1.1.Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar mazmuni. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi.Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak.Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir. Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. 1.2. Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar. Sinf rahbari fan o’qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko’p qirrali muhim vazifalarini bajaradi. Shuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar ko’yilgan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko’tarishda muhim rol o’ynaydi. Sinf rahbariga nisbatan qo’yiladigan talablar: -yuqori g’oyaviylik va onglilik; -sinf rahbari katta obro’ga, ehtiromga va hurmatga ega bo’lishi; -pedagogik mahorat; -madaniy qobiliyatining mavjudligi; -pedagogik odobga ega bo’lish; -yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromli bo’lish; -tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bo’lish; -tarbiyaviy ishlarga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lish; -sinf rahbari kasbini yuqori ko’tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo’lish. Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo’lsa ham biz quyida sinf rahbarining jamoani birlashtirish bo’yicha vazifalarni aniq tarzda ko’rsatishni zarur deb bildik.