Tarbiyaviy ishlar metodikasi


O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda pedagogik maxorat



Yüklə 138,23 Kb.
səhifə9/11
tarix01.06.2023
ölçüsü138,23 Kb.
#121482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NARMONOVA MUNAVVAR 120-guruh TALABASI

O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda pedagogik maxorat
Pedagogik san’at vaziyat bilan boІliі. Bu erda har gal hamma narsa go’yo yangidan sodir bo’lgandek tuyuladi. Binobarin, kishi o’zining har bir іadamini oldindan ko’rishi, rivojlantirishi amalda mumkin bo’lmaydi. Pedagogning mehnati – bu behad izlanish, azob uіubatli kechinmalar, ilhom, betakror ishlar, hafsalaning pir bo’lishi, o’quvchilar bilan birgalikda boshdan kechirilgan іuvonchdan іanoat hosil qilish kabilardir. Pedagogik san’at – bu qandaydir qo’l bilan tutib bo’lmaydigan, faxm-farosat bilan amalga oshiriladigan jarayondir. Har qanday ijodkorlik, buning ustiga pedagogik ijodkorlik іuruі joyda, faіat xissiy kechinmalar asosida boshlanishi mumkin emas. Tarbiya san’atida o’zining pedagogik mahorati, o’zining «bir іolipdagi» mehnat madaniyati borki, ularni bilib olish zarur. Pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish butun tizimi ana shuni bilib olishga іaratilishi kerak. Biroі, hali hech kim oliy o’quv yurtida o’qib yoki o’qituvchilar malakasini oshirish kursini tamomlagandan keyin usta pedagog bo’lib іolmagan. Pedagogik mehnat ustalari ta’lim muassasalarida vujudga keladi, o’quvchilar bilan muomalada shakllanadi. Xo’sh, pedagogik maxorat nima, u nimalardan tashkil topadi? Bu faxm-farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi іiyinchiliklarni engishga іodir bo’lgan pedagogning o’quvchilar іalbi qanday ekanligini xis іilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo’lgan o’quvchiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dalillik, ilmiy taxlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan іobiliyat mujassamidir. Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, faxm-farosat bilan bir іatorda pedagogikaning metodika soxasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroі kuch sarflab, ko’proі natijalarga erishish imkonini beradi. Albatta, pedagogning mahorati erishilgan narsalar chegarasidan tashіariga chiіishga doimo intilishni ham nazarda tutishi lozim.
Demak, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida pedagog pedagogik mahoratga ega bo’lish bilan birga, u o’quvchi іalbini tushunishi, uning іiziіish va moyilliklarini xis іilishi kerak. Shunga ko’ra tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishi va o’tkazishi lozim. Albatta, rejalashtirish o’quvchilarning maslaxatisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Tarbiyaviy tadbirlarni shunday tashkil іilish kerakki, unda o’quvchilar faol bo’lishsin, o’qituvchi esa nazoratchi sifatida namoyon bo’lsin. Shundagina ko’zlangan maіsadga aniі va tez erishish mumkin. O’quvchilar bilan tarbiyaviy tadbirlar o’tkazishda o’qituvchining muomala odobi ham juda katta axamiyatga egadir. O’qituvchining o’quvchilar bilan bevosita yoki bilvosita muomalasi o’tkazilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy tadbirlarga tayyorgarlik jarayonida sodir bo’ladi. Mazkur jarayonni o’quvchilarning muomalasiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos vositasi deb іarash mumkin. Muomala – bu ma’lumotlar, axborotlar jarayonidir. Ushbu jarayon ikki yo’nalishda, ya’ni boshіarish sub’ektidan (o’qituvchidan) boshіarish ob’ektiga (o’quvchiga) borishi yoki aksincha – ob’ektdan sub’ektga borishi mumkin. O’qituvchi bevosita shaxslararo muomaladan o’z tarbiyalanuvchilari, umuman jamoa haіida, undagi ichki jarayonlar haіida Іoyat xilma-xil ma’lumotlarga ega bo’ladi va hokazo. O’z navbatida o’qituvchi muomala jarayonida o’z o’quvchilariga ham ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga іaratilgan ma’lumotlarni ma’lum іiladi. Bunda o’qituvchi o’tkazilishi kerak bo’lgan tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakli, vositalari haіida o’z tarbiyalanuvchilariga ma’lumot berish bilan birga, ularning ishlash jarayonlari haіida ham tushuncha beradi.

Yüklə 138,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin