Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə7/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

Qo`shilish makoni.Yurtimizdagi mezolit davriga oid yana bir qiziqarli yodgorlik Toshkent atrofidagi Bo‘zsuv vodiysida va shu nomli daryoning chap qirg‘og‘ida joylashgan Qo‘shilish makonidir. Yodgorlik 1966 yil geologlar tomonidan ochilib, 1967 yilda O‘.I. Islomov tomonidan o‘rganilgan. Qazish ishlari natijasida lessimon loy yotqiziqda qisman saqlangan madaniy qatlam mavjudligi aniqlangan27. Qatlamdan 200 ta chaqmoqtoshdan ishlangan tosh buyumlar, bir nechta hayvon suyaklari qoldiqlari topilgan va bu suyaklar orasida R.K.Qambariddinovning aniqlashicha, xonaki ho‘kizga tegishlilari mavjud bo‘lgan. Tosh buyumlar orasida plastinalardan ishlangan uchburchak qurollar, uchirindilardan yasalgan pakki-pichoqsimon qirrali o‘tkir tig‘li qurollar, ko‘plab qirg‘ichchalar, tosh randalar, sanchqilar va turli xil nukleuslar uchraydi.
O‘.I.Islomovning fikricha, Qo‘shilish makoni yodgorlik qatlamlarining geologik tasnifi jihatidan O‘rta Osiyo shuningdek Shanidar, Palegavra, Gari Kamarband va boshqa O‘rta Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi boshqa mashhur yodgorliklar bilan taqqoslash asosida ilk mezolit davri bilan sanalanishi mumkin28.
Bu yodgorliklarning sanasi esa er. avv. X-IX ming yilliklar bilan belgilangan. biroq, G.F.Korobkovaning ta'kidlashicha, O‘.I.Islomov tomonidan keltirilgan Qo‘shilish yodgorligining sanasi biroz qadimiylashtirib yuborilgan29. Bu birinchidan, O‘.I.Islomov o‘zi ta'kidlaganidek, madaniy qatlamning ustida yotgan uch metrlik lyoss, agar ushbu hududda lyos hosil bo‘lishi tezligini hisobga olsak, yodgorlikning qadimiyligini belgilashi shart emas30. Ikkinchidan, Qo‘shilishning industriyasida so‘nggi mezolit davri xarakteriga ega bo‘lgan buyumlar ko‘p uchraydi: mitti uchburchak qurollar, plastinalarning uchida ishlangan yon qirralarida retushsiz qirg‘ichchalar. Uchirindilardan ishlangan yumaloq qirg‘ichchalarning ko‘pligi, o‘yib-kertib ishlangan qurollarning, kesgichlarning, uchlari yo‘nilgan qurollarning hamda yupqa va qalamsimon nukleuslarning yo‘qligi so‘nggi mezolitga xos belgilardir. Uchinchidan, Qo‘shilish industriyasi uchirindilardan ishlangan ko‘plab yumaloq qirg‘ichchalarga, pakki-pichoqsimon o‘tkir tig‘li qurollar va ayrim mitti geometrik mikrolitlarga ega bo‘lgan Markaziy Farg‘ona so‘nggi mezoliti bilan davriy taqqoslanishi mumkin31. Yodgorlikni Shanidar, Palegavra va Gari Kamarband bilan taqqoslash esa hech qanday asosga ega emas. To‘rtinchidan, Qo‘shilishning qatlamidan topilgan xonaki ho‘kizning suyak qoldiqlari O‘rta Osiyoda ancha keyingi davrlarda uchraydigan hodisadir.
Yuqorida ta'kidlangan dalillar Qo‘shilishni so‘nggi mezolit bilan sanalashga asos bo‘la oladi 32.
Yodgorlikning genezisi masalasi ham munozaralidir. Masalaning murakkabligiga qaramasdan, O‘.I.Islomov uning ildizlarini mahalliy levallua must'e hamda so‘nggi paleolit madaniyatlarida, deb hisoblaydi33va uni Toshkent variantiga kiritadi34. Hozirda Qo‘shilish makoni materiallarini ular juda kam sonli bo‘lganligi sababli O‘rta Osiyoning boshqa yodgorliklari bilan taqqoslashning imkoni yo‘q35 va uning genezisi masalasini ko‘tarib chiqishga asos yo‘q, deb hisoblaymiz.

Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin