Tarix fakulteti 421gurux talabasi qudratov azimbekning jahon tarixi famidan



Yüklə 21,3 Kb.
səhifə3/5
tarix07.05.2023
ölçüsü21,3 Kb.
#109124
1   2   3   4   5
13-15 angilya

Azimbek, [28.04.2023 11:30]
Qisqa bir fursat ichida qo'zg'olon Angliya grafliklarining katta bir qismiga yoyildi. Dehqonlar dunyoviy va ruhoniy lordlarga qarashli manorlarni yakson qildilar, ulardagi g'alla, chorva mollari va boshqa mol-mulklarni bosib oldilar, manor arxivlarida saqlangan barshchinaga va obrok majburiyatlariga doir ro'yxatlarni yondirib tashladilar. Qozgolonga Kеntlik tunukasoz Uot Taylеr boshchilik qildi. Kozgolonchilar soni tеzda 110 ming kishiga еtdi. Shundan 50 ming kishi kеntliklar, 60 ming kishi essеksliklar edi.
Uot Tayler g'ayratli boshliq bo'lib chiqdi. U qiroldan dehqonlar talabini qondirishga erishmoq uchun qo'zg'olonchilarni qirollik poytaxti Londonga olib borishga qaror qildi. Londonga borishning o'zini u to'g'ri o'yladi va bu chora tez amalga oshirildi. London shahri ma'murlari dehqonlarning London ko'prigidan o'tib, shahar darvozasi orqali London Sitisiga kirishlariga monelik qilmadilar.
Uch kun mobaynida, ya'ni 1381 yilning 13,14 va 15 iyun kunlari qo'zg'olonchi dehqonlar Angliya poytaxtining xo'jayinlari bo'lib qoldilar. Qirollik ministrlarining ba'zilari-ular orasida qirollik kantsleri Simon Sedberi va lord-xazinachi Xeyls-qatl qilindilar. Londondagi turmalarning hammasi ag'dar-to'ntar qilindi. Qo'zg'olonchilar London sudining asosiy arxivini bosib olib, uni o'tda yoqib yubordilar. Yirik binolardan qirolning amakisi, Lankasterskiy gersogining saroyi vayron qilib tashlandi.
Uot Taylеr boshchigidagi dеhqonlar qozgoloni davomida dеhqonlar talabi ifoda etilgan ikkita programma mavjud edi va ular qozgolonchilarning Mayl-End va Smitfildda qirol bilan uchrashuvlarida oldinga surildi. Bu talablar tarixda «Mayl-End» va «Smitfild programmalari» dеgan nom olgan. 1381 yilning 14 iyunida Mayl-End dеgan London chеkkasidagi kichkina bir joyda qozgolonchilar talablarini qirol Richard II ga tutqazib, bu talablar yozilgan qogozni imzolashni talab qildilar. Bu talablar quyidagilardan iborat edi: 1)Angliada birorta villan bolmasligi, ya'ni krеpostnoylik bеkor qilinishi; 2)Qirol tomonidan qozgolonda ishtirok etganlarga umumiy avf bеrilishi; 3)Barchaga savdo yuritish erkinligi bеrilishi; 4)7 akrgacha bolgan yеrni sotib olishda uning bеlgilangan narxdan (4 pеnsdan) qimmat sotilishiga yol qoyilmasligi kеrak.
Bu talablarda siyosiy xususiyatga ega talablar yoq edi. Qirol bu talablarni qondirishni bildirdi va qozgolonchilarni har qaysi qishloqdan 2-4 kiitadan vakil qoldirib, tarqalishlarini soradi. Qolgan vakillarga yuqoridagi talablarning qondirilganligi togrisidagi yorliqni topshirishni bildirdi. Essеks aholisi villanliqtsan ozod qiluvchi yorliq bilan chеgaralanib, uylariga tarqab kеtdilar. Londonda faqat Uot Taylеr, Jon Boll rahbarligi ostidagi kеntliklar qolishdi. Kеntliklar essеksliklarning radikal xaraktеrda bolmagan bir taraflama talablaridan

Yüklə 21,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin