Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “... Xususan, milliy tarixni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxi bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bolmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o’rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”1.
О‘z milliy tarixi, umuminsoniy qadriyatlari va madaniyati bilan faxrlanish, milliy iftixor hissi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydi. Binobarin, “Tarix darslarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari” hozirgi kunda muhim mavzulardan biridir.
Yuqorida keltirilgan bitiruv malakaviy ish mavzusiga oid fikrlari, “Tarix darslarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari”ning umumta’lim maktablarida tarix fanini o’qitish, o’quvchilarni tarix fanini puxta о‘rganishga qaratilganligidan dalolat beradi.
___________________
1 Мирзиёев Ш.М. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: “O’zbekiston”. 2017. 488b.
2 Мирзиёев Ш.М Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: “O’zbekiston”. 2017. 490
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, “Tarix darslarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari” nomli kurs
ishimiz dolzarb mavzulardan biri sanaladi.
Mavzuning о‘rganilganlik darajasi. “Tarix darslarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari” mavzusi Respublika tarixchi-metodist olimlari tomonidan puxta о‘rganilgan. Masalan, T.Toshpo’latov, Ya. Gaffarovlarning “Tarix o’qitish metodikasi”2, Yu.Babinskiyning “Hozirgi zamon umumta’lim maktablarida o’qitish metodlari”3, A.А.Vaginning “Методика преподования истории в средней школе”4, D.I.Poltarakning “Методика использования средств и обучения в преподования истории”5, U.Mansurov, A. Raxmatullayevalarning “Tarix o’qitish metodikasi”6 kabi olimlar biz o’rganayotgan mavzuning ilmiy metodik jihatdan o’rganilgan. Ammo ushbu mavzuning nazariy jihatlari quyidagi tadqiqotchilarning ilmiy asarlarida o’z aksini topgan: X.Aliqulovning “Ma’naviy – axloqiy qadriyatlar muttafakkirlar talqinida”7, O.P.Umurzoqovning “Umuminsoniy qadriyatlar: milliy an’ana va urf-odatlar takomillashmoqda”8, T.Toshpo’latovning “Milliy istiqlol mafkurasining xayotda toblangan dasturi”9 kabi arxiv manbalar asosida yozilgan tarixiy manbalarni keltirishimiz mumkin.
________________________
2 Тошпўлатов Т., Я. Ғаффоров. Тарих ўқитиш методикаси. Ташкент. 2010. – 101б.
3 Бабинский Ю. Хозхирги замон умумий талим мактабларида ўқитиш методлари. Тошкент. “Ўқитувчи”. 1990.
4 Вагин А.А. Методика преподования истории в средней школе. Учения о методах. Теория урока. Изд. “Просвешение”. Москва. – 1968. 78стр.
5Полтарак Д.И. Методика использования средств и обучения в преподования истории. Москва. “Просвещения”. 1987. 190 стр.
6 Mansurov U., Raxmatullayeva A. Tarix o’qitish metodikasi. Ташкент. 2019. – 101б.
7 Aliqulov X. “Ma’naviy – axloqiy qadriyatlar muttafakkirlar talqinida. Andijon. 2003. – 260б.
8 Umurzoqov O.P. “Umuminsoniy qadriyatlar: milliy an’ana va urf-odatlar takomillashmoqda.Т. 1992. 110-121б.
9 ТошпўлфтовТ.Миллий истиқлол мафкурасининг хаётда тобланган дастуриТ.2003-137б.
Yuqorida keltirilgan bitiruv malakaviy ish mavzusiga oid adabiyotlar о‘rganilganda “Tarix darslarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari”ning umumta’lim o’rta maktablarida tarix fanidan dars beruvchi o’qituvchilarga yo’l-yo’riqlar, ilmiy – uslubiy maslaxatlar, o’qitishning pedagogik texnologiyalari, darsni tashkil qilish usul va uslublari masalalari batafsil ochib berilgan.
Ma’lumki, tarix fanlarini o’qitishning turli metodlari bor. Anashu metodlardan foydalangan xolda o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash juda muxim masala. Shuning uchun yaratilgan adabiyotlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarixi xaqida tarixchi olimlar juda kо‘p ilmiy fundamental asarlar yaratganlar. Bu ilmiy asarda keltirilgan metodlarni dars jarayonlariga qollash o’qituvchidan juda katta pedagogik mahoratni talab etadi. Bu esa о‘rganilayotgan mavzuni qiyoslash, taqqoslab о‘rganish, manbaalarni bir-biriga solishtirishni taqozo etadi.
Tarix darsligi bilim manbai va ta’lim vosita sisifatida. Tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan matnlarga - darslik matni, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. Bosma matnlar o‘quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo‘lgani kabi o‘qituvchining bilim manbaini, bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiyki, o‘qituvchi shu manbalardan turli va unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni zamon talablariga, umuman ta’lim tizimidagi tarix ta’limining talablariga javob berishi, o‘qituvchi bayonining o‘quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli va ilmiy jihatdan ishonarli, obrazli va ta’sirli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, matnlar ustida ishlash o‘quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi, tarixiy fikrlash hosil bo‘ladi, ular tarixiy voqealarga baho berishga o‘rganadilar. Ta’lim tizimida o‘quvchilar turli matnlar ustida mustaqil ish ko‘rish malakasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki metodlari bilan amaliy ravishda tanishadilar. O‘qituvchi o‘zining bayonini boshqa matnlar asosida yanada aniqlashtiradi va boyitadi. Darslik – muayyan o‘quv predmeti mazmunini o‘quv dasturida ko‘rsatilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilib beradigan manba hisoblanadi.
Darslik — yuqori malakali va tajribali olim va pedagoglar tomonidan tuzilib, namunaviy dasturdagi g‘oyalardan hamda didaktika tamoyillaridan kelib chiqib yaratiladi. Darslik o‘qituvchi pedagoglarga va o‘quvchilarga asosiy o‘quv quroli bo‘lib hisoblanib, oddiy va hammada tushunarli adabiy tilda yoziladi. Darslik barchaga umumiy yoki ta’lim xususiyatlaridan kelib chiqib maxsus bo‘lishi mumkin. Metodik qo‘llanmalar, asosan, tajribali pedagoglar tomonidan yozilib, faqat o‘qituvchi va pedagoglarga qo‘shimcha o‘quv quroli bo‘lib hizmat qiladi. Didaktik materiallar, pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayyorlangan bo‘lib, u dars mazmunini to‘la ifodalash va o‘quvchi-talabalar dars mazmuniga yaxshi tushunib yetishlari uchun hizmat qiladi. Bularga har turli ko‘rgazmali qurollar, turli muammoli vaziyatlarni yaratuvchi moslamalar, o‘yinlar. Tarix o‘qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo‘lib, o‘qitish jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilib, o‘quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini hamda tarix o‘qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o‘qitish metodikasining asosiy fan sifatida o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad, tarix o‘qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat.
Tarix o‘qitish metodikasi o‘zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. Ta’lim tizimida tarix fanining o‘qitilishi va o‘qitish jarayonining o‘rganilishi tarix o‘qitish metodikasining predmetini tashkil etadi. O‘qitish jarayonining ob’ektiv suratda amal qiladigan o‘z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta’lim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish ta’lim tizimida tarix o‘qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir.
Dostları ilə paylaş: |