Tarbiya jarayonining qonuniyatlari Tarbiyaning maqsadini pedagoglar ham, ota-onalar ham yaxshi bilishlari lozim.Umumta’lim maktablarida tarbiyaning asosiy maqsadi sifatida shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi asos qilib olinadi. SHaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning ayrim qirralari yoki hislatlarining to‘laqonligi, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik qarashlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi.Tarbiya moddiy boyliklarni ishlab chiqarish usuliga, jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, siyosiy tizimga, mafkuraga bog‘liqdir.Tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi uning muhim qonuniyati hisoblanadi.Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga bog‘liqdir. Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Tarbiya jarayoni murakkabdir. Shuning uchun ham u tarbiyachidan bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik bilan yondoshishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini diqqat bilan o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim.
Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali amalga oshiriladi.Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila, ota-onasi, maktab, do‘stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar tarbiyalaydi. SHaxsning rivojlanish va shakllanish jarayonini boshqarib borishi kerak. SHaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor berish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish lozim.Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va uzluksiz bo‘lsin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarining shaxs kamolotini shakllantirish borasidagi harakatlari mujassamlashishi ta’minlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligi e’tiborda tutilishi zarur.Tarbiya muayyan maqsad bilan rejali ravishda amalga oshiriladigan davomli ishdir.Yosh avlodga har bir tarixiy davrdagi jamiyatning o‘ziga xos ishlab chiqarish metodi va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq tarbiya beriladi. Bu tarbiyaning asosiy qonuniyatidir.Tarbiya jamiyat hayoti bilan bog‘liq, jamiyat o‘zgarib rivojlanishi bilan tarbiya ham o‘zgarib, rivojlanib boradi.Tarbiya jarayoni hayotiy, amaliy hususiyat kasb etmog‘i lozim. Tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari; pedagoglar, ota- onalar, jamoatchilik, yoshlar tashkilotlari va mehnat jamoatlari- hamma kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim.