Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi


-Bob.Mezolit davriga umumiy tavsif



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə3/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

1-Bob.Mezolit davriga umumiy tavsif
1.1. O`rta Osiyoning mezolit davri xususiyatlari
Mezolit davrida yer yuzining shimoliy qismida hukmron bo‘lgan vyurm muzligi eriydi. Muzlik mil.avv. XIV ming yillikda erib boshlangan, mil. avv. X ming yillikdagi qisqa muddatli qayta sovushdan so‘ng, mil. avv. IX ming yillikda (8300 yil) erib tugagan. yer sharining shimolida, xususan, Shimoliy Kanadada muzlik mil.avv. IV ming yillikda batamom erib tugaydi.
Muzlikdan bo‘shagan yerlarda igna bargli, undan janubda esa keng yaproqli daraxtzor o‘rmonlar vujudga keladi. Muzlik hosil qilgan ulkan suv zahirasi okean va dengiz sathining ko‘tarilishi va kichik suv havzalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Golotsen davrida yer sharining muzligidan chekkada bo‘lgan janubiy qismida issiq va namchil iqlim sharoiti hukm suradi, hatto Saxara cho‘lida yillik yog‘angarchilik mig‘dori 300-400 mm. ni tashkil etgan (hozirgi paytda 6 mm.).
Borrealoldi davrida (mil.avv. 7,5-7,0 ming yilliklar) vujudga kelgan barqaror iqlim yer yuzining tabiat manzarasining o‘zgarishiga olib keladi. Shimolda tundra maydoni qisqarib, qayin, qarag‘ay va qora qarag‘ay daraxtli o‘rmon hududi kengayib boradi. Janubda esa iliq va namchil iqlim sharoitiga xos flora va fauna shakllanadi.
Yer sharining shimoliy qismining hayvonot olami keskin o‘zgaradi. Muzlik oldi hududida yashagan mamont, jundor karkidon va qo‘ybuqa kabi hayvonlarning ko‘pchiligi mezolit davrining boshida qirilib ketgan edi. Qolgan kam sonli qismi esa chekka shimolga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko‘ra mamontlar shimolda Chukotka dengizida joylashgan Vrangel orolida neolit davrigacha jon saqlab, uning so‘nggi vakillari mil. avv. IV ming yillikda butunlay yo‘qolib ketgan.
Muzlik erib tugagandan keyin yer yuzining shimoliy qismida va janubiy tog‘ hududida ot, buqa, sayga, yovvoyi eshak, o‘rmon hududida esa los, bug‘u, cho‘chqa, bo‘ri, tulki va boshqa hayvonlar yashagan. Ayniqsa, qushlar, xususan, ularning suvda yashovchi turi, baliq va dengiz bo‘yi hududida mollyuska ko‘payadi.
Yirik hayvonlarning turi yo‘qolib ketgandan keyin mezolit davri aholisi ovchilikning paleolit davridagi qamal usulidan voz kechishga majbur bo‘lgan. To‘da bo‘lib yashaydigan, kichik jussali, harakatchang hayvonlarni ov qilish uchun ma'lum vositadan foydalanishga zarurat tug‘ilgan. Natijada dastlabki ov moslamasi-o‘q-yoy kashf qilingan. O‘q-yoy yordamida kichik hayvonlar va qushlar oson o‘ljaga olingan.
Yer yuzining janubiy qismida muzlikdan keyingi issiq iqlim sharoitida shakllangan hayvonot va o‘simlik dunyosi ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalikning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratgan. Mezolit davrida mahalliy hududning tabiiy sharoitiga xos ixtisoslashgan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakllari vujudga kelgan. Bunday xo‘jalik shakli dastlab Old Osiyoda va tabiiy shart-sharoitga ko‘ra boshqa yerlarda ham rivojlanadi.
Mezolit davrida yevrosiyoning issiq iqlimli janubi-g‘arbiy o‘lkalarida aholi soni ko‘payib, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojning o‘sib borishi, tabiiy ozuqa zahirasi kamayib ketishiga olib kelgan. Ularni sun'iy ko‘paytirish yo‘lidagi harakat yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish va o‘simliklarni madaniylashtirishga olib keladi. Bunday jarayon dastlab Old Osiyo hududida sodir bo‘lib, qo‘shni hududlarga tarqalgan.
Mezolit davri moddiy madaniyatning tosh qurollariga ishlov berish, uy-joy qurish kabi sohalarida yangi yutuqlarga erishilgan. Tosh quroliga ishlov berishning yangi va mukammal usuli vujudga kelib, ularning turi va soni yanada ko‘payadi.
Tosh qurolining yangi turi mikrolit va makrolitlar paydo bo‘ladi. Mikrolit-(yun. mikros-kichik, litos-tosh) kichik tosh qurollari geometrik (sigment, trapetsiya va uchburchak) shaklga ega bo‘lib, o‘lchami 2-3 sm. ni tashkil etgan. Yog‘ochga qotirilgan mikrolitlardan o‘simliklarni o‘rib olishda o‘roq sifatida foydalanilgan. Mikrolitlar kamon o‘qining uchi-paykon vazifasini bajargan. Makrolit (yun. makros-katta, litos-tosh) tosh quroli, ya'ni tosh boltaning ahamiyati o‘rmon hududida yuqori bo‘lgan.
Mikrolitlar dastlab yevrosiyoning janubiy o‘lkalarida vujudga keladi, shimolda esa biroz kechroq tarqalib, mezolitda so‘nggi paleolit davridagi plastinkasimon (paraxasimon) tosh bo‘lagidan yasalgan qurollardan foydalanish an'anasi saqlanib qoladi.

1.2 O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari


Hozirgi paytda O'rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortiq yodgorliklar aniqlanib, ular madaniy qatlamga ega makonlar va terma moddiy manbalarga ega manzillardan iborat. Ular gor, ochiq joy makonlar va mavsumiy manzillardan iborat bo'lib, pasttekisliklardan tortib baland tog tizmalariga qadar bo'lgan hududlarda keng tarqalgan. Ularning davriy sanasi nisbatan yaxshi o'rganilgan Yaqin Sharq hududi yodgorliklariga solishtirish va radiokarbon usulidagi tekshirishlar asosida mil avv. XII-VII\VI ming yilliklar doirasida sanaladi. Bu erda mezolit davriga oid barcha turdagi yodgorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olimlar ularni madaniyatlar, madaniyat majmualari (komplekslar) va variantlarga ajratib o'rganishga harakat qilishgan. Arxeolog olima G.F.Korobkova Kaspiy dengizining sharqiy hududlaridagi mezolit davriga oid arxeologik yodgorliklarini tosh qurollariga ishlov berishning turli usullariga asoslanib, Balxanbo'yi va Zarzi alomatlariga ega bo'lgan Sharqiy Kaspiybo'yi guruhlarini ajratib ko'rsatadi. Shuningdek, olima Markaziy Fargona hududi yodgorliklarini ham ikki guruhga: tekislik (Fargona) va gor-makon (Obishir) variantlari yoki madaniy majmualariga ajratgan. Gor-makon variantini Obishir varianti nomi bilan ilk bosqichiga, tekislikdagi yodgorliklarni esa Fargona varianti nomi bilan rivojlangan bosqichiga ajratgan. Akademik O'.I.Islomov esa ularni umumiy Obishir madaniyati, nomi bilan yuritish kerakligini taklif etadi. Shuningdek, arxeolog olim Qo'shilish va Machay gor makonlarida amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari natijalariga asoslanib, Toshkent va Surxondaryo hududlarini ham alohida arxeologik majmualar sifatida qayd etadi.
Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan mezolit davri arxeologik yodgorliklarida uzoq yillar tadqiqot ishlarini olib borgan arxeologik olim V.A.Ranov tekislikda Vaxsh, Pomir togi hududida Markansuv madaniyatlari tarqalganligi togrisidagi fikrni ilgari suradi. Tekislikdagi yodgorliklar toshga ishlov berish usullariga ko'ra to'rtta (1-4) madaniy majmua, togdagi yodgorliklar Markasuv va Istiq majmualariga ajratilgan.
Bulardan tashqari Markaziy Qizilqumda Varobeva tomonidan Lavlakon, Samarqand vohasida M.Jo'raqulov tomonidan mezolitning so'nggi bosqichiga oid Sazagon madaniyatlarining faoliyat yuritganligi togrisidagi fikrlar ilgari surilgan.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'rta Osiyoning mezolit davriga oid ayrim yodgorliklarini alohida madaniyatlar, madaniy komplekslar va variantlarga ajratish hamda ularning davrni belgilashda qollanilgan sanalar masalasiga G.F.Korobkova tanqidiy yondashadi. Olimaning fikrlariga ko'ra birinchidan, stratigrafik jihatdan o'rganilgan yodgorliklar soni kamchilikni tashkil etishi va arxeologik qazishma ishlari olib borilgan yodgorliklarning ko'pchiligida radiokarbon tekshirishlarining amalga oshirilmaganligi ular mezolit davri bosqichlari va sanasi bilan bogliq masalalarni toliq hal etish imkoniyatini bermasligi togrisidagi fikrni ilgari suradi. Keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra mezolit davri yodgorliklarini K.Flannenri hamda F.Xoullar tasnifiga mos ravishda uch tipga ajratish mumkin7:
1. Mavsumiy, asosiy lagerlar;
2. Ovchilik o`ljasini taqsimlash uchun qarorgohlar;
3. Qisqa muddatli oraliq makonlar
Birinchi tipdagi yodgorliklardan turli xil ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan ko`plab mehnat qurollarini topilgan. Ikkinchi tipdagi yodgorliklar ov qilish va o`lja mahsulotini etini tozalsh, taqsimlashga mo`ljallangan maxsus qurollar to`plami bilan cheklanadi. Uchinchi tip qurollari birinchi tipdagilarga o`xshash bo`lsada, lekin tosh buyumlar soni ancha kam uchrashi bilan xarakterlanadi8.



Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin