Tarix fakulteti 421gurux talabasi qudratov azimbekning jahon tarixi famidan



Yüklə 21,3 Kb.
səhifə4/5
tarix07.05.2023
ölçüsü21,3 Kb.
#109124
1   2   3   4   5
13-15 angilya

qanoatlanmagan edilar.
Kеntliklar ozlarining talablarini qirol oldiga Smitfild dеgan joyda tutqazdilar. Unda quyidagi radikal talablar oldinga surilgan edi:
1) Chеrkov yеrlari sеkulyarizatsiya qilinsin;
2) Qirollikda bitta yеpiskopliqdan boshqa umuman yеpiskoplik bolmasin;
3) Angliyada villanlik bolmasin;
4) Qiroldan boshqa barcha kishilarning huquqi tеng va ozlari ozod bolsinlar, ya'ni toifaviy tafovutlar yoqotilsin;
5) Ormon va daryolardan hamma tеng foydalansin. Ormonlarda boy sеnorlar
va amaldorlar singari odtsiy xalq ham ov qilish huquqiga ega bolishi
kеrak va h.k.
Qirol bu talablarni ham bajarishga rozi boldi, ammo qirol bilan ikkinchi uchrashuv chogida Uot Taylеr London shahrining meri tomonidan oldirildi. Uot Taylеr oldirilgach, rahbarsiz qozgolonchilarni tor-mor qilish uncha qiyin bolmadi. Qirollik tomonidan tashkil qilingan jazo guruhlari qozgolon qatnashchilarini shafqatsizlarcha qirg`in qildilar. Shu tariqa Angliyadagi eng yirik

Azimbek, [28.04.2023 11:30]
dеhqon qozgolonlaridan biri qonga botirildi. Bunga sabab, odatdagi uyushqoqsizlik, kuchlarning bo'linib ketganligi, dasturning yetarli darajada aniq bo'lmaganligi va qo'pol taktik xatolarga yo'l qo'yilishi bo'ldi. Ingliz dehqonlari qirol bizning tarafamizni oladi, deb soddadillik bilan ishonardilar. Dehqonlar o'zlari eng yomon ko'rgan amaldorlarning adabini berib, hatto o'z hukumatlarini tuzishga intilib ham ko'rmadilar.
1381 yilgi qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramay, u ingliz dehqonining bunday keyingi taqdiriga har holda katta ta'sir ko'rsatdi. Qo'zg'olon ancha katta va qudratli bo'ldi, bu qo'zg'olondan keyin esa pomeshchiklarga barshchinani jiddiy suratda qaytadan tiklash haqida o'ylashga endi to'g'ri kelmadi. 1382 yilda va undan keyingi yillarda ayrim grafliklardagi dehqonlar feodallarga qarshi qaytadan qo'zg'olon ko'tarishga urindilar. Lordlar yon berishga majbur bo'ldilar. Shu sababli, 1381 yildan keyin kommutatsiya jarayoni yanada kuchaydi. Qo'ychilik tobora kuchayib, unda barshchina keraksiz bo'lib qoldi. XV asrda yanada ko'proq mustaqil xo'jalik yurgizuvchi erkin dehqonlardan iborat edi.
XV asr mobaynida Angliyada feodalizmning yemirilishi yanada zo'raydi. Mamlakatning umumiy xo'jaligida sanoatning ahamiyati kuchaydi. Angliyada movut sanoati ayniqsa katta yutuqlarga erishdi. Angliyada yuqori sifatli movut navi yetishtirilib, uning bir qismi chet ellarga ko'plab chiqariladigan bo'ldi. Jun yigirish va to'qish, shaharlardan tashqari, kustarchilik kasbi formasida qishloqlarga ham keng tarqaldi. XV asrda ingliz savdogarlari turli dengizlarda o'z savdo-sotiq ishlarini keng yoya boshladilar. Shu munosabat bilan ingliz kemasozligi zo'r berib rivojlana bordi. Dengizlarning narigi tomonlariga borib savdo qiluvchi yirik savdogarlarning bir qismi XV asrning 70-yillarida savdogar avantyuristlarning birinchi dengiz savdo kompaniyasini tuzdi. Bu savdo kompaniyasi, avvalo La-Mansh va shimoliy dengizdagi movut savdosini o'z qo'liga monopoliya qilib oldi.
4.Qizil va oq gullar urushi. Eski feodal aristokratiyasi XV asr mobaynida hukmron sinf hisoblanar edi. Uning ko'pincha an'anaviy to'lovlar tarzida yerlardan oladigan daromadlari o'smay, balki pulning asta-sekin qadri ketishi bilan ular amalda kamayib borganligidan, aristokratiya davlat mansablarini bosib olish yo'li bilan o'z zararlarining o'rnini qoplashga harakat qildi. Bu aristokratiya Fransiya bilan olib borilgan Yuz yillik urushdan ham katta umidvor edi. Aristokratiya Fransiyadagi yangi yerlar va har qanaqangi harbiy o'ljalar olishga ishongan edi. 1399 yilda Plantagenetlar o'rniga kelgan yangi Lankasterlar dinastiyasi, aristokratik siyosatning kuroliga aylandi.
Lankasterlar siyosatidan, jumladan soliqlarning o'sib borishidan, ular ma'muriyatining suiiste'mollaridan, Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizliklardan va Angliya savdosining izdan chiqishidan bo'lgan norozilik Angliyaning eng taraqqiy etgan dengiz sohili grafliklaridan biri bo'lgan Kent grafligida xalq harakatining ancha avj olishida ifodalanadi. Gersog York vassalaridan biri bo'lgan Jek Ked boshchiligida 1450 yilda Kentda qo'zg'olon bo'ldi. Kentning ko'pgina mayda dehqonlari, shuningdek, shaharliklarning bir qismi qo'zg'olonda ishtirok etdi. Ammo harakatga asosan ritsar elementlari rahbarlik qildi. Qo'zg'olonchilar (1550 yil 2 iyun) Londonga kelib, unda hukumat oldiga bir qancha talablar qo'yishdi. Bu talablar, asosan, qirolning telba maslahatchilarini tartibga solish, lordlarning joylarda o'zboshimchalik qilishiga, zulm o'tkazishga chek qo'yish talablaridan iborat edi.
Xalq ommasining Lankasterlar dinastiyasiga bo'lgan nafratidan foydalangan gersog Yorkskiy tarafdorlari mumkin qadar tezroq hokimiyatni o'z qo'llariga olishga intildilar. Genrix VI betobligi sababli 1455 yilda Richard Yorkskiy qirollik regenti deb e'lon qilindi. Biroq Lankasterlarning muxlislari (qoloq g'arb va janubi-g'arb ularning asosiy tayanch joylari edi) tez orada Richard Yorkskiyni regentlik vazifasidan olib tashlashdi.


Yüklə 21,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin