi.Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, harakteri, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradi: bu o‘zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilimni o‘zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulgayib borgan sari bu faollik tobora ko‘prq mustaqillik hususiyatlariga ega bo‘lib boradi: tarbiyalanuvchilar o‘zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o‘z- o‘zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo‘lishga ko‘nika boradilar.Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar.
Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar jamoasi o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat o‘zaro tushunish, ishonch, hamkorlik asosida qurilishi lozim.Maktab butun tarbiya ishini hayot bilan hamohangi, o‘quvchilarga o‘tmish, tarix, san’at haqidagi ma’lumotlarni chuqur o‘rgatishi,xalq pedagogikasi asosida ish yuritishi, buyuk allomalarning farzand tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari, inson ruhini chuqur o‘rganib, sharqona urf-odatlar, an’analar asosida yoshlarga mehnat malakasini singdirishi lozim.



Yüklə 102,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin