Tarbiyaviy ishlar metodikasi


«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusidagi o’quv-tarbiyaviy tadbirni o’tkazish



Yüklə 138,23 Kb.
səhifə10/11
tarix01.06.2023
ölçüsü138,23 Kb.
#121482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
NARMONOVA MUNAVVAR 120-guruh TALABASI

«Ustoz va shogird odobi an’analari» mavzusidagi o’quv-tarbiyaviy tadbirni o’tkazish metodikasi
O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish jarayoni ongli, mas’uliyatli, tashkiliy faoliyat bo’lib, unda o’qituvchi-murabbiy o’quvchilarni komil inson іilib etishtirishida har tomonlama unga ta’sir etishi lozim bo’ladi. Ular o’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishida o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy, ma’rifiy jixatdan yuksak fazilatlar egasi іilib tarbiyalash san’atining іirralarini, shakl va yo’llarini bilishlari lozim. O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish orіali milliy ong va milliy istiіlol mafkurasini shakllantirishga xizmat іiladi. O’qituvchi-murabbiylar o’quv-tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta’minlashda boy milliy va umuminsoniy іadriyatlardan shuningdek, ustoz-shogird odobidan keng foydalanishi hamda o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishga oid bo’lgan metodlarni bilishi kerak. O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishning metodik asoslari ajdodlarimizdan іolgan xalі oІzaki ijodiyoti, yozma yodgorliklar, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va olimlarning boy merosidir. Shu bilan birga o’qituvchi o’zining pedagogik mahorati va tarbiyachilik san’atiga suyangan holda tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilishning sharіona, milliy va o’ziga xosligiga asoslanadi va pedagogik ta’sir ko’rsatish orіali amalga oshiriladi. O’quv-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil іilish va o’tkazish milliy istiіlol talablariga javob beradigan barkamol insonni tarbiyalashga іaratilgan bo’lishi lozim. Barkamollikning birinchi namunasi Vatanga muxabbat, Vatan tuyg’usi, g’ururi va uni sajdagox sifatida ardoіlashdir. Vatanga muxabbat zaminida vatanparvarlik, insonparvarlik tuyІulari shakllanadi. Ustoz va shogird odobi an’analari o’quv-tarbiyaviy tadbirini tashkil іilishda avvalo, mutafakkirlarning boy ma’naviy merosidan unumli foydalanish lozim. Xususan, xalі pedagogikasidan, ya’ni rivoyatlar, xikmatli so’zlar, xikoyatlar, xalі maіollari kabilar shular jumlasiga misol bo’ladi. Masalan, o’quvchilar rivoyatlardan foydalanishlarida avvalo, rivoyatlarning mazmunini o’zlari saxnali ko’rinish sifatida tashkil etsalar maіsadga muvofiі bo’lar edi. Chunki, ustoz va shogird odobi an’analari mavzusiga oid tarbiyaviy tadbirning o’quvchilarga nechoІli ta’sir etishi ham mazkur jarayonda namoyon bo’ladi.

XULOSA
«Ta‘lim to‘g‘risida qonun» va ―Kadrlar tayyorlash milliy dastur‖i talablarini amalgam oshirish jarayonida yuqori malakali o‘qituvchilarni tayyorlash muhum muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Shunday ekan ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi , ijodiy izlanuvchan , yuqori malakali , turli soha egalarini tayyorlash kasb – hunar ta‘limi oldiga qo‘yiladigan talablarga mutonosib insonlar qilib shakllantirish ular shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning
zaruriy talablaridan biridir. Ayniqsa mehnat va kasb ta‘limi sohasida bilim olgan
bo‘lajak mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchilari mehnat faoliyatini, mahoratini oshirish oily ta‘limning asosiy vazifalaridan biridir. Bu muammoni hal qilishning birdan bir yo‘li mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchilari mahoratini, faoliyatini oshirish eng avvalo pedagogik shart - sharoitlar hamda oily ta‘lim muassasidagi barcha imkoniyatlardan kelib chiqib, o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olinganligini ham nazarda tutadi.
Hammamizga ma‘lumki mehnat va kasb ta‘limi o‘qituvchisining kasbiy
mahorati eng avvalo talabalarni o‘qitish, bilim berish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ta‘lim beruvchilar saviyasi bilan belgilanadi.
O’zbekistonda kandakorlik san’ati juda keng rivojlangan va bu hunar haqida so’z yuritib, quyidagi jihatlarga e’tibor bersak, qo’yilgan maqsad mohiyatini anglaymiz. O’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. “Kandakorlik” deganda metalldan yasalgan badiiy buyumlarga o’yib yoki bo’rttirib naqsh ishlash tushuniladi. O’zbekiston xududida joylashgan. O’rta Osiyo shaharlarida metalldan yasalgan badiiy buyumlar ishlab chiqarishi qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at turi bo’lib, bu san’at o’zining qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyingi o’rinda turadi. Qadimda buyum yasash urf-odat tusiga kirib qolgan. Mahalliy ustalar oltin, kumush, temir, mis va boshqa metallardan jozibali buyumlar yasaganlar. Misgarlar tomonidan yasalgan antiqa oftoba, choynak, piyola, shamdon, chilimdon va hokazolar kandakor ustalar tomonidan chiroyli naqshlar bilan pardozlagan. Biz Buxoro kandakorlik tarixida metallga, toshga, yog’ochga, marmarga va ganchga ishlov bergan ustalar ijodi haqida ko’p ma’lumotga egamiz. Bu ustalar asrlar davomida takrorlanmas naqsh kompozistiyalarini qoldirgan. Shunday ustalar vakili Hamidovlar sulolasi bo’lib, bu sulola ikki asr davomida metallga kandakorlik sohasida nom qoldirgan usto kandakor, naqqoshlar avlodidandir. Biz bugungi kunda xalq amaliy san’ati deb ataganimiz azaliy meros unda jaxon madaniyatining o’z uyg’onish va yana qayta uyg’onish davrlari bor. Hamidovlar sulolasi ana shu qayta uyg’onish davrining fidoiylaridandir. Usto Abdusalom o’z davriga xos kandakorlikda oy-yulduz, qadimiy yodgorliklar, odam portretini kandakorlikka olib kirgan bo’lsa, usta Salimjon o’z zamonasiga xos uslubda ota-bobolari o’rgatgan xazinani o’z uslubi bilan boyitdi. U tarixda birinchi bo’lib qizlarga kandakorlik sirlarini o’rgatgan. Usto Abdusalom o’z davrga xos maktabini tashkil qilib, oddiy bolalardan shogird olib, ulardan etuk kandakor ustalar tayyorlagan. Usto Salimjon bajariladigan ishni boshidan oxirigacha sodda, ravon tilda tushuntirar edi. Usta sabr-toqat, matonatli murabbiy bo’lib har bir naqsh haqida qisqacha bo’lsada ma’lumot berib, ishni sinchiklab kuzatar edi. Lali labidagi zanjira naqshini yaratilishiga 2500 yildan ko’proq bo’lgan. Zanjira naqshni o’zini olib qarasak, uning rivojlanish tarixi og’ir, mashaqqatli davrni eslatsa-da, hozirgi davrga kelib nafaqat misdan, temirdan tayyorlangan turli xil buyumlar ya’ni choynak, oftoba, samovar, choyjo’sh, piyolalarga ishlangan bu naqsh bulbul ko’zini eslatib, metall buyumlardan bulbul sayrashini eshitilayotgandek tuyuladi. Bu buyumlarni ko’rib muzika eshitayotgandek zavqlanasiz, madaniy dam olasiz. Go’yo temir buyumlar usto so’zi bilan gapiradigandek tuyuladi sizga! 90-yillar boshida kandakorlar tomonidan yangiliklar yaratila boshlandi. Oldin ustalar faqat mis barkashlarda naqsh bajargan bo’lsalar, endilikda ular sirg’alar, dastponalar, uzuk,soch bandaklari, tufdon, mis tovoqchalarda kandakorlik ishlprini bajaradilar. Ish texnikasida lalichalarni va ayrim kandakorlik maxsulotlariga qayta ishlov berish va qalayi yurgizib (oqartirib) ishlov berish yo’lga qo’yilmoqda. Kandakorlik maxsulotlariga yangiliklar kiritildi. Ish uslubiyoti yanada boyib ish sifati ham yuksalishga erishildi. Hozirgi paytda ishlab kelayotgan yosh usta kandakorlarning ishlari bilan tanishsangiz kishi hayratda qolasiz. Shunday yoshustalardan biri Jo’rabek Sidiqov. Jo’rabekning ishlari hajmiga nisbatan katta bo’lsa ham, ishlash uslubi va naqsh kompozistiyasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Usto Jo’rabek Buxoro kandakorlik maktabiga xos gul naqshlaridan foydalanib juda ajoyib kompozistiyalar tuzadi. Bu kompozistiyasida: zeb, zebcha gandumi, zanjira, zebish, mug’ja, shabarg, islimi, islimi bodai, islimi majnuni bodom, islimi gul, madoxiya, madoxili chaman va hokazo to’rt yuzdan ortiq gullar mavjud. Kandakorlik hunari, bu shunchaki ermak emas, balki u juda nozik va murakkab hamda qadimiy hunardir. Bu san’atning umri asrlardan-asrlarga ulanib kelingan. Chinakam san’at ustasi bo’lgan insongina ana shunday noyob asarlar yaratishi mumkin. Olmos iste’dod, xalq tafakkuri bilan yo’g’rilgan chinakkam san’at asari o’zining sehru-jodusi bilan ma’naviy dunyomizni boyitishda xizmat qilaveradi.


Yüklə 138,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin