TARIX 9-sinf
III – VARIANT
1. Yunon-Eron urushida forslar qaysi jangda g‘alaba qozona oldi?
A) Salamin jangida B) Plateya jangida
C) Fermopil jangida D) Marafon jangida
2. Quyidagi qaysi shaxslar mil.avv. V asrda faoliyat ko‘rsatgan?
A) To‘maris, Kambiz, Doro III, Deogen
B) Perikl, Kserks, Gerodot, Fidiy
C) Demosfen, Skunxa, Gerodot, Leonid
D) Tarkviniy, Filipp II, Perikl, Miltiad
3. Antiox butun Salavkiylar davlatining hukmdori bo‘lganidan 78 yil o‘tib, ...
A) Xitoyda Xan sulolasi hukmronligi boshlandi
B) Yunon-Baqtriyada Demetriy hukmronligi boshlandi
C) Rim – Karfagen o‘rtasidagi Zama jangi bo‘ldi
D) Yunon-Baqtriyani yuchjelar bosib oldi
4. Mezolit davriga tegishli bo‘lgan manzilgohlarni toping.
A) Obishir, Machay, Zomonbobo, Seleng‘ur
B) Zarautsoy, Sopollitepa, Sarazm, Qo‘shilish
C) Qo‘shilish, Obishir, Machay, Zarautsoy
D) Seling‘ur, Machay, Nomozgoh, Teshiktosh
5. Xorazmshohlarning ko‘p hukmronlik qilganlarini yuqoridan pastga qarab joylashtiring.
1) Qutbiddin Muhammad; 2) Otsiz; 3) El Arslon; 4) Takash; 5) Alouddin Muhammad; 6) Jaloliddin.
A) 1, 2, 4, 5, 3, 6 B) 2, 1, 5, 4, 3, 6
C) 1, 5, 4, 3, 2, 6 D) 4, 1, 3, 2, 6, 5
6. Qo‘qonda faoliyat ko‘rsatgan Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg‘oziyxojalar qaysi kasb egalari bo‘lgan?
A) xattot B) usta-memor C) tabib D) shoir
7. XIX asrning 90-yillarida qaysi davlatning egallagan mustamlaka hududi o‘zining hududidan deyarli besh baravar ortiq bo‘lgan?
A) Turkiya B) Rossiya C) Italiya D) Germaniya
8. Quyidagi qaysi voqea mil.avv. VIII asrning 1-choragiga to‘g‘ri keladi?
A) Rim shahriga asos solinishi
B) Ilk bor Olimpiya o‘yinlarining o‘tkazilishi
C) Ossuriyaliklarning Teyshebaini shahridagi qal’ani bosib olishi
D) Xitoydagi Chjou davlatining zaiflashuvi
9. Quyidagi matbuot nashrlari va ularni tashkil qilgan muharrirlarni aniqlang?
1) “Xurshid”; 2) “Shuhrat”; 3) “Taraqqiy”; 4) “Osiyo”
a) Abdulla Avloniy; b) Anmadjon Bektemirov; c) Munavvar Qori; d) Ismoil Obidov
A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
C) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
10. Buxoro amirlarining ko‘proq vaqt hukmronlik qilganiga qarab ketma-ketlikda joylashtiring.
1) Shohmurod; 2) Nasrullo; 3) Amir Haydar; 4) Doniyolbiy; 5) Muhammad Rahimbiy
A) 2, 3, 1, 5, 4 B) 2, 4, 3, 1, 5
C) 3, 1, 2, 5, 4 D) 3, 2, 1, 4, 5
11. Kserks Eron taxtiga chiqqanidan 100 yil oldin ...
A) Urartu davlati tarix sahnasidan ketdi
B) Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi
C) Ahamoniylar davlatiga asos solindi
D) ossuriyaliklar qo‘shini urartlar armiyasini tor-mor etdi
12. Drevlyan qabilalari bilan jangda halok bo‘lgan Rus knyazini aniqlang.
A) Oleg B) Yaroslav Donishmand
C) Igor D) Vladimir Monamax
13. 1405-yil Xalil Sulton Movarounnahr taxtini egallab olgach, unga qarshi kimlar birinchi bo‘lib isyon ko‘taradilar?
A) Qora Yusuf va Pir Ali Toz
B) ukasi Sulton Husayn Mirzo va Abu Bakr Mirzo
C) Xudaydot va Shayx Nuriddin
D) Berdibek va Xudodydod Husayniy
14. Quyidagi qaysi alloma Damashqdagi rasadxonada yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan?
A) Ahmad Farg’oniy B) Muso Xorazmiy
C) Abu Nasr Farobiy D) Abu Rayhon Beruniy
15. Angliyadagi fuqarolar urushi davrida – Neyzbi jangida yengilgan qirol qayerga qochgan edi?
A) Plimutga B) Oksfordga C) Londonga D) Parijga
16. Quyidagi qaysi Buxoro xonlari majburiy ravishda taxtdan tushirilgan va keyin qatl etilgan?
A) Boqi Muhammad va Vali Muhammad
B) Vali Muhammad va Abulfayzxon
C) Imomqulixon va Nodir Muhammad
D) Subhonqulixon va Ubaydullaxon II
17. Kimning hukmronligi davrida Qo‘qon shahri devor bilan o‘rab olingan?
A) Abdurahimbiy B) Abdukarimbiy
C) Erdonabiy D) Norbo‘tabiy
18. Yangi Bobil podsholigiga kim asos solgan?
J: _________________
19. Kimning davrida Angliyada cherkov ibodatlari lotin tilida emas, ingliz tilida o‘tkaziladigan bo‘ldi?
J: ___________________
20. XIX asr oxirlarida qora tanlilar respublikasi qaysi davlatda tashkil qilingan edi?
J: ___________________
21. Fransiya parlamentida qachondan boshlab siyosiy partiyalar faoliyat ko‘rsata boshladi?
J: __________________
22. XVI asrda Qalandar boshchiligidagi qo‘zg’olon qaysi davlatda bo‘lib o‘tgan edi?
J: __________________
23. Arab xalifaligi davrida qurilgan Hasan masjidi hozirgi qaysi davlatda bo‘lgan?
J: __________________
24. Janubiy Koreya poytaxti Seul o‘rta asrlarda qanday atalgan?
J: ____________________
25. Koreyada qaysi qirollik davrida ilk bor milliy koreysuniversitetiga asos solingan?
J: ___________________
I- VARIANT
Dostları ilə paylaş: |