Tarix “ kafedrasi “O`zbekiston tarixi “ fanidan kurs ishi mavzu: Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati


Madaniy sohafda olib borilgan ishlar



Yüklə 105,49 Kb.
səhifə7/10
tarix24.05.2023
ölçüsü105,49 Kb.
#121248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI

2.3 Madaniy sohafda olib borilgan ishlar
Mamlakatdagi ijroya tizimi markazdagi vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan. Amir Temur somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginlardavrlaridagi ijroya hokimiyatining vazirliklar tizimini o‘z davriga moslab, yangiasoslarda qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Davlat boshqaruvida quyidagi vazirliklar mavjud edi:
1. Mamlakat va raiyyat vaziri – bosh vazir hisoblanib u mamlakatning muhim ishlari, kundalik muammolar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar va ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazinaning ahvoli kabilarga mas’ul bo‘lgan hamda mazkur masalalar bo‘yicha hukmdorga tegishli ma’lumot va hisoblar berib turgan.
2. Harbiy ishlar vaziri – harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa qilingan er-suvlar boshqaruvi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash, janglarda yarador bo‘lib xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash,iste’foga iqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘lgan
3. Mulkchilik va soliq ishlari vaziri – turli sabablarga ko‘ra egasiz va qarovsiz qolgan mol-mulklarni nazoratga olish va qo‘riqlash,savdogarlardan zakot va boj undirib olish, mamlakat chorvalari, o‘tloq-yaylovlarni boshqarish, er solig‘i, chorva solig‘i, zakotlarni o‘z vaqtida yig‘ilishi va o‘z vaqtida davlat xazinasiga tushishini nazorat qilish, mulkchilikdagi merosxo‘rlik tartiblarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajargan.
4. Moliya vaziri – butun saltanat idoralarinig kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib borish vazifasini bajargan.
5. Davlat korxonalari vaziri – uning ihtiyorida bir qancha ustaxonalar bo‘lib, ular doimiy ravishda harbiylar uchun sovut, dubulg‘a, kamon, o‘q-yoylar tayyorlaganlar. SHuningdek, bu vazir bevosita Amir Temurning buyrug‘i bilan yirik inshootlar (saroylar, machitlar, madrasalar, timlar va boshq.) qurilishiga rahbarlikqilgan.
6. Devonbegi (devon boshlig‘i) – davlat mablag‘lari devonbegi ixtiyorida bo‘lgan hamda u davlat xazinasidagi mablag‘larning vazirlar tomonidan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq saqlanishini nazorat qilgan.
7. Adliya vaziri (devoni mazolim) – bu vazir to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolar va dunyoviy ishlar bilan shug‘illangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishdafaoliyat ko‘rsatgan. Shariat tartiblari bilan islom qozisi shug‘ullangan.
8. Harbiy sud vaziri – bu vazir alohida faoliyat ko‘rsatib, sipohiylar (harbiylar) ishlarini ko‘rib chiqib, muhokama qilgan.
9. Vaqf ishlari vaziri – bu vazirlikka sadr us-sudur (sadrlar boshlig‘i, sadrlar sadri) boshchilik qilgan bo‘lib, u vaqf mulklari bilan bog‘liq masalalarga mutasaddi bo‘lgan.10. Habar va aloqa vaziri – bu vazir zimmasiga mamlakatning turli burchaklarida sodir bo‘layotgan voqealardan hukmdorni ogoh qilib turish, markazdan joylarga buyruq, farmon va ko‘rsatmalarni jo‘natish, markazga turli hujjat, hisobot kabilarni etkazishi, tashqi siyosiy-diplomatik munosabatlarni amalga oshirish hamda davlat yuklarini o‘z manzillariga etkazish yuklatilgan. Vazirlikning o‘zi devoni rasoil, devoni insho deb atalgan. Mamlakatda ichki va tashqi favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot mingan choparlar bo‘lgan. Butun saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida yomxonalar tashkil etilgan bo‘lib, har bir yomda ellik boshdan ikki yuz boshgacha ot-ulov saqlangan. Tadqiqotlardan ma’lumki, Amir Temur va temuriylar davlatni ulus, viloyat va tumanlarga bo‘lib boshqarganlar. Temur davrida saltanat to‘rt ulusga bo‘linib, ularga o‘g‘il va nabiralarni hukmdor etib tayinlagan. SHuningdek, viloyat va tumanlarni ham asosan temuriy shahzodalar va harbiylar boshqarganlar. Ali Yazdiy ma’lumotlariga ko‘ra, Amir Temur janglarda, davlat ishlarida toblangan sadoqatli tadbirkor, oqil va bilimdon shaxslarni o‘g‘illari va nabiralari yoniga maslahatchi qilib tayinlagan hamda ularga yirik viloyat va hududlarni ishonib topshirgan. Amir Temur mahalliy hokimliklarni o‘ziga itoat etuvchi davlat maslahatchilari orqali ham muvofiqlashtirib turgan hamda mahalliy va markaziy hokimiyat aloqadorligini shu mansab orqali ushlab turishga harakat qilgan.Mansablarga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarda Amir Temur va temuriylar davri mansab va unvanlari haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjudki, ular quyidagilardir: amin, arzbegi, bakovul, bakovulboshi, bovarchi, baxshiylar, bitikchi, vazir, daftardor, devonbegi, dorug‘a, dodxoh, jarchi, juybon, zobit, ixtisobchi, zinbardor, inoq, ichkilar,iqto, yasag‘lik, ko‘kaldosh, kulu, kalontar, kutvol, ko‘ragon, mavkab, mahdi ulyo (mahdi oliya), majlisnavis, miroxo‘r, mirob, muxtasib, oqo (og‘o), otaliq, parvonachi, pos (posbon), sadr, sadri a’zam, sohibi devon, tavochi, tarxon, uyo‘g‘lon, farrosh, xazinador (xozin), xattot, chuhra, shayxulislom, chuhraboshi, shiqovul, shixna, shuqurchi, yurtchi, yasovul, qozilar, qo‘rboshi, qushchi (qushbegi), qorovul, qopuchi, hojiblar. Amir Temur manbalarda o‘z zamonasining mashhur sarkardasi va yirik lashkarboshi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy iste’dodi hamda sarkardalik mahorati qo‘shinlarning tuzilishida, harbiy strategiya hamda taktikalarda namoyon bo‘lgan.Qo‘shinning yuragini va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etgan. O‘sha davr voqealarining shohidi bo‘lganlarning guvohlik berishicha, barloslar harbiy qo‘nimsizlikka nihoyatda chidamli, kamondan o‘q o‘zishga usta, o‘z hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo‘lganlar.juda Sohibqiron qo‘shini o‘nlik birikmalar asosida tuzilgan bo‘lib, lashkar tuman (o‘n minglik), hazora (minglik), xushun (yuzlik) va ayl (o‘nlik) qismlarga bo‘lingan. O‘n minglik lashkarni boshqarish uchun mirixazora, yuzliklar uchunxo‘shunboshi o‘nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablar joriy etilgan.Qo‘shindagi bo‘linma boshliqlari – amirlar Sohibqironga tobe bo‘lgan qirq aymoq (urug‘)dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloyir, tulkichi, duldoy, mug‘ul, suldo‘z, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan saylab olingan.XV asr muallifi Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumot berishicha, harbiy safarda har bir jangchi o‘zi bilan bir yilga etadigan oziq -ovqat, kamoni bilan o‘ttiz o‘qli sadoq (o‘qdon), sovut, nayza va qalqon olgan. Har ikki suvoriyda bitta zahira chopqir ot, o‘rdagohdagi har bir o‘nlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, o‘roq, bolta, bigiz, ikkita belkurak, yuzta igna, arqon, bitta oshlangan pishiq teri bo‘lishi shart edi. Harbiy safarbarlik paytida har bir viloyat oldindan belgilab qo‘yilgan asosiy (asl) hamda zahira (izofa) qismlarni to‘plab bergan. Viloyatlar toshotar (sangandoz), devor buzuvchi (manjaniq), o‘t otuvchi (ra’dandoz va naftandoz) kabi moslamalarni ishlatishni biladigan jangchilarni tayyorlab bergan. Viloyatlardagi askariy qismlarni to‘plash hamda markazga yoki tayinlangan manzilga jo‘natish bilan tavochi lavozimidagi amaldor shug‘ullangan. Qo‘shindagi har bir harbiy – hoh amir, hoh oddiy sipohiy bo‘lsin belgilangan nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi hamda adolatli bo‘lishi lozim hisoblangan. Harbiy safarlar paytida har bir qo‘shin qismlarining eng oldida dovyurak va botir askarlardan tanlab olingan xabarchi (xabargir) deb yuritilgan ayg‘oqchikuzatuvchilar bo‘linmasi yurgan. Ularning orqasidan soqchilar bo‘linmasi –yasovul borgan. Undan keyin qo‘shinning avangard qismi manglay harakatda bo‘lgan. Manglaydan keyin qo‘mondonning o‘rdagohi, uning yon tomonlarida izofa (zahira) qismlar joylashgan. Qo‘shinning asosiy jangovar qismi – markaz hamda o‘ng qanot (barong‘or) va chap qanot (javong‘or)lardan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida qo‘riqchi manglay – avangard, yon tomonlarida ham qo‘riqchi askariy bo‘linmalar - kanbullar joylashtirilgan. SHu zaylda qo‘shin etti qism - qo‘llardan iborat bo‘lib, ulardan uchtasi – markaz, barang‘or va javong‘orlar mustaqil; to‘rttasi – ikki manglay va ikki kanbullar tobe qismlar bo‘lgan.Sohibqiron birinchi marta jang usulida qo‘shinni etti qismga bo‘lishni joriy etgan edi. SHarofiddin Ali YAzdiy bu haqda shunday ma’lumot beradi: “... hazrat cherik (qo‘shin)ni etti qo‘l tartib ettikim, hech podshoh andoq qilmaydur erdi va eshitmaydur erdi. Va bu etti adadida xosiyat ko‘b turur va ko‘b sir yanda bor erdi...” Amir Temur davlatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab kishilar mamlakatning bosh ma’muriy binosini, o‘rduni chegaralarni, davlatni qo‘riqlaganlar. Favqulodda holatlarda, mamlakat uchun katta xavf tug‘ilganda armiyani safarbar etish, zudlik bilan qo‘shin to‘plash qoidalari ham ishlab chiqilgan. SHuningdek, temuriylar davrida ham, ayniqsa, SHohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, amirzoda Umar, Husayn Boyqaro davrlarida ham davlat himoyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ammo, hokimiyat uchun bo‘lib turgan o‘zaro kurashlar bu jarayonning zaiflashuviga olib kelgan edi. Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning qat’iy va mustahkam harbiy tizimni shakllantirishdan asosiy maqsadi, eng avvalo, mamlakatni ichki va tashqi dushmanlardan himoya qilish, tobe hududlardagi tartibsizliklarni oldini olish, adolat, tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, mazlumlarni zolimlardan himoya etish, insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalariga amal qi lish hamda keng tarqatish, qonun ustivorligiga erishish, mamlakatlarni taraqqiyot yo‘liga solish, islom dini va baynalminal kelishuvchilikni ta’minlash, zo‘ravon davlatlar va guruhlarning g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik edi. Amir Temur harbiy yurishlaridan ko‘zlagan maqsadi haqida “Tuzuklar”da shunday bayon qilinadi: “Biron mamlakatda jabr-zulm va fisqu-fasod ko‘payib ketar ekan, asl podshohlar adolat o‘rnatish, fisq-fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim.”SHuningdek, “Tuzuklar”da keltirilishicha, Amir Temur qo‘shiniga asli toza, aql-farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi va ketini o‘ylab ish tutadigan, jang sir-asrorlarini biladigan uch yuz o‘n uch amirlar rahbarlik qilib, ularning kichigi kattarog‘iga bo‘ysungan. Bu amirlardan yuz nafari o‘nboshi, yuz nafari yuzboshi va yuz nafari mingboshi bo‘lgan.Jang paytida amir ul-umaro amirlarga, amirlar mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar o‘nboshilarga boshchilik qilgan hamda buyruqlar so‘zsiz bajarilgan. “Tuzuklar”ga ko‘ra, har bir harbiy mansabdorning aniq vazifasi belgilangan. Birorta oddiy navkar qilich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida qimmatbaho toshlar qadalgan o‘tog‘a, kamar, turna bellik qilich va bir ot berilgan hamda o‘nboshilik martabasiga ko‘tarilgan. Agar birorta amir biron mamlakatni fath etsa, yoki g‘anim lashkarini engsa, u uch narsa: faholi xitob (faxriy yorliq), tug‘, nog‘ora bilan taqdirlangan. O‘zining nog‘orasiga, tu g‘iga ega bo‘lgan amir majlislarda hurmat-izzatga ega bo‘lib, xos kishilardan hisoblangan.
XIV asr 70-yillari o‘rtalaridagi Oq O‘rdadagi voqealar, Oq O‘rda xoni O‘rusxon va uning o‘g‘li Temurmalik, nonko‘r To‘xtamish bilan bo‘lgan janglar, Oltin O‘rdaning tor-mor etilishi Amir Temur davlatining markazlashgan holda mustahkamlanishiga imkon yaratdi.



Yüklə 105,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin