tartiblilikni aks ettiruvchi ko‘proq ob’ektiv va qulay metodlar qullaniladi. Ana Shunday tavsif bilan bog‘liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo‘linadi: 1. Shaxs ongini Shakllantiruvchi metodlar. 2. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish metodlari. 3. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari. Shaxs ongini shaklantiruvchi metodlar Bu guruhga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni, ma’naviy va siyosiy g’oyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, hislari va irodasiga ta’sir ko’rsatish metodlari kiradi. Bu guruh metodlarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish maqsadida ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar ishlatiladi. O’quvchilarda siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatni ichki va xalqaro siyosatini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. Tushuntirish bu ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko’p ishlatiladigan metoddir. Tushuntirishning mohiyati o’quvchiga qo’yilgan talabni, voqyealarni, harakatlarning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini yoritadi va o’quvchilarga duyoviy bilimlarni egallashda, ongli intizomni, yuksak madaniyatni milliy g’ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o’quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o’z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog’langanligi, u yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya qilishi, mehnat va jamoada faollikni, ma’naviy yetuklik haqida axborot beriladi Bunda davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasi, konstitusiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning