Tarix darslarida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish metodlari


I Bob Yosh milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda tarix fanining o’rni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə5/8
tarix02.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#122104
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5429282388100261470

I Bob Yosh milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda tarix fanining o’rni.
1.2. Tarix darslari orqali o’quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish.
Yosh avlodga talim-tarbiya, bilim berish, uni ijtimoiy hayot va faoliyatga tayyorlashning asosiy mezonlaridan biridir. Talim - tarbiya orqali yoshlarning milliy qadriyatlar sirasiga kiruvchi ahloqiy fazilatlari shakllanadi, jamiyatdagi g‘oyaviy, mafkuraviy jarayonlarga nisbatan munosabati o‘zgaradi va barkamol shaxs bo‘lib yetishishida imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy mavqeini aniqlashda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tizimini isloh qilish, ijtimoiy tartib va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nazoratni amalga oshirishda talim-tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb yetadi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov oila qadriyatlari yoshlarning barkamol insonlar bo‘lib shakllanishiga alohida ahamiyatga egaligi, xalqimiz mustabidlik davrida ham o‘z qiyofasini unutmagani, insoniylik o‘zbek xalqi qadriyatini asosi ekanligini takidlaydi. Har qaysi mamlakat, eng avvalo, o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan qudratlidir. Mustaqilligimizning boshidayoq yurtimizda maniviy merosga asoslangan qadriyatlarni tiklash, manaviy va marifat ishlariga alohida ahamiyat bergani muximdir.
O‘zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, azaliy milliy yondashuv sanaladi. Xalqimizga xos bo‘lgan mehmondo‘stlik, birodarlik, do‘stlik, sadoqat, halimlik umuminsoniy hamjihatlikning asosini tashkil yetadi. Umuminsoniy manfaatlarga milliy tiklanish g‘oyasining uyg‘unlashuvi istiqlolga erishgan vatanimiz tashqi va ichki siyosatining o‘zagini tashkil etadi. Milliy o‘zlikka egalik, ozodlik, hurriyatni qo‘ldan bermaslik, uni oliy qadriyat deb bilish milliy mentalitetimizning negizidir.
Shu bois, yoshlarni ezgulikka yo‘g‘rilgan qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish muhimdir. Vatanparvarlik, eng avvalo, davlatimiz ramzlari bayroq, madhiya, gerbimizda o‘z ifodasini topgan. Til orqali esa yurtimizni ulug‘laymiz, yoshlarimizni uning qadriga yetishga chaqiramiz. Ramzlarda xalqimizning orzu-umidlari, hayot yo‘li, urf-odatlari, tabiatga bo‘lgan munosabati, qadriyatlariga sodiqligi, mehr-muhabbati kabilar o‘z aksini topgan. Vatan ona allasiga yo‘g‘rilgan beshikdan boshlanib, ota-onani tanlab bo‘lmaganidek, Vatan ham tanlanmaydi. Vatanni sevish, ardoqlash, taraqqiy yetishiga hissasini qo‘shish imkoniyatiga ega. Shu orqali u hayotda ham o‘ziga, ham oilasiga baxt bera oladi. Xalqimizda ota-ona qanchalik ulug‘lanib, ardoqlansa, tug‘ulib o‘sgan Vatan shunchalik qadrlidir. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat o‘zbek mentalitetiga xos xususiyatdir. Shuning uchun ham yoshlar ongiga milliyligimizga xos bo‘lgan or-nomus, milliy g‘urur, mehribonlik, vijdonlilik, sadoqat, mehmondo‘stlik, ahillik, ota-bobolardan faxrlanish, nasl-nasabini ulug‘lash kabilar yoshlarni vatanparvar bo‘lishga undaydi. “O‘zbekiston tanlagan yo‘l-umuminsoniy va umume’tirof etilgan demokratik qadriyatlarga erishishga qaratilgan, ko‘p asrlik madaniyatimizning eng sara yutuqlari, milliy an’analarimiz” ajdodlarimiz diniga bo‘lgan sadoqatimiz bilan uyug‘nlashib ketgan yo‘l-biz uchun o‘zgarmasdir.
Yoshlar tarbiyasida barqaror qadriyatlarning ahamiyati katta. Yoshlarimiz orasida ba’zida loqayd, ijtimoiy-taraqqiyotning o‘ziga xos tomonlaridan bexabar, xudbin, mustaqil fikrdan yiroqlari ham uchrab turadiki, aynan shular orasidan ommaviy madaniyatga berilib, o‘zligini unitayotganlar, giyohvandlar, ichkilikka berilganlar chiqayotgani achinarli holdir. Albatta, yoshlarning bunday yo‘llarga kirib ketishi jamiyatimiz va ijtimoiy taraqqiyotimiz uchun katta xavfdir. Chunki yoshlar jamiyatimizning tayanchi ekan, nafaqat ularning jismonan sog‘lomligi, balki ruhan ma’naviy sog‘lomligi ham katta ahamiyatga egadir. Qadriyatlarni teran anglagan yoshlar ota-onalari yaratib bergan imkoniyatlar va sharoitlardan foydalanibgina qolmay, o‘zlari ham kelajaklari uchun harakat qiladilar. Bu borada mukammal bilim olib, uni hayotga tadbiq eta bilish katta ahamiyatga egadir.
Kelajak mevasi hisoblanmish bolajonlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash azal-azaldan ota bobolarimizdan milliy meros bo’lib kelayotgan urf-odat hamda an’analarni unut bo’lib ketmasligi uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin: Umuminsoniy qadriyatlar –millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va hususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlarmillatning tarixi yashash tarzi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Shunday ekan, bolalarga ta’lim berar ekanmiz, avvalo ularga o’zlarining “men”ini his qilishni o’rgatishimiz lozim. Buning uchun albatta ularni xalqimizni boshqa xalq va elatlardan ajratib turuvchi urf-odatlar hamda qadriyatlari bilan tanishtirib, ushbu qadriyatlarni ongida singdirib borishimiz lozim bo’ladi. Ona tilimizga bo’lgan hurmat ana shundaymuhim qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Chunki har bir millat va Davlat borki, uning o’zining milliy tarixiy til vositasi mavjud. Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida ham shu asosda keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlash joiz. Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarining har bir guruhida “Kichik kutubxona”lartashkil etilganligi ham buning yorqin misoli bo’la oladi. Ushbu kutubxonalarda asosan o’zbek xalqining og’zaki ijod namunalari asosida yaratilgan kitoblar keng o’rin egallagan. Lekin afsuski, aytish joizki ba’zi bir “o’zbek” tilida yozilgan ertaklar borki, uni bolalarga o’qib berishga ham xijolat tortadi kishi. Chunki bu kitoblarning ba’zilarida chetdan kirib kelgan so’zlar ham tez-tez uchrab tursa, yana ba’zilarida millatimizga hos bo’lgan andisha, sharm-hayo kabi muhim chegaralardan biroz chetga chiqilgan. Mening fikrimcha bolalar uchun mos ertak topish maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari uchun bugunning dolzarb masalalaridan biri bo’lib hisoblanmoqda. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining qanchalik kreativ ekanligi muhim ahamiyatga ega.Bugunning bolajonlari o’z tilimizda biyron so’zlashlari hamda ona tilimizga nisbatan hurmat tuyg’usini his qilishlarida nafaqat tarbiyachilar balki ota-ona, shuningdek, mahalladoshlarning ham o’rni juda katta. Aniqroq qilib aytganda bolalarni to’g’ri tarbiyalash uchun Maktabgacha ta’lim tashkiloti-Oila-Mahalla hamkorligi asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki bola kunining 30-40% qismini maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazsa qolgan qismini oilada hamda mahallasida o’rtoqlari va qo’shnilari atrofida o’tkazadi.Shunday ekan ular kerakli bilm va ko’nikmani faqatgina bolalar bo’g’chasidan olmaydi. Bundan tashqari xalqimizning “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan oltin qoidasi bor. Bolalarga o’z ona tilimizda ravon so’zlash hamda uni hurmat qilishga o’rgatishning bir qancha usul va uslublari mavjud. Bulardan biri xalq og’zaki ijodi namunalaridir. O’zbek xalq og‘zaki ijodida o’zbek xalqining pedagogik g‘oyalari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, ma’naviy-axloqiy ideallari, xalqning hayotiy tajribasi, milliy an’analari, qadriyatlari va falsafasi o‘ziga xos yo‘sinda ibratli va qiziqarli hikoyalarida, alla-qo‘shiqlari, ertaklari va o‘gitlarida tasvirlangan. Bundan tashqari bolalarga qancha ko’p kitob o’qib berar ekanmiz, ular turli sheva va jargonlardan qochgan holda sof adabiy tilda so’zlashga o’rganib boradi. Bu esa ona tilimizdagi so’zlarni chiroyli jaranglashiga xizmat qiladi.Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatda bo’lish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan jarayonlardan biri bu –katta yoshdagi insonlar, ya’ni ota-onalar, tarbiyachilarning bolalar yoshiga, ularning dunyoqarashiga, ma’nan-axloqan, aqliy rivojlanishlariga mos bo’lgan kitoblardan foydalanish bilan bog’liqdir.Bundan tashqari bolada biz orzu qilgan sifatni ko’rish uchun yana bir eng muhim hisoblangan usuldan foydalanishimiz lozimki, bu usul “Yaxshi namuna bo’la olish”dir. Ya’nikim, agarda biz tarbiyachilar, shuningdek ota onalar farzandlarimizga sof adabiy o’zbek tilida gapirishi lozim ekanligini uqtirar ekanmiz lekin unga o’zimiz amal qilmagan holda qisqartma hamda chetdan kirib kelgan so’zlardan foydalanar ekanmiz bizning olib borayotgan hech qaysi bir harakatimiz yetarlicha samara bermaydi. Shunday ekan bolani tarbiyalashdan oldin, avvalo, o’zimizni tarbiyalashimiz lozim ekanligini unutmasligimiz lozim.
Qadriyatlar uyg‘unligi insonning komil inson darajasiga yetish uchun intilishida, erkin yashashida, farovon hayot kechirishida alohida vosita hisoblanadi. Qadriyatlarni asrab-avaylash, rivojlantirish ijtimoiy taraqqiyot uchun muhimdir. Demak, hayot tarzini o‘zgartirish uchun tafakkurni o‘zgartirish kerak. Yoshlar o‘z fikrlash tarziga ega bo‘la borgan sari o‘zligini, ma’naviy merosimizning ahamiyatini anglay boshlaydilar. Shuning uchun avvalo yoshlarda fikrlash qobiliyatini shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin