Tarix darslarida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə3/8
tarix02.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#122104
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5429282388100261470

Mavzuning maqsadi: Tarix darslarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari” mavzusini ilmiy, ilmiy - uslubiy adabiyotlar bilan qiyoslab tahlil etishdan iborat.
Mavzuning vazifalari:
1. Yoshlarda g’oyaviy dunyoqarashining shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarix o’qitishda tutgan o’rnini, uning mohiyatini ilmiy-uslubiy adabiyotlardagi talqinini nazariy-qiyosiy tahlil qilish.
2. Yuksak ma’naviyatli komil inson tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishni manbalarga asosan solishtirib о‘rganish.
3. Insoniyat tarixida jadidchilik harakatlarining vujudga kelishi sabablarini tahlil qilish.
4. Mavzuning 1-soatlik dars ishlanmasini ishlab chiqish.
Mavzuning obyekti: Tarix darslarida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari o’rganish jarayonidir.
O’quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishni ta’lim tizimida о‘qitishning metodlari mavzuning predmetini tashkil etadi.
Mavzuning nazariy va uslubiy asoslari: Ishning nazariy asosini О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning soha rivojiga oid asarlari, sо‘zlagan nutqlari, “О‘zbekiston tarixining rivoji” ga oid Qonun hujjatlari tashkil etadi. Shuningdek, О‘zbekiston tarixi va davlatchiligi, madaniyatning rivojlanishi va unga yaqin bо‘lgan sohalarda bozor munosabatlarini hisobga olib yaratilgan ilmiy ishlarda keltirilgan fikr-mulohazalar, ilgari surilgan g‘oyalarga ham asoslanildi. О‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan madaniy yuksalishga oid islohotlar, sohaga oid kadrlar tayyorlash mazkur tadqiqot ishini bajarish jarayonida ushbu metodologik jihatlarga tayanildi.
Tadqiqot metodlari: Kurs ish ustida ishlash jarayonida suhbat, qiyosiy tahlil, dars jarayonini kuzatish, maktab tarix fani oqituvchilarining dars o’tish jarayonlarini o’rganish, o’quvchilar o’rtasida savol-javob о‘tkazish, natijalarni umumlashtirish kabi tadqiqot metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishida keltirilgan mavzuga oid manbalar, tarixiy dalillar, tadqiqot natijalari va tavsiyalardan umumta’lim о‘rta maktablari, oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimida “О‘zbekiston tarixi”, “О‘zbekiston xalqlari madaniyati tarixi” ni о‘qitish jarayonida, shuningdek, О‘zbekiston tarixi fanlaridan shu mavzuga oid ma’ruza matnlari tayyorlashda foydalanish mumkin.
Кurs ishning tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 4-paragraf, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat bо‘lib 32-betni tashkil etadi.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin