Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə11/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

Sharqiy Pomir mezoliti. Bu mezolit davri yodgorliklari Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq madaniyati yoki aniqrogi Issiq majmuasidan (Issiq gor-makoni) iborat. Pomirda mezolit davri mil.avv. VII ming yilliklarga togri keladi. Markansuv madaniyati Pomirdan tashqarida shakllangan. Uning kelib chiqish ildizi aniqlanmagan bo'lsada, tosh qurollariga ishlov berish xususiyatlari mahalliy tabiiy sharoitga bogliqligi seziladi.
Oshxona makonida bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan. Yirik dagal ishlangan mehnat qurollari va kichik nafis mehnat qurollari ajralib turadi. Bu erda silliq toshdan yasalgan ikkita ochoq joylashgan bo'lib, uning atrofida yashash maydonchasi aniqlangan. Bu yashash maydonchasi engil turdagi chaylasimon uylarning qoldiqi bo'lishi mumkin.
Issiq gor-makonining madaniy qatlami bir yarim metr. U erdan kichik va o'rta hajmdagi toshlardan aylana qilib terilgan ochoq topilgan.
Markansuv makoni mavsumiy foydalaniladigan joy bo'lib, undan ov o'lja izlab chiqqan vaqtda yashash uchun foydalanilgan bo'lsa kerak. Markasuvliklar ovchilik bilan birgalikda terimchilik bilan kun kechirishgan.
O'rta Osiyodagi mezolit davri madaniyatlari va majmualari o'ziga xosligi va turli xiligi bilan ajralib turadi. O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlarining shakllanishida avvalambor so'nggi paleolit davri mahalliy madaniyat an'analarining davom etishdan bo'lsada, tosh asrining yirik madaniy markazi hisoblangan Yaqin Sharq qabilalarining ham sezilarli ta'siri bo'lgan, degan fikrlarni quvvatlaydigan tadqiqotchilar mavjud. Lekin, bu davr sezilarli ta'sir etish quvvatiga ega bo'lgan qabilalar tolqining siljishi haqiqatdan yiroq bo'lishi, tabiiy. Tosh qurollarga ishlov berish usullarining o'xshashligi asoslanib, bunday xulosalarga kelish togri emas.
Zamonaviy arxeologlar O'rta Osiyo hududida mezolit davrida xojaligi va madaniy xususiyatlari jihatdan o'zaro ajralib turadigan bir qancha qabilalar yashab, ularning izlari aniqlangan yodgorliklarda o'zining aksini topgan.40

Xulosa
O`rta Osiyo hududidagi mezolit davriga oid arxeologik yodgorliklarni o`rganish orqali o`lka tarixi, jumladan, O`zbekiston hududidagi bu davrda yashagan odamlar, ularning mashg`ulotlari, turmush tarzi haqida ko`proq va chuqurroq ma`lumotlar olish imkonini beradi.
Ushbu mintaqada O‘rta Osiyoning eng yaxshi o‘rganilgan hududlaridan biri bo‘lib, buyerda 200 dan ziyod madaniy qatlami buzilgan manzilgoh va topilma joylar, beshta ochiqtipdagi makon (shuningdek, ko‘p qatlamli), sakkizta g‘or va ikkita qoya tosh sur'atlari yodgorliklari topilgan. Yig‘ma materiallarga ega bo‘lgan qator topilmajoylar bir xil tipdagi yodgorliklarni o‘z ichiga olgan holda guruh-guruh bo‘lib gavjum holda joylashgan. Ular orasida eng yirigi Farg‘ona yodgorliklari hisoblanadi. Kichikroq yodgorliklarga Lavlakon ko‘li hududidagi yodgorliklarni, Daryosoy, Echkiliksoy, Oyoqog‘itma va Markaziy Qizilqum kabilarni kiritish mumkin.
O‘rta Osiyoning sharqiy hududlari mezolitida Machay va Qo‘shilish makonlari muhim o‘rin tutadi. Bu hududda mezolit davriga oid ikkita madaniyat ajratilgan. Bular Obishir va Markansuy madaniyatlaridir. Bundantashqari, o‘ziga xos Vaxsh madaniyati ham hukm surganligi haqida mutaxassislar tomonidan aloxida masala sifatida ko‘tarilmoqda . Adabiyotlarda Markaziy Farg‘ona mezoliti ikki kompleksdan iborat: Markaziy Farg‘ona va Obishir madaniyati . Biroq, barcha hududlarni o‘rganishda bo‘lgani kabi, O‘rta Osiyoning sharqiy rayonlarida ham ko‘plab munozorali, noaniq va isbot talab jihatlar uchraydi. Aniqroq qilib aytgada, gap qator yodgorliklarning sanasi va kelib chiqishi (madaniy xosligi) masalalari, davrlashtirish va ularning genezisi borasidagi muammolaridadir. Shu ma’noda qator tortishuvlarga sabab bo‘lgan yodgorliklar Machay g‘ori va Qo‘shilish makonlari hisoblanadi.
Sharqiy Kaspiybo‘yi (mil. aw. X-VIII m. y)ning mezolit davri yodgorliklari Krasnavodsk yarim oroli, Balxanbo‘yi, Qorabo‘g‘iz va Quyi O‘zboy hududlarida tarqalgan. Bu yyerda aniqlangan o‘ttizdan ortiq manzilgohlar va to‘rtta g‘or-makonlar (Jebel, Qayli va Damdamchashma I, II) larda arxeologik tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ulaming quyi qatlamida hayot mezolit davrida boshlanib, neolit davrida davom etgan, ayrimlari bronza davrida ham kishilar yashashgan. Mazkur hududdagi yodgorliklaming mezolit davriga oid tosh qurollari tahlili va qiyosiy tavsifiga ko‘ra Balxanbo‘yi (ilk, o‘rta va so‘nggi bosqichlari) va Sharqiy Kaspiybo‘yi (ilk va so‘nggi bosqichlari) lardan iborat ikki kompleks yoki guruhga ajratish mumkin. Ulaming har ikkalasi uchun toshlami tekis yorish va ulardan silliqlab mehnat qurollari yasash usuli xos. Sharqiy Kaspiybo‘yi guruhidagi yodgorliklarda mikrolitlar ko‘pchilikni tashkil etgan.
Janubiy Tojikiston: Kofimigon, Vaxsh, Panj vodiylari, Sharqiy Pomir (XI-VII) madaniyatlari tosh qurollar, xo‘jaligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra umumiy va o‘ziga xos tamonlari bilan ajralib turadi.



Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin