Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi


Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini hisobga olish qoidasi



Yüklə 102,38 Kb.
səhifə9/11
tarix25.12.2023
ölçüsü102,38 Kb.
#194430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lapasov B

Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini hisobga olish qoidasi.
Tarbiyaning mazmunini tashkil qiluvchi g‘oyalar, talablar, maqsad va vazifalar ichidan o‘quvchilarning yosh va individual hususiyatlariga muvofiq keladiganlarinigina tanlab olish juda muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, tarbiyachilar bola shaxsiyatiga monand metod topishlari, uning shaxsini shakllantirish uchun kerakli sharoit yaratishlari lozim.
Odamlarning qobiliyati va shaxsiy hususiyatlarini, individual harakterini oila, muhit, turmush sharoiti oldindan belgilaydi.
O‘qituvchi bolalarni, ularning har birini tushunish mahoratiga ega bo‘lishi kerak. O‘z o‘quvchilarini bilish va ular bilgan narsalarni bilish va har biri alohida va hammasi birgalikda bilishi mumkin bo‘lgan narsalarni bilish o‘qituvchi uchun zarur shartlardan biridir.
Tajribali o‘qituvchilar o‘quvchilarni kuzatadilar, ularni har tomonlama o‘rganadilar, o‘quvchini boshqalardan ajratadigan sifatlarni izlab topadilar va u boshqalarga qanday naf keltirishi mumkinligini aniqlaydilar.
Tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari bolalar yoshi va saviyasiga qarab turli sinfda turlicha bo‘ladi. Masalan, boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi o‘quvchilarda o‘qish, chizish, hisoblash malakalarini shakllantirish bilan birga ularning ongi, qalbiga tabiatni muhofaza qilish, yaxshilik- yomonlik, adolat-adolatsizlik, halollik-haromlik, go‘zallik-xunuklik, mehribonlik-shafqatsizlik kabi tuyg‘ularning oddiy qonun-qoidalari singdiriladi. Buning uchun ularni tez-tez tabiat qo‘yniga olib chiqish, ularning o‘zlari kuzatishlar olib borishlari kabi imkoniyatlar yaratish lozim.
YUqori sinflarda esa shaxsning rivojlanishi va shakllanishi, uning ijtimoiy o‘zligini anglashga bo‘lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi, kasbga yo‘naltirishga e’tibor beriladi. O‘quvchilar jamoasi ayrim shaxslardan iborat, SHuning uchun har bir bolaning o‘ziga alohida pedagogik ta’sir ko‘rsatilishi kerak. Buning uchun pedagog bolaning qanday oilada tarbiyalanganligi, u tarbiyalangan muhit ta’sirini, tengdoshlari, o‘rtoqlari va kattalar qanday ta’sir ko‘rsatayotganlarini, uning ijobiy va salbiy odatlarini, nimalarga qiziqishini va qobiliyati borligi va hokazolarni yaxshi bilishi kerak. Har bir bolaning o‘zigagina xos hususiyatlarini aniq bilmay turib bolaga rejaviy ravishda, maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish mumkin emas.
Pedagogning bu qoidaga amal qilishi o‘quvchilarning tushunishiga, ularning his-tuyg‘ularini, tashvishlarini jiddiy qabul qilish va qadrlashga, ijobiy insoniy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. O‘quvchilar ham o‘z o‘rnida o‘zlarini inson sifatida anglaydilar va o‘qituvchilarga hurmat bilan qaraydilar.
Pedagog tarbiya jarayonida bolalarning ijodkorligiga, ziyrakligiga, mustaqilligiga, bilish va ijtimoiy faolligiga keng yo‘l berish kerak. Bolalar jamoasiga singdirilgan muomala harakteri har bir o‘quvchiga haqiqiy insoniy tabiatni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
Bu qoidani amalga oshirish bolalar faoliyatini mazmuni va shakllarini ularning yoshiga, hayotiy tajribasiga va imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni talab qiladi. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarida insoniy fazilatlarni tarbiyalash jarayonida ularning har biriga xos ravishda muomala qilish yo‘lini topishi lozim.

Yüklə 102,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin