Tarbiyaviy tadbirlarda xalq rivoyatlaridan foydalanish



Yüklə 182,38 Kb.
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü182,38 Kb.
#179956
1   2   3   4   5   6   7   8
Ilm ma’rifatining tarbiyaviy ahamiyati

1-o’quvchi:
Ustozlarim,sizga tutay ajib guldasta,
To’fonlarda so’lib qolmas bir nafas
Bir g’unchaki,xazon uni yopolmas.
2-o’quvchi:
Uni ekdim qalbimning eng to’riga,
Unga mexr bilan payvand berdingiz.
Etaklabon, ilm-fanning yulida
Dilda mexr solib qo’ygan edingiz.


3-o’quvchi:
Bugun sizga chin yuragimdan,
Mehrim toshib tabrik bitaman.
Umrim buyi men sadoqatla,
Vatanimga xizmat qilaman.
4-o’quvchi:
Mexringiz jo’shqin daryo.
Qalbingiz cheksiz dunyo.
So’zingiz govxar,aьlo,
Sizga taьzim muallim.
1-boshlovchi:
Ustozlar, aziz o’quvchilar, mehmonlar shuning bilan bugungi “Mehridaryo ustozlar”nomli tadbirimiz o’z yakuniga yetdi.
2-boshlovchi:
Etiboringiz uchun rahmat. Yana bir bor ulug’ ayyomingiz muborak bo’lsin!
XULOSA
Insoniyat taraqqiyotida avloddan-avlodga ko‘chib, tarix sinovlaridan o‘tib kelayotgan umuminsoniy va madaniy-ma’naviy qadriyatlar, milliy an’analar, axloqiy omillar va urf-odatlar muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Chunki ular xalqning jamoa ijodkorligining mahsuli bo‘lib, insonlarning talab-ehtiyojlari zamirida aql-zakovat bilan yaratilgan, ularning tasavvuri, dunyoqarashi, tafakkuri, orzu-armonlari, e’tiqodi va axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etgan, jamiyatning ma’naviy-madaniy rivojiga katta hissa qo‘shuvchi moddiy va ma’naviy boyligi bo‘lgan.
Xalqning bu boyligi, birinchi navbatda asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan o‘zbek xalq og‘zaki ijodi asarlari – qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, latifa, ertak, naql va dostonlarda o‘z aksini topgan. Chunki ularda xalqning pedagogik g‘oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, ma’naviy-axloqiy ideallari o‘ziga xos yo‘sinda aniq, ibratli va qiziqarli tasvirlargan, hikoya qilingan voqea-hodisalarda o‘rnak bo‘ladigan o‘gitlar berilgan, xalqning hayotiy tajribasi, milliy an’analari, urf-odatlari va falsafasi bayon etilgan. Xalq og‘zaki ijodi asarlari badiiy jihatdan yuksak takomilga ega ekanligi, tinglovchilarning, ayniqsa, yosh bolalarning oson tushunishiga, idrok etishiga qulayligi tufayli xalq pedagogikasining eng muhim, ko‘p qamrovli va tarbiyaviy ta’siri g‘oyat kuchli tarmog‘i hisoblanadi. Chunonchi, maqollar xalqning ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari, hayotiy kuzatishlari asosida vujudga kelgan fikrlarni lo‘nda, aniq va obrazli ifodalovchi bir vosita bo‘lsa, naqllar hayotiy tajribalari, nasihatomuz fikrlari, donishmandligi, axloq qoidalariva falsafasini sodda syujet, ibratli mazmunda ifodalovchi hikoyalardir. Ertaklar esa falsafa, axloq, din, badiiy to‘qima va hayolotga asoslangan xalq donishmandligining mahsulidir. Shu bois ertakdagi to‘qima voqea-hodisalar silsilasida xalqning ma’naviy qadriyatlari, urf-odatlari, axloq-odobning o‘ziga xos milliy xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Rivoyatlar ham asosan ijtimoiy-maishiy voqealarni, tarixiy shaxs va hodisalarni uydirmalar vositasida bayon etuvchi kichik xajmli hikoyalar bo‘lib, ularda lutf va nazokat, aql va idrok, ishq va vafo, adolat va sahovat, vatanparvarlik va mehnatsevarlik madh etiladi, zulm va zo‘rlik, xaqizlik va bosqinchilik qoralanadi.
Ayniqsa, xalq og‘zaki ijodining yirik namunasi hisoblangan rivoyatlarda umuminsoniy qadriyatlar mujassamlashgan bo‘lib, ularda xalqning turmush tarzi, axloq-odobi, urf-odatlari, marosimlari, an’analari, orzu-umidlari, erk va ozodlik yo‘lidagi mardonavor kurashlari, vatanparvarligi, sevgi-muhabbatga sadoqati, yaqqol ifodalangan.


Yüklə 182,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin