1.3 .Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati. Pedagogik mahorat –bu o’qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, hayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k,) va kasbiy, (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi, erudisiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o’z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogikpsixologik va metodik tayyorgarligida, o’quvchi-yoshlarni o’qitish ,tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo’llarini izlab-topib amaliy faoliyatida qo’llashida namoyon bo’ladi. Shunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo’lish uchun o’qituvchi o’z o’quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini o’zlashtirishi hamda insoniylik va fidoiylikni o’zida tarkib toptirishga intlishi lozim. Shuni alohida qayd qilib o’tmoq zarurki, o’qituvchilik kasbi murakkab va qiyindir. Ushbu kasbning qiyin va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo tirik, ongli jonzot bilan muloqotda bo’ladi. Ongli va tirik jonzot esa ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo’ladi. Shuning uchun o’quvchi bilan doimo muloqotda bo’lish, unga ta’sir ko’rsatish, undan psixologiya, tarbiya nazariyasini mukammal bilishni taqozo qiladi.Bu o’qituvchidan pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo’lish lozimligini ta’kidlaydi.
1.4 Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar. So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o’quv yurtining sinf rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta’limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko’rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o’quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar ko’yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib.Alohida sinf birlashib o’quv yurtini tashkil etadilar. Alohida sinf jamoalari ko’lga kiritgan ta’lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan kam emas.Shuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar. Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi xayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Xulosa. Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart.Oliyjanoblik qalbning o’ziga xos holatidir.Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g’urur hislarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Pedagogning o’quvchilarga bo’lgan nisbatan bo’lgan munosabati mehr, hayrihohlik va yordamida iborat bo’lishi kerak. Ma’lumki rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon bo’lib, o’quvchilar oldgiga qo’yib o’zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday bajarilayotganligini kuzatib borishi yetarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta hatoga yo’l qo’yadilar. Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo’lsa ham biz quyida sinf rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko’rsatishni zarur deb bildik. Sinf rahbarining vazifalari: 1. Anatomik, fiziologik va psixologik xususviyatlarini o’rganish. 2. O’quvchilarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga qatnashishini tekshirib borish. 3. O’quvchilarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni tayyorlab borishlarini kuzatish. 4. Sinfda ishlaydigan fan o’qituvchilari bilan majlis o’tkazish 5. Darsda o’quvchilarning davomatini ta’minlash, sinfda va maktabda navbatchilikni tashkil etish , xonani jihozlash, xonadagi o’quv asboblarini saqlashga o’rtgatish, o’quvchilarning qiyinchiliklarini nazorat qilib ular bilan suhbat o’tkazish 6. Sinf majlichlarini tizimli va tartibli o’tkazish 7. «Kamolot» tashkiloti bilan ish rejalariga muvofiq darsdan tashqari ishlarini tashkil etish. 8. O’quvchirlarning darsdan tashqari o’qishlari va anjumanlarini o’ikazish