Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
Sinfdan tashqari individual shakllar: har bir o‘quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o'qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish dasturi bor. O‘quvchining nima o‘qiyotgani va o‘qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini o‘qituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun o‘qituvchining sinfdan tashqari o‘qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ‘ib qilish va o'quvchilarda o'qilgan darsliklarni to‘g‘ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.
Individual topshiriqlarning turlari juda ko‘p bo’lib, o’simliklar o'stirish, gullar, sabzavotlar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir o‘quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o‘stirishga yordam beradi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari va kamolot darajalarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim o‘qituvchilar guruh yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirishadi.
Maktabdan tashqari ishlar. Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ixtiyoriy ravishda, faol va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi. Maktabdan tashqari ishlarda bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning 1-4- sinflari o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
Maktabdan tashqari ishlarda o‘qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishlarni yo‘lga qo‘yadi, o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to‘garaklarga jalb qiladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi maktabda tarbiyaviy ishning umumiy rejasini tuzadi hamda o‘quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o‘qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi. O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, o'zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarning amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rabbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir. Ularga quyidagilar kiradi:
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga osbirishni nazorat qilish.
O'quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko'p qirrali ishlarini o‘quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo‘lga qo'yish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko‘rsatish.
Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.
O’quvchilarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchliik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligining uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular, ko‘pincha, o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish.
Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash.
Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullari ni aniqlash.
Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhashtirish va ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talablar mavjud:
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to‘garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. To‘garak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish. Ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o‘rin tutadi. To‘garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllarigan bo'lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilishlari kerak.
Maktabdan tashqari ta’lim o‘quvchilarga, xohishlariga asoslangan holda darsdan bo‘sh vaqtlarda o'quv tarbiya jarayonini to‘ldiradi va quyidagi yo'nalishlar bo‘yicha to'garak qatriashchilariga talablar qo'yilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
Estetik ta’lim;
Sayyohlik yo'nalishi bo‘yicha to'garaklarga qatnashish;
O'quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo'lganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish muhim, albatta. Bu esa, ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko'rsatadi. Ayrim o'quvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki o'quvchilarning о’zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo'llarini ancha yaxshi tushunadilar. Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini, bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir. O'quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o'z ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga bog'liq qilib qo'ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi.
Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bo'ladi. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o'quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo bo'ladi. Bunda o'quvchiiar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular, ko'pincha, sinf rahbarining yordamini so'rab murojaat qiladilar, kuchli o'quvchilarning qo'llab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qo'llab-quvvatlash bo'lmasa, ishni davom ettirishga irodalarini ishga solmaydilar.
Bunday o'quvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bo‘lib qolsa, u o'quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham to‘sqinlik qilishi mumkin.