Sinfda va sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Ularga quyidagilar kiradi:
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
O’quvchilarning Sinfda va sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarini o’quvchilar tashkilotchilari va sinf faollari yordamida yo’lga qoyish.
Sinfda va sinfdan tashqari yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, Sinf rahbarlari, ota-onalar, Sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish.
Umumta’lim va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada direktor o’rinbosari faolligining uchta asosiy tomonini ko’rsatish mumkin:
tashkilotchilik,
uslubiy
ma’muriy.
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. Ma’naviayt ishlari boyicha direktor o’rinbosarining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni ham kiritish mumkin:
Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish;
Tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalarini aniqlash;
Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash;
Sinfda va sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish bolalalrning yosh xususiyatlarini, maktabning joylashgan shart-sharoitlarini, ijodiy birlashmalar, ilmiy markazlar ilan o’zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor o’rinbosarining faoliyati o’z ifodasini topadigan hujjatlar royxati Xalq ta’limi vazirligi tomonidan doimiy ravishda berib boriladi.
Eslab qoling! “Sinfda va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar” konsepsiyasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1993-yilda tasdiqlangan. Ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimiga kamida 5 yil pedagogik ish stajiga ega bo’lgan qobiliyatli, mahalla, ota-onalar va keng jamoatchilik o’rtasida hurmat-e’tiborga loyiq bo’lganlar tuman Xalq ta’limi bo’limi tomonidan tayinlanadi va bo’shatiladi.