Tarix fakulteti 421gurux talabasi qudratov azimbekning jahon tarixi famidan



Yüklə 21,3 Kb.
səhifə5/5
tarix07.05.2023
ölçüsü21,3 Kb.
#109124
1   2   3   4   5
13-15 angilya

Azimbek, [28.04.2023 11:30]
Lankasterlar sulolasidan mamlakatda norozilik kuchayganligidan foydalanib, Yorklar hokimiyatni o’z qo’llariga olishga harakat qiladilar. Angliyani Shimolidagi yirik feodallar Lankasterlarni qo’llaydi. Yorklarni esa mamlakatning iqtisodiy rivojlangan janubi - sharqidagi yirik feodallar, ularning qarindoshlari va kuchli qirol hokimiyatidan manfaatdor yangi dvoryanlar va shaharlklar qo’llaganlar. Xuddi shu yili Lankasterlarning Yorklarga qarshi boshlagan urushida dastlab Lankasterlar tarafdorining qo'li baland keldi. Boy berilgan janglardan birida, 1460 yilda Richard Yorkskiy o'ldirildi. Ammo o'ldirilgan Richard Yorkskiyning o'g'li Eduard Yorklar to'dasiga boshchilik qildi, u lankasterlarni 1461 yilda ikki marta mag'lubiyatga uchratib, Londonni egallaydi va qirol deb elon qilinadi (1461 –1483 yy.). Genrix VI esa Tauer zindoniga qamab qo'yildi. York to'dasi hokimiyatni uzoq muddatga o'z qo'lida ushlab turdi. 1470-1471 yillarda Lankasterlar o'z tomonlariga o'tgan yirik feodal Uorvik ko'magida hokimiyat tepasiga Genrix VI ni qaytadan tiklamoqchi bo'ldilar. Lekin buning uddasidan chiqa olmadilar.
Eduard IV o’rta va mayda dvoryanlarga Lankasterlarning musodara qilingan yerlari hisobiga mulklar va unvonlar berib o’ziga yaqinlashtiradi, ularga tayanib o’zboshimcha baronlarni ayovsiz jazolaydi. Eduard IV mamlakat savdo va sanoatini rivojlantirishga harakat qiladi. Movutsozlikni rivojlantirish uchun xom- ashyoni eksport qilishni taqiqlaydi. Yevropa davlatlariga Angliya movutini eksport qilishda Ganza va Venetsiya savdogarlari vositachiligiga chek qo’yish uchun choralar ko’radi.
Eduard IV vafot etgach, uning ukasi Richard Eduardning ikki yosh o’g’lini Tauerda qatl etib taxtni egallaydi. Richard III ning siyosati Lankasterlar va Yorklarning noroziligiga sabab bo’ladi. Ular birlashib Lankasterlardan bo’lgan Genrix Tyudorni taxtga surishadi.
Yüklə 21,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin