Tarbiyaviy tadbirlarda xalq rivoyatlaridan foydalanish


O’quvchilarini ma’naviy –axloqiy tarbiyalashda xalq rivoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 182,38 Kb.
səhifə3/8
tarix14.12.2023
ölçüsü182,38 Kb.
#179956
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilm ma’rifatining tarbiyaviy ahamiyati

2.O’quvchilarini ma’naviy –axloqiy tarbiyalashda xalq rivoyatlarining tarbiyaviy ahamiyati.
Ma’lumki, musulmon olamida yaxshi odamlar xayoti davomida ko’proq savob ishlar qilsam , degan uy orzular bilan yashagan. Bu orzularini birovga yaxshilik qilish , ariq qazish, suv chiqarish, yo’l qurish, nixol ekish yo’llari bilan amalga oshirgan. Bu ishlarning savobi katta ekanligi odamlarning qon-qoniga singib ketgan, odat bo’lgan.
O’tmishda otalar bola yoshlikdan mehnatga o’rgatilmasa katta bo’lganida uning mustaqil hayot kechira olmasligini, dangasa va ishyoqmas bo’lib qolishini yaxshi bilganlar. Ular bolalarini yoshlikdan turli ishlarga jalb qilishda mehnatning faqat moddiy jihatini emas, balki tarbiyaviy ahamiyatini xam xisobga olganlar. Ota-onalar jinsiy xususiyatiga qarab bolalarga topshiriq berishni mehnat tarbiyasida asosiy qoida deb bilganlar: qizlar uy ishlarini boshqarishga-kiyim bichish va tikish, ovqat pishirish, uyni ozoda tutish, uy hayvonlariga qarash va sog’ish, kir yuvish, mexmon kelganda dasturxon yozish kabi ishlarga o’rgatilgan; O’g’il bolalar ro’zg’ordagi og’ir ishlarni bajarishgan –o’tin yorish,mollarga yem- xashak solish bilan shug’ullanganlar, qo’y xaydashda yer chopishda otalariga ko’maklashganlar.
Ishga o’rganish va o’rgatishda diqqat qilinadigan yana bir narsa- xar ishni o’z vaqtida bajarishdir. Ishga odatlanish qancha muxim bo’lsa, ishni o’z vaqtida bajarishdir. Har ishni o’z vaqtida ishlamay kechiktirish , ko’p ishlarning yig’ilib yuzaki sifatsiz ishlanishiga yoki butunlay qolib ketishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun har bir ishni o’z vaqtida g’ayrat va matonat bilan bajarish lozimdir.
Mehnat tarbiyasida bolalarda mustaqillik qobiliyatini rivojlantirishga kattalarning raxbarlik qiluvchi zaruriy qoida deb hisoblaydi . Bunda raxbarlik qiluvchi kishilarning uzlari mehnat qoidalariga amal qiladilar va tarbiya usullarini egallab, bolalarga vazifalarini to’g’ri taqsimlab uning bajarilishini nazorat qiladilar
Xalq pedagogikasida bolalarni uz-uziga xizmat qilishga urgatilgan. Katta yoshdagi o’g’il va qizlar ota-onalari bo’lmagan paytda uyda bajarish lozim bo’lgan barcha ishlarni mustaqil ado etganlar.
O’tmishda mehnat tarbiyasida turli usul va vositalarni qo’llash orqali bolalar mehnatga ruxan va amaliy jixatdan tayyorlangan. Bolalarni amaliy mashg’ulotga tayyorlashda ishontirish, qiziqtirish va bola faoliyatini baxolash usullari qo’llangan. Xalq bu ishlarni amalga oshirishda vosita sifatida uyin va marosimlardan og’zaki ijodning mehnat mavzuidagi asarlaridan moxirona foydalangan badiy so’z vositasi sifatida bolalar ruxiyatiga ta’sir ko’rsatgan. Ularning bu tadbirlari bolalarning axloqiy va ruxiy jixatdan mehnatga tayyorlanishida muhim axamiyatga ega bo’ldi.
Bolalarda mexnat qilish zarurligiga ishonch xosil qilishda ularni mexnatga ruxan tayyorlashda bobolar maqol , topishmoq va ertaklar bilan bir qatorda, da’vat qilish, undash, nasixat qilish, maslaxat berish, amalda kursatish usullarini xam qullaganlar. Ota-bobolar bu usullar Bilan bolalarda inson xayotida mexnatning urni, axamiyati xaqida tushuncha xosil qilganlar.
O’tmshda yaxshi va namunali ishlari uchun bolalarni rag’batlantirish usuli xam mexnat tarbiyasida yaxshi natija bergan. Bu usul, namunali ishlar qilgan bollarga nisbatan qullangan: “barakalla “Juda zo’r raxmat” “Umrigdan baraka top” so’zlari bilan bolaning ko’ngli ko’tarilgan, kulib-erkalab boshi silangan.
Mexnat tarbiyasida ota-bobolar qullagan ibratli usullar ularning boy tajribasi xozirgi davrda xam maktablarda qo’llanib, ijodiy rivojlantirmoqda. Chunki mehnat – insoniyat xayotining, uning o’sib, kamol topishi va nafosatli bo’lishi, moddiy va ma’naviy boyligining asosiy manbaidir. Inson mehnatining asosiy xususiyatlaridan biri, uning fikr yuritish, ijod qilishga moyil va qodirligidir. Inson buyum – narsa yaratar ekan, u avvalam bor o’zining moddiy va ma’naviy extiyojni qondirishni o’ylaydi, shu bilan birga yaratgan narsasining tashqi ko’rinishi va go’zalligi bilan boshqalar diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etadigan bo’lishi haqida fikr yuritadi.
Mexnat jarayonida bolalarning nafosat xaqidagi tushunchalarini did va qarashlarini rivojlantirish tarbiyaviy ishning muhim tomoni xisoblanadi.
Go’zal didli inson yaxshi fazilatlar egasi – insonparvar , mehnatsevar davrning ilg’or g’oyalarini chuqur o’zlashtiruvchi , shu g’oyalani o’zlashtiruvchi shu g’oyalarni rivojiga o’z xissasini qo’shishga intiluvchi bo’lib yetishadi.Mehnat faqat insonning kamol topishi uchungina emas , balki xatto ergashgan insoniylik xislatlarini mazkur darajada saqlab turishi uchun xam zaruriy shartdir. Inson mexnat qilmay turib ilgari bora olmaydi, mexnat qilmasa erishgan darajasini saqlab qola olmaydi u orqaga ketishga majbur bo’ladi . Insonning qalbi va tanasi mehnat qilishni talab qiladi. Agar inson Biron –bir sababga ko’ra turmushda shaxsan mehnat qilmasa u xolda inson chinakam turmush yo’lini yoqotadi va turmushdan cheksiz norozi buladi xamma narsadan kungli sovib xech narsani yoqtirmaydi, xamisha zerikib xunob bulib yuradi ikkinchidan unday odam uz xoxishi bilan o’zi ham sezmagan xolda o’zini-o’zi nobud qilib boradi va tez orada yosh bolalarga xos injiq va qaysar bo’lib qoladi. Bu xar ikkala yo’l xam insonni tiriklayin murdaga aylantiradi nimaga desangiz, shaxsiy mexnat erkin mehnat- ana shuning o’zi xayotdir .
Mehnatning go’zallik xususiyati – inson xissiyotiga, xissiyoti orqali ongi va xulqiga ta’sir etishdir. Mehnatning go’zallik xususiyati esa mehnat jarayoni go’zalligi, mehnat sharoiti go’zalligi, mehnat natijalari va ishlab chiqarish bilan band bo’lgan inson go’zalligi tashkil etadi. Ta’limda ana shu masalalarga, ya’ni mexnat jarayonining, sharoitning va mexnat natijalarining guzallik jixatdan maqsadga maqsadga muvofiq bulishiga e’tibor beriladi. SHundagina tarbiya bolani turmush mexnatiga tayyorlaydi, unda mexnatni odat qilib olish va mexnatni sevish kabi xislatlani ustiradi, unga turmushda uziga munosib o’zi istagan mexnatni aniqlab olish imkonini beradi.
Aqliy mexnat tafakkur mushoxada dunyoni bilish bilimlarni egallash ular asosida uz dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirib borishdir. Bu – mexnatning xaqiqattan xam mexnatga aylanishi uchun u aniq maqsadga guzalligini yoritish orqali bolalarda mexnatni sevish xissini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bulishi kerak.
Yoshlarga mexnat nafosati – guzalligini kursatish ,mexnatda insonning usishi , aqliy axloqiy va jismoniy tomondan kamol topishini insondagi guzallikni oshirishda utmish mumtoz adabiyot va XX asr adabiyoti asarlaridagi inson mexnati badiiy chuzilgan obrazlarni masalan Alisher Navoiyning “Farxod va SHirin” dostonidagi Farxod Oybekning Qutlug’ qon romanidagi Yulchi misol qilib olish mumkin .
Mexnat tarbiyasida ishning ma’lum bir tartibda bulishiga xam axamiyat beriladi.bola ishni bir tartibda bajarishi Bilan uz xarakatini boshqalar xarakati bilan moslashtiradi natijada jamoa bajarayotgan ishda xam uyg’unlik yuzaga keladi. Mexnat qilayotgan bola xarakatidagi tartib jismoniy kuchi Bilan mos bulishi unda guzallikka qiziqishini oshiradi , unga guzallik baxsh etadi .
Mexnatning ma’lum bir tatibda bulishi bolada axloqiy xis tuyg’uni xam ustiradi , uning jismoniy baquvvat bulishini ta’minlaydi . bu masalaga utmishda jamoa axli xam, otalar xam axamiyat berib mexnatning moxiyati, guzalligi Bilan birga , mexnatda faqat tartib emas balki xarakat turlicha bulishi mexnat qilishda sur’at ifodalilik xam bulishi zarurligini bolalarga tushuntiradilar .Ular mexnat qilish jarayonida paydo buladigan guzal xissiyotning inson xayotida eng ma’naviy extiyoj ekanligini bolalarning anglab olishlariga aloxida axamiyat berganlar .
Xar bir millat, jumladan, o’zbek xalqi xam xayotga qaysi soxada bulmasin , uz ezgu niyatlari, orzulariga ijodiy mexnat tufayli erishgan. Toshkent shaxridagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri binosi xam uzbek xalqining ijodiy mexnati bilan barpo etilgan muxtasham yodgorlik , me’morchilik xunari- san’tining guzal namunasidir.
Maktabda mexnat tarbiyasining samarali bulishi kup jixatdan uqituvchining mexnatda namuna bulishiga bog’liqdir .Yuksak did Bilan u ishlagan xar bir buyum va asbob uquvchilarda shunday narsalarni ishlashga qiziqish uyg’otadi mexnat faoliyatini oshiradi ular ishlagan narsa va buyumlarning chiroyli, jozibali bulishi uchun xarakat qiladilar .
Uquvchilarning mustaqillikni fikrlashni ijodkorlikni talab etuvchi mexnatni sezadilar. Bu xususiyat ularga ,umuman yoshlarga xosdir. Uz kuchlarining kurgazmali , mustaqil tarzda namoyon bulayotganini xis etgan , kurgan taqdirdagina uquvchilar qiziqish bilan mexnat qiladilar . Uqituvchi uquvchi mexnatni shu zaylda tashkil etish orqali ularda ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi ularni turmushga tayyorlaydi
Mexnat ijod namunasi darajasiga kutarilishi Bilan jozibadorlik kasb etadi , kishilarni uziga maftun etadi. Uquvchilarda ana shunday xususiyatga yega bulgan ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirishda uqituvchining namunali ishlari xamisha birinchi urinda turadi. U ana shu namunali ishlariga kura , uquvchilar ma’naviy dunyosining me’mori ularni nafosat olamiga olib kiruvchi murabbiy xisoblanadi .
Uzbek xalqi asrlar davomida inson axloqiy guzal bulishini orzu qilgan tabiat guzalligini qadrlagan tabiat mexnatni – guzallik manbai deb bilgan .uning guzallik xaqidagi qarashlari u yaratgan Ona yerning tuprog’i – ona sutidan aziz Ona yurting oltin beshiging Qishning baxri kuzga baraka Yerga mexr elga mexr Yigit xusni – mexnatda Daraxt yaprog’i bilan kurkam odam mexnati bilan Guzallik ilmu ma’rifatda kabi maqollarda uzifodasini topgan shuningdek qushiq ertak doston va musiqalarda aks etgan . SHu zaylda u guzallik ijodkori bulgan .
Xalqning oilaviy xayot, inson guzalligi xaqidagi ideallarii guzallikni anglatuvchi tushunchalar – guzal, latif, zilol, gulyuz, gulchaman , barno ,zebo ,okil , zuxro, lochin ,suzlarda xam ifodalagan .
Xalq ayollar xusnini pardozda emas aqlida kurib ularning guzalligini ulug’lagan BU xaqdagi tafakkuri u yaratgan obrazlar tasvirida qullangan asalbonu, gulmexri ,gulbegim , butakuz , iffatoy , nazokatoy , ra’no sarvinoz kabi so’zlardan namoyondir
Xalqning erlar guzalligi xususidagi ideallarini ularning obrazini chizishda foydalangan jamol, jasur, moxir, sarvar, temir, ulug’, chulpon, sharaf , ulmas, ug’lon , eldor shuxrat kabi suzlarda kurish mumkin .
Xalq guzalligining aksi bulgan inson va umuman jamiyat uchun dog’ zararli illatlarni yomon yaramas ochkuz xudbin ishyoqmas ig’vo surbet kabi tushunchalarda qoralagan .
Xalq bolalarda guzallikka xavas tuyg’usini tarbiyalashda ularni mustaqil xayot kechirishga tayyorlashni , yoshligidan tabiat , mexnat , axloq, odob guzalligini egallagan shaxs qilib yetishtirishni uz oldiga asosiy vazifa qilib quygan .
Xalq inson guzalligini uyaratgan buyumlarda xam namoyon bulishini kurgan , bilqi lgan va bolalardan xam mexnat qilib guzal buyum yaratishni talab qilgan .
Uzbek xalqi mexnat guzalligini ug’il va qizlar yaratgan duppi telpak zirak palak zebigardon marjon choyshab chopon etik kavish maxsi mis va sopol idishlar umuman qul xunarida ruzg’or buyumlarida ayollar taqinchoqlarida kurgan .
Ulug’ mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino: “ Xayo insonning abadiy guzalligi va latofatidir. Xayosiz yuz jonsiz jasadga uxshaydi»- deydi .
Ota – bobolar bolalarni guzal xulqli axlu muxabbatda sodiq sharmu xayoli sabru qanoatli shirin suz va tavozeli qilib tarbiyalashga xarakat qilganlar. Ular xulq atvori bilan xalq qoshida marg’ub va maxbub bulgan odamning uziga yordam berganlarni xech vaqt unutmasligiga ishonganlar
Ota-bobolar bolalarda guzallikka xavas tuyg’usini ustirishda ularning axloqiy guzallik bilan birga tashqi guzallikka – til dustlik kiyinish yuz uz taom yeyish choy ichish ziyorat uyqu kupchilik urtasida uzini tuta bilish odoblarini egallashga xam axamiyat berganlar.ular ug’il va qizlariga katta yoshli odamlar uzaro gaplashib turganda ularning suzlariga aralashmaslikni komil aqlli tug’ri fikrli va yaxshi xulqli bulganlar bilan dustlashishini boshqalarning shodlik va qayg’uli kunlarida tayanch xamrox bulishini tushintirganlar .
Kattalarning turli mavzularda utkazgan suxbatlari va guzal xulq atvorlari bilan namuna bulishlari bolalarning guzallikni chuqur tasavvur etishlarida muxim axamiyatga ega .
Tabiat guzallik timsolidir. Tabiat badiiy so’z va tasvir san’ati namoyandalari uchun ilxom manbaidir.Ona tabiat guzalligi xalq uchun uziga xos ilxom manbai bulgan va xozir xam shunday . SHu tufayli xam xalq yaratgan badiiy ijodda u uz aksini topgan, Yil fasllariga xos chiroy, xususiyat guzal tariflangan. Buni mashxur olim Maxmud Qoshg’ariyning
“ Devonu lug’atit turk” asarida berilgan misollarda kurish mumkin .
Baxor shunday ta’riflanadi: “Yashin yashnadi, bulut quzg’alib, xayojonga tushdi.Ayg’ir va biyalar baxor kelgandan zavqlanib , shodlik Bilan kishnashadi va yayrashib olishadi…”
“ Baxor tongi yorishdi , muzlar erib sel suvlari kabi qattiq oqa boshladi .Yorug’ tong yulduzi xam nur sochib chiqdi”.
Yoz quyidagicha ta’riflanadi :“ Turli tuman chechaklar tizildi ,g’unchasidan ,kurtagidan yozilib kurindi. Ular yer ustida uzoq yotib ezilgan edi, yerdan bosh kutarib bir biridan ayrilishayotir”.
O’tmishda ota ,bobolarimiz yosh avlodni tabiat bilin tanishtirishga, ularda tabiat guzalligiga xavas tuyg’usini tarbiyalashga aloxida e’tibor berib , tabiat xodisalarni , quyosh , oy, yulduzlar xaqida ijod etilgan afsonalarni aytib berganlar , shu yullar Bilan ular bolalarda tabiat , tabiiy xodisalar xaqida tasavvur qilganlar , tabiat guzalligiga xavas , uni e’zozlash, guzallik yaratish tuyg’usini kamol toptirganlar.
Xayotda guzallik yaratish kup narsani bilish, tabiatni , uning guzalligini, tabiatga guzallik baxsh etayotgan odamlarning maxorat va qudratini chuqur xis etish kerak .
Tabiat go’zalliklari bolalar ma’naviy dunyoqarashning tarkib topishi va rivojida muxim axamiyat kasb etadi , tabiat uz go’zalligi bilan ularni o’ziga maftun etadi. Tabiat lavxalari o’zining tabiiy ko’rki bilan bolalarda yorqin xissiyot uyg’otadi. Tabiat bolalarni guzallikni xis etish , guzal didli qilib tarbiyalash manbai bulishi bilan birga , ularni insonparvar guzal axloqli qilib tarbiyalashda xam muxim mavqega ega bulgan. Buni yaxshi bilgan ota onalar bolalarining diqqat e’tiborini yam yashil qir adirlarga bog’, daryo, dengizlarga jalb etganlar. Ana shu guzalliklar odamda xar bir narsa uzgaradi , ammo fazilat qonunlari sira xam uzgarmaydi. Rivoyat qilishlaricha Yoshi bir joyni qoralab qolgan otaxon dashtga chiqib ko’chat ekayotgan ekan. o’sha chog’ ot minib olgan bir boyvachcha o’tib qolibdi. U cholning yoshini so’rab: «To’qsondan oshibsiz, bir oyog’ingiz to’rda, bir oyog’ingiz go’rda bo’lsa nima qilasiz bunaqa urinib. Undan ko’ra tinchgina o’ltirsangiz bo’lmaydimi» debdi. SHunda chol uning dilini ranjitmay «Umidli dunyo, bolam», deb qo’ya qolibdi.
CHolning bu gapini qurumsoqlik, dunyoga to’ymaslik deb tushungan boyagi boyvachcha o’ylamasdan: "Siz shuning mevasidan yesangiz, men iloyo sizning yoshingizga yetmayin", deb og’ziga so’z olib qo’yibdi. Bu gap cholning qulog’iga yetsa xam indamabdi. Lekin ichida xamsuxbatining yengiltakligiga afsus qilibdi.
Oradan yillar o’tibdi. Nixollar katta bo’lib xosilga kirib, soya-salqin boqqa aylanibdi. Yoz kunlarining birida boyagi boyvachchaning yo’li shu tomonga tushib chanqovini qondirish uchun bog’ egasini chaqirib, bir piyola suv so’rabdi. SHunda bir mo’ysafid chiqib, boyvachchani ichkariga taklif qilib, oldiga barkash - barkash noz-ne’matlar - olma-yu uzum, shaftoli-yu noklar qo’yibdi. Ammo o’zi esa nima uchundir bu ne’matlardan og’ziga bir dona xam solib tatib ko’rmabdi. Bundan xayron bo’lgan mexmon buning sababini so’ragan ekan, shunda chol:
-Bu bog’larni men faqat o’zim uchun emas, o’tgan - ketganlarning og’zi tegsin, deb obod qilganman, o’g’lim. Lekin o’zim shu choqqacha uning mazasini totib ko’rganimcha yo’q, - debdi.
Boyvachcha xayron qolib, sababini so’ragan ekan ota:
-Men bu mevalarni yesam, siz mening yoshimga yetmay qolasiz, - debdi.
Boyvachcha yigit cholni tanibdi. o’zining yengiltakligi, umidsizlik bilan yashashning naqadar yomon ekanligidan xijolat chekib peshonasiga uribdi.
BAYT:
Orzu – daralarda kezguvchi oxu,
Umid yetaklabdi tog’lar boshiga.
Mashaqqatga chidab demasang yo xu...
Aslo yetib bo’lmas uning qoshiga.
Tabiat guzalligi utmish mutafakkir shoir adiblar e’tiborini uziga jalb etgan . ular uz asarlarida tabiat guzalligini aks ettirib, yoshlar va kattalarda unga xavas uyg’otganlar undan baxramand bulishga da’vat etganlar. Ular yaratgan bu asarlar xalqning guzallik tarbiyasida muxim vosita bulib xizmat qilgan va qilmoqda .
O’tmishda ota bobolarimiz tarbiyada nasixat, tushuntirish, rag’batlantirish , maqtash , namuna kursatish , tanbex berish , taqiqlash , majbur qilish pupisa qilish qurqitish usullaridan foydalanganlar . Jamoa a’zolari bu usullarni qullashda axloq qoidalariga suyangan xolda qilgan ishi xatti xarakatining tug’ri yoki notug’ri xaqida bolaga ishonch xosil qilishga xarakat qilganlar , unga axloqlilik va axloqsizlik odillik va odilsizlik yaxshilik va yomonlikning ma’nosini tushuntirganlar . Bu tartib tarbiyada asosiy qoida xisoblangan .
Bobolarimiz bola xaqi – ulug’ xaqlarning ulug’i bulib , bunga ota- ona va murabbiylar ma’suldir , deydilar . shuning uchun bola xaqlarini bilish va kerakli paytda ado etish ota- ona va murabbiylar burchidir . Bola yoshlikdan vaqtida xar xil tarbiyaga moyil bulgani uchun bu davr ulug’ g’animatdir. SHunga kura , uni yoshlik – bolalalik vaqtidan boshlab tarbiya qilish kerak. Agar bolaga yaxshi tarbiya berilsa u baxtli saodatli buladi yaxshi ishlari bilan ota-ona va murabbiylarni quvontiradi Bolalarni yaxshi tarbiyalash uchun ota onaninguzi axloqli tarbiyali bulishi shart bolalarga bergan tarbiyalariga uzlari amal qilmasa xulq atvorlarini tuzatmasa tarbiyalash ishini muntazam va doimiy suratda olib bormasa tarbiya besamara buladi ota ona bolalarini tug’ri suzlash va tug’ri ishlashga urgatib borsa ular tug’ri suzlash va tug’ri ishlashga odatlanadilar.yomon tarbiya bolalarni baxtsiz qiladi .
Ota-bobolar qilgan ugitlarga amal qilgan bolalar odobli guzal fazilatli bulib kamol topganlar , kamol topadilar .Guzal fazilatli bulgan bola – odam ota- onagaqarindosh urug’lariga dustlarga umuman xammaga muruvvatli buladi ,shafqat va marxamat odob axloq va poklikka rioya qiladi. Fazilat sabali u insonlik nomini bulg’alashdan , nomussizlik vijdonsizlikdan pok buladi.SHu tufayli xam utmish donishmandlar “Insoning birinchi fazilati boshqalarning xuquqiga sharaf nomus va orzulariga xurmat va rioya etishdir” deb uqtirganlar yana deydilarki , “ Bu Dunyoda xar bir narsa uzgaradi fazilat qonunlari sira uzgarmaydi
Donishmandlar amal qilgan xikmatlarga ota bobolar murojat qilib deydilarki : “ Aziz bolalar , ota- onangizni xurmat qiling . Ota onani xurmat 0ilishingiz ular sizning qoshingizda doimo muxtaram ekanliklaridan dalolat beradi.
Ota-onangizni faqat yoshlari kata bulgani uchun emas balki chaqaloqlik vaqtingizdan to yigitlik vaqtingizgacha sizlarni tarbiyalab yediib kiydirib maktabga yuborganlari va xar nasangizga diqqat fido etganlari uchun raxmat qilishga majbursiz.
Umringizning xar kuni xar soatida sizlarga qilgan xizmatlarini esingizga tushiring . Ota - onaga xurmat butun umringiz buyicha , eng baxtli shodlik yoki qayulik vaqtingizda xam davom etishi lozim.ularga ochiq yuz shirin suz va fidokorlikni aslo unutmang. Ba’zi vaqt qarilik ularning kayfiyatlarini buzadi, xafa, ko’ngilsiz bo’lib yuradilar, mana shunday vaqtlarda ularni ovuting ko’ngillarini ko’taring kuldirishga xarakat qiling . Ularining buyugan xizmatlaridan buyin tovlamay ado eting .
Ota - onani xurmat qilish, ular oldida odob bilan turib, xizmatlarini bajarish xammaning burchi, vazifasi. Ota-onalaringizni ranjitadigan so’zlar aytishdan, ko’ngillarini qoldiradigan ishlardan doimo saqlaning.
Aqlli bolalar ota-onalarini xurmat qilib, kuchlari yetganicha ular xizmatida bo’ladilar. Yomon so’z aytishdan, achchiqlanib qarashdan o’zlarini saqlaydilar. Bir kishi kechasi uyqudan uyg’onib o’g’lidan «suv ber!» deb so’radi. o’g’li suv olib kelguncha, otasi yana uxlab qolgan edi. o’g’li: «Otam balki yana uyg’onib suv so’rar», deb uxlamasdan otasining uyg’onishini kutib tong otguncha o’tirdi. Mana bolalar, odobli, tarbiyali bola shunday bo’ladi. Ota - onalaringizni izzat - xurmat qilishga, ularning olqishlarini olishga g’ayrat qiling. har bir bola ota-onasi qilgan nasixatlarni jon qulog’i bilan eshitib, nasixatlariga xar vaqt amal qilishi kerak. Ota - onasiga ozor berib, ularning dillarini og’ritadigan bola baxtli bo’lmaydi.
Xalq bekorga zo’r iftixor bilan ota-ona xaqida quyidagicha she’r to’qimagan:
Ota - ona bu qanoting,
U bilan muyassar lazzatu - toting.
Rizosin izlagin ota - onaning,
Bo’lmasa bulg’anib o’tar xayoting.
Azizim otam qalbim ko’kida quyosh,
Onamchi shu quyosh yonida yo’ldosh.
quyoshu yo’ldoshim barqaror ekan,
Iqbolim kulganu, muyassar bardosh.

-Bolalarim! Endi men sizlarga xadislar asosida xalq tomonidan yaratilgan ota - onani e’zozlovchi ikkita rivoyat aytib beraman. Rivoyatning birinchisida otaning xurmatini joyiga qo’yish masalasi ilgari surilsa, ikkinchisida esa onaga muxabbat va unga xizmat qilishdek sharafli ish lo’nda qilib berilgan. har kim ota-ona xaqidagi bu rivoyatlarni tinglab, o’zi xulosa chiqarsin va shu daqiqadan e’tiboran ularga xizmat qilishdek savobli ishlarni boshlab yuborsin.


Murod bobo degan ancha yoshga borib qolgan bir kishi bo’lgan ekan. Murod boboning uchta o’g’li bo’lib, kuch - quvvatda xech kim ularga barobar kelolmas ekan. Ular aql - farosatda xam xammaga ibratli bo’lib o’sishgan ekan. Ularning kattasi - qo’ychivon, o’rtanchasi – dexqon, kenjasi-ovchi ekan.
Kunlardan bir kun shaxarlik bir kishi Murod bobonikiga mexmon bo’lib kelibdi. Kechga borib xavo aynib, qor yog’a boshlabdi. Ertalab turishsa, azbaroyi qor ko’p yoqqanidan tomning to’sinlari qirsillab, og’irlikni ko’tarolmay qolibdi.
-Engil par qor yog’may, muz aralash qor yog’ibdi. hali-zamon xavo ochilib quyosh chiqsa, qor erib suvga aylanadi. To’sinlar ko’tarolmay sinib ketib, tom bosib qolishi mumkin. Tezroq tomga chiqib qorni kurab tashlash kerak, - debdi Murod bobo o’gillariga.
o’g’illari churq etishmabdi. Murod bobo gapini yana qaytaribdi. Yerdan sado chiqsa chiqibdiki, o’g’illaridan sado chiqmabdi. Jussasidan kuch yog’ilib turgan, tog’ni ursa talqon qiladigan o’g’illarni arzimagan ishni bajarishdan bosh tortishlarini ko’rib, mexmon xayron bo’libdi.
Otaning amrini bajarmoq xam qarz, xam farz. Otaning gapini qaytarish o’ta gunox, unday farzand do’zaxda kuymoqqa maxkum, - debdi mexmon Murod boboning farzandlariga qarab.
-Yo’q, otamizning aytganlarini bajara olmaymiz. Bo’lmaydi debdi, - Murod boboning to’ng’ich o’g’li. qolganilari xam uni ma’qullab, boshlarini silkitishibdi.
Mexmon «Bular, tarbiyasiz, beodob bolalar ekan» deb ko’nglidan o’tkazibdi. Murod bobo mexmonni tashlab tashqariga chiqay desa, uni ranjitib qo’yishdan cho’chibdi, uyda o’tiraveray desa, tom bosib qolishidan qo’rqibdi.
-Arslonlarim, men rozi. Uchovingdan biroving tomga chiqib, qorni kurab tushgin, - debdi yana Murod bobo o’g’illariga qarab.
Katta o’g’il kenjasiga «Sen tomga chiq desa, kenja o’g’il o’rtancha akasiga nuqul «Siz tomga chiqing» - dermish.
o’g’illaridan birontasi tomga chiqmasligini bilib turgan Murod bobo «Bo’lmasa, xovlini qordan tozalanglar», debdi.
Otalarining gapi tugar - tugamas uch o’g’il birdan kurakka yopishib, eshikka otilishibdi. Bir nafas o’tar - o’tmas xovlini qordan tozalashibdi.
-Mexmon, xovliga chiqib bir aylanib kelmaymizmi? – debdi Murod bobo.
Uch o’g’ilning qilmishlaridan xayron bo’lib, boshi qotib o’tirgan mexmon «Xo’p bo’ladi» deb javob beribdi. Ular uydan chiqishlari bilanoq uch o’g’il «Men chiqaman», «Yo’q, men chiqaman» deb tortishib qolishibdi.
Jussasi kichikroq kenja o’g’il lip etib tomga chiqibdi - da, bir choy qaynami o’tmasdan tomdagi qorni kurab tushibdi. Murod bobo kenja o’g’liga raxmat aytibdi. Keyin uchala o’g’lini xam alqab, yumushlariga jo’natibdi. «o’g’illari gapiga kirmadi-yu, yana ularni duo qiladi-ya», - deb battar xayron bo’libdi mexmon. Dasturxon ustida Murod bobo mexmonning fikrini o’qib:
-Mexmon, xayron bo’lmang. Odatimiz shunaqa, - debdi. hech narsa tushunmagan mexmonning battar xunobi oshibdi.
Kech kiribdi. Murod boboning o’g’illari birin-ketin uyga qaytishibdi. Katta o’g’il kelib avval mexmonga salom beribdi, keyin otasi bilan ko’rishib, olib kelgan bir dasta nonni uning oldiga qo’yibdi. o’rtancha o’g’il xam avval mexmon bilan ko’rishib, so’ngra otasi bilan so’rashibdi-da, qo’lidagi go’sht - yog’ni otasining yoniga qo’yibdi. Keyin kenja o’g’il kelibdi. Mexmon bilan ko’rishib, otasi bilan o’pishib, otgan ovi - olxorni ularning oldiga qo’yibdi.
Dasturxon ustida mexmon Murod bobodan:
-Boya o’g’illaringizning tomdagi qorni kurashdan bosh tortishlarining boisi ne? – deb so’rabdi.
-Buning sababini o’zlaridan so’rang, - debdi Murod bobo.
SHunda mexmon:
-Ertalab, avvaliga otangizning aytganlarini qilmadinglar, ya’ni tomga chiqib qorni kuramay, biz tashqariga chiqqach, ukangiz kurab tushdi. Nega ota gapidan bosh tovladinglar? Buning boisi ne? – deb so’rabdi.
-Yo’q, mexmon, unday demang, - deb javob qaytaribdi katta o’g’il, - otamizning xar bir so’zi biz uchun muqaddas bo’lganidek, u kishining o’zi xam biz uchun eng ulug’ zot. Tom ustiga chiqmaganimizning boisi shu ediki, uy ichida otamiz o’tirgan edilar. qishlog’imizda azal-azaldan shunday odat bor: ota uyda ekan, bola tom ustiga chiqmaydi.
Mexmon Murod bobodan so’rabdi:
-SHunday yaxshi odatlaringiz bor ekan, nega endi siz tashqariga chiqib tura qolmadingiz?
-Sababi, siz yonimda edingiz. Mexmonni yolg’iz qoldirish odobdan emas. Bekorga xalqimiz «Ota ulug’ - otadan mexmon ulug’» - deb aytmaydi, - debdi Murod bobo.
Bunday mexmondo’stlikka va odobga qoyil qolgan mexmon Murod bobo bilan uning o’g’illariga qulluq qilib xayrlashibdi.
Xullas istiqlol mafkurasini yaratish talab qilinayotgan xozirgi davrda xalq pedagogikasini urganish va tiklash , pedagogika fani soxasida yuz berayotgan yangiliklarni ta’lim tarbiya jarayoniga tatbiq etish maktab urta va oliy uquv yurtlarida ta’limning yuqori saviyada bulishini ta’minlaydi.

Yüklə 182,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin