Tarix “ kafedrasi “O`zbekiston tarixi “ fanidan kurs ishi mavzu: Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati


Harbiy sohada olib borilgan ishlar



Yüklə 105,49 Kb.
səhifə6/10
tarix24.05.2023
ölçüsü105,49 Kb.
#121248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AMIR TEMUR DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI

2.2 Harbiy sohada olib borilgan ishlar
Amir Temur davlatida boshqaruv tizimi. Ko‘plab yozma manbalarning ma’lumot berishicha, o‘z davrining yirik harbiy va davlat boshlig‘i bo‘lgan Amir Temur siyosiy, huquqiy asoslarga ega bo‘lgan ulkan davlat barpo etgan edi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davrida Sohibqiron Amir Temur avvalo, adolatli va qonunchilikka tayangan davlatchilik asoslarini barpo etish bilan birga davlat yaxlitligi va kuch-qudratini mustahkamlashning asosiy omili bo‘lgan kuchli mudofaa tizimi yaratdi hamda temuriylarga meros qilib qoldirdi. Amir Temur o‘z saltanatining boshqaruv tizimini yaratishda o‘sha davrning yirik va ko‘zga ko‘ringan harbiylari, amirlar va beklar, fozillar, olimu-ulamolar, o‘z pirlarining o‘gitlari hamda maslahatlariga tayangan edi. Misol uchun, “Tuzuklar”da keltirilishicha Amir Temurga piri Abu Bakr Zayniddin Toyobodiy shunday o‘git beradi: “Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan ko‘p xalal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeini va har narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvoffiq ish tutishing kerak.” SHuningdek, “Tuzuklar”da yana shunday ma’lumot beriladi: “O‘zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarni sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni ko‘nglini topib do‘stga aylantirish, do‘st -dushman orasidagi muomala, murosayu-madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni qo‘lladim. Pirim Abu Bakr Toyobodiy menga yozmishlarkim: Abdulmansur (zafarmand) Temur saltanat yumushlarida to‘rt ishni qo‘llasin, ya’ni, 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. CHunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bo‘lgan johil odamga qiyoslash mumkin: uning so‘zlari pushaymonlik va nadomat keltirgay. SHunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, po‘shaymon bo‘lmagaysan.”1 Amir Temur va temuriylar davrida fuqarolarda davlat tomonidan o‘rnatilgan qonunlarni hurmat qilish, ularga ma’suliyatli yondashish tushunchalari shakllangan. Bu esa davlat tomonidan ilgari surilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirishdagi kafolatlardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Amir Temur davlati markazlashgan davlat bo‘lib, butun hokimiyat davlat boshlig‘ining ixtiyorida bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Amir Temur davlatining boshqaruv asoslari shakllanishi rivojida kengashlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Vaqti-vaqti bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarni hal qilishda katta va kichik kengashlar chaqirilib turilgan. Katta kengashlar tinchlik vaqtlarida Samarqanddagi hukmdor saroyida chaqirilgan. Unda oliy hukmdorning qarindosh urug‘lari, yuqori martaba va mavqega ega bo‘lgan ruhoniylar tabaqasining vakillari, bosh amirlar, beklarbegi, ulus, tuman hokimlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar, bahodir unvoniga ega bo‘lgan harbiylar kabilar ishtirok etganlar. Ushbu kengashda mamlakat hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.Kichik kengashda Amir Temur, uning o‘g‘illari, qarindoshlari, qo‘shin boshliqlari ishtirok etganlar. Unda uzoq mamlakatlarga harbiy yurishlar bilan bog‘liq masalalar hal qilingan. Amir Temur davrida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan.Qonun ustuvorligiga, adolat tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy amal qilingan. Amir Temur va temuriylarning boshqaruvida maslahatu mashvaratga tayanish davlatning bexato siyosat yuritishga olib boruvchi omillardan biri hisoblangan.Amir Temurning kuchli markazlashgan davlat barpo etishi natijasida Movarounnahrda o‘zaro urush va nizolarga barham berilib, uning barcha hududlarida tinchlik va osoyishtalik o‘rnatildi. Fan, madaniyat, hunarmandchilik, dehqonchilik, savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon yaratildi. Amir Temur vafot etgach bu an’analar buzilgan bo‘lsa-da, SHohruh va Ulug‘bek Sohibqiron davridagi tartib-qoidalani tiklash borasida say’i-harakatlar olib bordilar.Bizga manbalardan ma’lumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lib, uning farmolari so‘zsiz ijro etilgan. Ammo, o‘rta asrlar davlatchilik an’analariga ko‘ra, nasl -nasabi xon avlodiga mansub bo‘lmagan shaxs taxtni boshqara olmas edi. SHuning uchun ham, o‘z davrida Amir Qozog‘on tomonidan belgilangan an’anaga ko‘ra, Amir Temur avval CHingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmishni (1370-1388 yy.) keyin esa uning o‘g‘li Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o‘z huzurida “xon” qilib ko‘taradi. Ularning nomidan yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo‘lsa-da, Sohibqiron ularni davlat ishlariga umuman aralashtirmagan. Sohibqiron “amir”unvonida bo‘lib, 1370yilda Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylanganidan so‘ng “Qo‘ragon” (“Xon kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, ya’ni, xon avlodiga kuyov, qarindosh bo‘lishi ham uning siyosiy mavqeini rasman bo‘lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan. Amir Temur o‘zi barpo etgan ulkan saltanatni o‘g‘illari, nabiralari va nufuzli amirlariga suyurg‘ol tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrni esa poytaxt Samarqand bilan o‘zida qoldirdi. Suyurg‘ol tariqasida berilgan uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida devonxonasi bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga jo‘natish va oliy hukmdorning harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi. Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida markazda va joylarda xon boshchiligida mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati, boshqaruvdagi ikki muhim, hamda asosiy idora- dargoh va devonlar (vazirliklar) mavud edi. Dargoh-eng oliy davlat idorasi bo‘lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida eslatganimizdek, Suyurg‘atmishni “xon” deb e’lon qilgan bo‘lsada, hokimiyat batamom Sohibqiron ihtiyorida bo‘lgan. “Soxta xon” e’lon qilinishi holati o‘sha davr vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilgan edi. “Tuzuklar”da keltirilishicha, dargohda vaqti -vaqti bilan xos majlislar o‘tkazilib turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodirbo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Bunday tadbirlarni tor doirada o‘tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik masalalarni chetga ayon bo‘lishidan saqlanish edi. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Dargoh tizimidagi bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. O‘sha davrda oliy devonning ahamiyati va mavqei shu qadar baland bo‘lganki, ayrim manbalar (Ali Yazdiy) uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflagan.2
Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.:
- arzbegi – dargohdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib, uning xizmati dargohga arz-dod, shikoyat bilan kelganlarni hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatlarini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib turish edi. Undan tashqari, tushgan arzlar, shikoyatlar va takliflarni oliy hukmdorga etkazib turish ham arzbegining vazifasi bo‘lgan;
- adolat amiri – bu mansabdagi shaxs turli o‘lka, viloyat va shaharlarda “sipoh va raiyyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida” oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot etkazib turgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, joylardagi ahvoldan boxabar bo‘lib turishning ikki yo‘lidan foydalanilgan:biri pastdan yuqoriga, ya’ni, arzchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dargohga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lganlar, ikkinchisi esa, maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog‘i, oliy hukmdor dargohi orqali tekshirib borilgan. Mavjud holatlar aniqlanib, shunga yarasha chora-tadbirlar ko‘rilgan; aminlar – tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatiga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar hisoblanib, ularning vazifasiga bundan tashqari tobe erlar to‘lovlarining yig‘ib kelish ham kirgan;
- tavochi – muhim lavozimlardan biri bo‘lib, oliy farmonga ko‘ra, joylargaborib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘illangan. Tavochilar avvalboshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minotiko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan joyga muayyan yo‘l bilan o‘zvaqtida etib borishi kabi g‘oyatda ma’suliyatni tadbirlarga javobgar bo‘lganlar. Ularning boshlig‘i bosh tavochi deb atalib, ular tumanot (o‘n minglik), hazorajot(minglik), sadajot (yuzlik), etakchilaridan, viloyat hokimlaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat, ta’minlanganlikda etkazish berish to‘g‘risida tilxat olganlar.SHuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar (rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va tashkilotchilari), xazinador, xonsolar (dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsuso‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va mana shu xizmatniboshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar kabilar mavjud bo‘lgan.

Yüklə 105,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin