Tarix-7 2017.(Uzb). indd


Parxe davlatiga asos solinadi.  Parxe qirolligi



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/139
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#176911
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139
[@abituriyent plus] Jahon tarixi 7-sinf òzb

Parxe
davlatiga asos solinadi. 
Parxe qirolligi
IX asrning bi 
rinchi yarmida qud 
ratli dav-
latga aylangan. Qirollik Yaponiya bilan elchilik aloqalarini 
o‘rnatadi. X asrda ko‘ch 
manchi kidanlar zarbasidan so‘ng 
davlat parchalanib ketadi.
Koreya yarimorolining janubiy qismida III–IV asrlarda 
Pekche
davlati vujudga keladi. Pekche qirolligi IV asr-
da mar 
kazlashgan davlatga aylanadi. Ilk budda tasvirlari 
Yapo 
niyaga ayni Pekche qirolligi davridan yetib boradi. 
O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar 
hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va ma 
daniy hayoti asoslari 
shaklla 
nishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hattoki, pekchelik 
olim 
Van In
Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga us-
tozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga 
xitoy yozuv va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi.
Silla qirolligi
Koreya yarimorolining janubi-sharqida 
joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng 
zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yilda 
Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarim-
orolini o‘z ho 
kimiyati ostida birlashtirdi. Lekin Koreya 
Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning birlashuvi 
Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shaklla-
nishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga 
chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o’rnatilishi 
mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga yo‘l ochadi.
VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligi 
ning oltin davri bosh-
landi. Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qud 
ratining 
cho‘qqisiga erishadi.
Koryo qirolligi. 
Lashkarboshi 
Van Gon
tomonidan Kor-
yo sulolasi
 
(918–1392)ga asos solingan. Ushbu davlat 
poytaxti 
Sonak
shahri (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Ke-
son) bo‘lgan. Koreya nomi Koryo nomidan kelib chiqqan. 
Van Gon o‘z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy 
Xitoyda yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasi 
ni 
qo‘yadi. Biroq ushbu vazifa amalga oshirilmay qoladi.


140
V BOB. OSIYO, AMERIKA VA AFRIKA XALQLARI
Keyingi yillarda Koryo qirolligi o‘zaro kurashlardan 
zaiflashib qoladi. Bundan foydalangan mo‘g‘ullar 1231-yil-
da Koryo qirolligini bosib oladi va 1368-yilgacha o‘z qo‘l 
ostida tutib turadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin