3.Tarbiyaviy tadbirlarda rivoyatlarning pedagogik ahamiyati. (Mehridaryo ustozlar tadbiri misolida) O’zbek xalkiga xos milliy hususiyatlar, uning milliy madaniyati, ilm-fan, san’at va adabiyot soxasida erishgan yutuqlarida, oilaviy turmush tarzida bola tarbiyasida qullangan usul va tadbirlarda nomoyondir.
Yosh avlodni xayotga tayyorlashda ko’p asrlar davomida qullangan usul va vosita tadbir shakllari, urf-odat va an’analar, tarbiya xaqidagi g’oyalar-xayotiy tajribalar o’zbek halk pedagogikasida mujassamdir.
Xali maktab bo’lmagan pedagogika fan sifatida shakllanmagan davrdayoq qabila a’zolarining bolalar tarbiyasi soxasida ortirgan, tajribalari xayotiy mevasi sifatida bizning davrimizga qadar yetib kelgan va xalk pedagogikasi shaklida tarkib topdi. Xar birjamiyatda yashagan xalk ruxi, do’stlik, birodarlik, mardlik, vatan va xalkka sodiqlik g’oyalari, ota-onalarning o’zaro axiligi, ular bilan farzandning o’zaro mexr-muxabbati, qadr-qimmati, insoniy eng yaxshi fazilatlari u ijod etgan maqol, topishmoq, ertak, latifa, lapar, askiya, dostonlarda tarannum etgan. Bu yodgorliklar o’z muxtasarligi, qiziqarliligi, rovonligi, oxangdorligi, pandnomaligi (didaktikligi) g’oyaviyligi bilan, g’oyatda muxim tarbiyaviy axamiyatga egadir.
Xalq pedagogikasining eng qadimgi yozuv paydo bo’lishidan oldin shakllandi. SHunga ko’ra, u ilmiy pedagogikaning boshlanishi xisoblandi. Xalq pedagogikasi inson, xalq bunyod bo’lgan davrdan boshlab mavjuddir. Jamoatchilik xususiyati, xayotiylik, xayotiy ifodalilik-xalq pedagogikasining asosiy xususiyatidir.
Xalq pedagogikasida xar bir xalkka xos donishmandlik uning tili, atama va shevalarida yorqin ko’rinadi. SHu sababli xam xalq pedagogikasi, keng mexnat axliga tushinarlidir. Ayrim atamalar iste’moldan chiqqanligiga qaramay, yozma adabiyotda, xalq ijodida yashamoqda, g’oyaviy estetik, fazifani bajarmoqda. Xalq pedagogikasiga xos obrazlilik, yorqinlik, ta’sirchanlik, kuchi faqat, sifatlash, mubolag’a, majoz, ritorlik suroq va undoshlarda emas, balki til boyliklari, fonetika, morfologiya, sintaksisda xam nomoyondir.