Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi


Tarbiyada izchillik, tizimlilik tarbiyaviy ta’sirlarning uyg‘unligi va uzluksizligi qoidasi



Yüklə 102,38 Kb.
səhifə10/11
tarix25.12.2023
ölçüsü102,38 Kb.
#194430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Lapasov B

Tarbiyada izchillik, tizimlilik tarbiyaviy ta’sirlarning uyg‘unligi va uzluksizligi qoidasi.
Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart.
SHunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumning ishi va uzluksiz bo‘lsin. Tarbiyaning barcha tomonlari hamoxang bo‘lsin.
Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so‘ngra o‘zining talabini unutib qo‘ysa, yoki o‘zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hol tarbiyaga juda yomon ta’sir qiladi. O‘qituvchi subutli; o‘z lafziga sobit bo‘lmog‘i kerak. Masalan, «Ertaga kundaliklaringizni tekshiraman», «Oyoq kiyimlaringizni moylanganligini ko‘raman» deb va’da berdingizmi, ijrosini unutmang. Pedagog biror tarbiyaviy tadbir uyushtirishni bolalarga va’da qilib, sal orada va’dasini esdan chiqarib qo‘ysa, o‘quvchilar bunday o‘qituvchiga ishonmay qo‘yadilar. Har bir pedagogning ishi bilan so‘zi bir bo‘lishi lozim.
Bolalarga birdaniga juda ko‘p talab va qoidalarni takdim qilish mumkin emas. Bolalarga tarbiya va ta’lim berishda uzluksizlik va tizimlilikka rioya qilish kerak.
Hamma tarbiyachilar o‘quvchiga bo‘lgan munosabatlarida bir-birlariga zid harakatda bo‘lmasliklari, bir xil, yagona talab qo‘yishlari lozim. Tarbiyaviy ishda bunday izchillikka rioya etish juda ham muhimdir.
O‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda izchillikka rioya qilish, muomalani avvaligicha davom ettirish va bir xil talab qo‘ish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Afsuski, amalda ba’zan oila maktabning talablarini qo‘llab-quvvatlamaydigina emas, balki teskari ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar orasida ham talablarning bir xilligi hamisha ta’minlanavermaydi. Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon, unda ota-ona, o‘qituvchi, jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. SHu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya etish, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya metodlari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiya ishida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarning oila va maktab o‘quvchilar va yoshlar tashkilotlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat ish ko‘rishini ko‘zda tutadi. CHunki, tarbiyaviy ta’sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamini qamrab olishi kerak. Aholi qatlamlarining tarbiya tizimiga jalb qilishdagi rang-barang shakl va metodlar ham ijtimoiy- iqtisodiy ham pedagogik jihatdan, nafaqat tub aholi, balki Respublikada istiqomat qilayotgan boshqa millatlar va elatlarning etpopedagogikasi sohasi jihatdan ham ta’minlanishi kerak.

Bola o‘qishni, tarbiya olishni istaydi, katta bo‘lib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. SHu bilan birga bola o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim.


O‘qituvchi-do‘st, murabbiy, yo‘l boshlovchi bo‘lgandagina o‘quvchilar o‘zlarining ichki olamlarini ochib ko‘rsatadilar.
YUqorida aytganimizdek, tarbiya tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar-bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar, tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar.
Demak, tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish usullaridir. SHaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuyg‘ulari, irodasi, xulq-atvori va munosabatlari tizimiga ta’sir ko‘rsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy adabiyotlarda tarbiya metodlarini tarbiya usullari, deb ham yuritiladi.
Ta’lim metodlari, o‘qituvchi sinfda birinchi marta sinf xonasini tozalash uchun shanbalik uyushtirmoqda. Bolalarga ish bo‘lib berishdan oldin u lattani qanday qilib xo‘llash, partalarni va polni artish haqida gapirib, ko‘rsatib beradi. O‘qituvchining so‘zi bu erda uslub bo‘lib hisoblanadi. Metod va uslub bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va pedagogik jarayon mohiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘tib turishi mumkin.
O‘quvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan, sinf majlisi, yig‘ilishi, ertalabki saflanish, klub ishlari va boshqalar.
Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali qo‘llanmalar, kitoblar, radio, televidenie). YAna o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari ham tarbiya vositasi bo‘lishi mumkin. Kinofil’mlar, san’at asarlari, o‘qituvchining jonli so‘zi, bolalar o‘yini, mehnat, sport, badiiy havaskorlik, ijtimoiy va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab kutubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va kutubxonachi yozuvchilar bilan uchrashuv, o‘qilgan kitoblarni muhokamasini uyushtirishlari lozim.
Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq.
Tarbiyachilar ta’sir etishning bola shaxsiyatiga maqbul metodni, tanlab olishlari, uning shaxsini o‘zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya metodlari har bir bolaga, bolalalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi.
SHunday qilib, tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat harakterini hisobga olgan holda ta’sir etishning turli-tuman metod, uslub va shakllarini majmuasiga tarbiya usuli deyiladi. Tarbiyaning metodlari, vositalari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o‘zini oqlagan urf-odatlar an’anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi, tarbiya vositalari bo‘ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak.

Yüklə 102,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin