Buni biz 1996 yilda Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasining Amir Temur tarixiga bog`liq adabiyotlar va maqolalar bibliografik ko`rsatkichidan ham bilsak bo`ladi. Unda bir ming to`rt yuzta kitob, ham maqolalar ro`yxati berilgandir. Bularning 240 tasi chet ellardar nashr etilgan. Bu borada, ayniqsa, «Temurshunoslik» frantsuz tarixshunoslik maktabining mustaqil bir yo`nalishi desa bo`ladi. Endi o`zbek tarixshunosligida ham hech qanday bir yoqlamalik va yuzaki faxrlanishlarga imkon bermasdan, Temur shaxsi, uning davlatchilik tarixini butun murakkabliklari bilan haqqoniy talqin etish kerak bo`lgan yangi zamon yetib keldi. Darhaqiqat, sohibqiron shaxsiyati buyuk, ayni paytda ziddiyatli. Amir Temur o`zidan keyin ko`pgina jumboqlar qoldirdiki, ular hanuzgacha muarrixlar uchun izlanishlar mavzusi bo`lib qolmoqda. Xullas, Amir Temur shaxsiyati ko`p qirrali bo`lib, uning har bir qirrasi maxsus mavzu sifatida alohida-alohidadir. O`ylaymizki, yangi zamon tarixshunosligida bu haqda hali ko`plab ilmiy asarlar yaratiladi.Sohibqiron Temur jahon xalqlari tarixida katta iz qoldirgan buyuk siymodir. Amir Temur timsoli badiiy adabiyotning qariyb barcha janrlarida tasvirlangan. Mag`ribu Mashriqning so`z san`atkorlari uning siymosini chizishga, fenomeni sirlarini ochishga intilganlar. Sohibqiron Temur obrazi yaratilgan asarlari ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi, ilmiy-tarixiy va memuar asarlar bo`lsa, ikkinchisi adabiy-badiiy asarlardir. Amir Temur obrazi birinchi bo`lib tarixiy-memuar asarlarda yaratilgan. Bularga Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Ryun Gonsales de Klavixo «Samarqandga Temur saroyiga sayohat kundaligi» kabi va boshqa asarlar kiradi. Amir Temur obraziga murojaat Sohibqironning tirikligidayoq boshlangan. Ayniqsa, Ovrupa Uyg`onish davri ijodkorlari uning shaxsiga katta qiziqish bilan qaraganlar. Uyg`onish davri gumanistlari jismoniy va ma`naviy yetuk komil inson idealiga intilganlar. Xorijning mashhur tarixchilaridan E.Gibbon, F.Shlosser, G.Veber, Jan-Pol‘ Ru va boshqalar o`z asarlarida Amir Temur faoliyati haqida ma`lumotlar berganlar. Xorij tarixshunosligida Amir Temur tarixiga oid yozilgan asarlarning salmoqli va ilmiy qimmati bilan ajralib turadigan qismi Rossiya tarixshunosligiga taaluqli. Rus muarrixlarining Amir Temur shaxsi va uning tarixdagi o`rni haqidagi fikrlari sovet tarixchilari uchun asosiy dasturilamal bo`lgan. 255 V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy va boshqalarining asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan hamda jahon temurshunosligi rivojlanishiga ham ma`lum darajada ta`sir ko`rsatilgan. B.V.Lunin, T.N.Granovskiy, S.M.Solovev, V.V.Bartold va A.Yu.Yakubovskiylar Amir Temur tarixiga oid xususida quyidagi asarlarda bir qator fikr-mulohazalar bildirilgandir. XX asrning 20-80 yillar Rossiya tarixshunosligining o`ziga xos jihatlaridan biri shu bo`ldiki, bu davr tarixshunosligida o`tgan asrlardagi rus shovinizmining ta`siri ma`lum darajada saqlangan holda, unga yangi salbiy jihatlar qo`shildi. Bular tarixga va tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyatini o`rganishga kommunistik mafkura talablari asosida partiyaviy va sinfiy nuqtai nazardan yondashish edi. Natijada Amir Temur shaxsini qoralash, uni fakat salbiy bo`yoqlarda yoritish avj oldi. Bu hol, ayniqsa, XX asrning 70-yillarida yaqqol namoyon bo`ldi. A.P.Novoseltsevning 1973 yili «Voprosы istorii» jurnalida e`lon qilingan «Ob istoricheskoy otsenke Temura» maqolasi Amir Temur ustidan o`qilgan hukmdek yangradi. Shundan so`ng XX asrning 70- va 80-yillarida Amir Temur haqida birorta temurshunoslik ilmiy saviyasi bilan farqlanuvchi tadqiqot ishi e`lon qilinmadi markazlashgan davlatchlikka, qonunchilikka asos solish bilan yer yuzining deyarli hamma mamlakatlarida o’rganilib, hozirgi kunda ham muxim ahamiyat kasb etmoqda. Biz faqat hozirgi kunga kelgandagina bu ma’naviyatni naqadar zarur ekanligani va buyuk kelajak sari qadam tashlayotgan xalqimiz uchun nihoyatda qadrli ekanligini anglamoqdamiz. Amir Temur insonni qadrlay oladigan va uni farqlay oladigan ulkan arbob edi. Musulmonchilikda, «eng yaxshi kishining ikki qo’li ham to’g’ri bo’ladi, u bir qo’li bilangana emas, ikki qo’li bilan ham yaxshilik qiladi», degan hikmatli ibora bor. Amir Temur do’stiga ham, dushmaniga ham ana shunday ikki qo’li bilan yaxshilik qildi. Qolganlarni ham shunga undadi. «Tuzukot» da ham, tarixiy asarlarning mualliflari ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy asalarida xam, de Klavixo kundaligida ham buni yaqqol ko’rish mumkin. Temur o’z faoliyati davomida Olloh buyurgan oliy insoniy fazilatlarga astoydil amal qildi. Temur o’z farzandlariga qilgan vasiyatda shunday deydi: «... Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo’ring, yo’qsillarni (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va yillik (yaxshilik) qilmoq dasturingiz va rahbaringiz bo’lsin». Adolatni qadrlagan hukmdor albatta xalq orasida katta obro’-e’tiborga ega bo’lishi tabiiy hol edi.