Tarbiyasi qiyin bolalarning shaxsiy rivojlanishi va tarbiyasining xususiyatlari


Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash usullari



Yüklə 34,98 Kb.
səhifə7/9
tarix23.05.2023
ölçüsü34,98 Kb.
#120555
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sotvoldiyeva Zaxro2

2.2. Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash usullari
“Tarbiyasi og’ir” bolalar… Hammaga ma’lum bo’lgan va afsuski, allaqachon ko’nikib ketilgan bu atama ortida nimalar turadi? Militsiya xodimi uchun - u qo’lida rogatka ushlagan bezori, bola o’qituvchi uchun - sinfdoshlariga yomon ta’sir ko’rsatuvchi norasmiy, bolalar bog’chasi tarbiyachisi uchun esa – xarxashali injiq, yengiltak, tinib – tinchimas bola. Ota-onalar uchun-chi?
Har qaysisi uchun u o’zgacha ma’no kasb etadi. Ota-onalar tushunishidagi “tarbiyasi og’ir” bolaning mumkin bo’lgan barcha variantlarini aytib o’tish foydasiz, chunki har qanday bola ham tabiatan “qiyin” bo’lishi mumkin.Odatda hamma bolalar ham tug’ilgan vaqtlaridanoq ota-onalariga ma’lum bir qiyinchilik keltiradi. Ammo ba’zilar uchun muammo bo’lgan narsa, boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi va u ko’pgina sabablarga bog’liq. Bolaga nisbatan ota-onalarining tutgan yo’li, oiladagi qadryatlar tizimi, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bor yoki yo’qligi, shuningdek boshqa ko’pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida muqarrar ravishda paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini belgilab beradi.
“Tarbiyasi og’ir” bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S Vigotskiy fikricha, “og’ir” o’smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz, qo’pol bolalardir. Ularning aktivligini maqsadga muvofiq o’zgartirish, ularga ba’zi huquqlarini berish yo’li bilan ularga ta’sir o’tkazish mumkin.
Shuni aytish lozimki, “tarbiyasi og’ir“ bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o’qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo’lim – bu xulq – atvorini nazorat qilishdan iboratdir: Bunday nazorat inson yomon hatti-harakatlarini
imkoniyatini beradi. Agar shaxs xulq-atvorini axloqiyligi haqida qayg’ursa, u ijtimoiylashuvga erishgan bo’ladi.Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: Bola o’zini egosentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z muhitiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxo’rlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ulaning yo’qligi bolalarga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxorligini bildiradigan so’zlar xatti-harakatlar bola uchun
juda kata ahamiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq- atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shakllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan taqdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorlarni rag’batlantirish va yomon xulq-atvor hamma bolalarga ham taaluqli emas.
Bolalarni tarbuyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta. Tarbiya jarayonida g’amxorlikning funksiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxor ota- onalarga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolalarning salbiy xulq-atvorini qo’llab- quvvatlamaganda bola o’z xatti- harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.

Yüklə 34,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin