Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi


-Bob. O'rta Osiyoning mezolit davri arxeologik yodgorliklari



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə4/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

2-Bob. O'rta Osiyoning mezolit davri arxeologik yodgorliklari
2.1. O`zbekiston hududidagi mezolit davri arxeologik yodgorliklari
Ustyurt platosida mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini birinchi bo‘lib Ye.B.Bijanov o‘z tadqiqotlarida yoritib bergan9. Ustyurtdagi bu davr yodgorliklarining dastlabki madaniy-davriy interpretasiyasi ham aynan Ye.B.Bijanov tomonidan amalga oshirilgan. Shuning bilan birga, stratigrafiyalashgan yodgorliklarning va bu industriyalar uchun qilingan tip-varaqalarning yo‘qligi ularning madaniy xosliklari, nisbiy va absolyut sanalash, davrlashtirish, genezisi, taraqqiyot yo‘llari, madaniy hamda genetic aloqalari kabi qator muhim masalalarni yechish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham Ustyurt mezolitini o‘rganishda noaniqliklar, munozaralar mavjud. Masalan, tadqiqotchilar tomonidan mezolit davrigagina xos deb hisoblangan yodgorliklarni alohida olib qaraylik. Bu borada biz bir xil fikrni topa olmaymiz. Ye.B.Bijanovning fikriga ko‘ra, Aydabol 16, 25 makonlarini, Aydobol 6, 9, 11, 21, 22 larni aniq mezolit davriga va Jarinquduq topilma joylarini esa shartli ravishda mezolit davriga oid, deyish mumkin. Aktaylak 1 (1 to‘plam), Aktobe 2, Churuk 2 (1 va 2 to‘plami), Churuk 7, Sulama, Churuk 3 (2 to‘plami) manzilgohlari Ye.B. Bijanov tomonidan so‘nggi mezolit10 yoki ilk neolit davrlari bilan sanalangan. Aktaylak va Aydabol yodgorliklarini sanalashga A.V.Vinogradov ehtiyotkorlik bilan yondoshadi11, biroq, unda gap qaysi to‘plam haqida borayotganini tushunish qiyin. Fikrimizcha, mezolitdan neolitga o‘tish davriga yuqorida Ye.B. Bijanov ta'kidlagan yodgorliklar qatoriga Aktobe 2, Churuk 2 (1 va 2 to‘plamlar), Churuk 7 lardan tashqari, Sumbetimer 1, Kosxatin 2, Kiysiksingrav 2 (11 to‘plam), Aydabol 7, 10, 12, 14, 15, 20 va 23manzilgohlarini ham kiritish mumkin.
Ustyurtdagi mezolit davri yodgorliklariga katta foizli mikrolit elementli
plastinkasimon chaqmoqlash texnikasida ishlangan buyumlar xarakterlidir. Ikkilamchi ishlov berishda ko‘pincha o‘tmaslashtiruvchi retush qo‘llanilgan. Poyanaksimon paykonlar ishlab chiqarilgan. qirg‘ichchalar, kesgichlar ko‘plab uchraydi. Shuningdek, bu yodgorliklarda chig‘anoqlardan ishlangan taqinchoqlarni ham uchratish mumkin.
Ustyurt mezolit davri yodgorliklarining kelib chiqishi (madaniy xosligi) hali ma'lum emas. Ye.B.Bijanovning fikricha, Ustyurtda Kaspiybo‘yi va Janubiy Ural mezoliti ta'sirida shakllangan aralash hamda o‘ziga xos mahalliy madaniyatlar shakllangan12. Isbot sifatida u Ural hamda Kaspiybo‘yi yodgorliklaridagi va Ustyurtdagi trapesiyalarning o‘xshashligini misol keltiradi. Bir vaqtning o‘zida Ye.B. Bijanov, tafovutlar haqida ham to‘xtaladi va Ustyurt mezolitining o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib, bu yerning o‘rta tosh davri yodgorliklarini mahalliy Yesen 2 va Churuk 12 kabi paleolit makonlaridan o‘sib chiqqanligi haqida fikr yuritadi13. Biroq, trapesiyalarning Ustyurtda, Uralda, Kaspiy bo‘yida va hatto Yevropa mezolit davri yodgorliklarida uchrashi qonuniyat bo‘lib, taqqoslash uchun va umuman madaniy genezislar uchun ularni asos qilib olish yetarli dalil emas 14.
Umuman, Ustyurtda mezolit davrini madaniyatlariga ajratishga hozircha vaqtli. Buning uchun stratigrafiyalashgan yodgorliklar va ular industriyalarining aniq tipologiyasi hamda tip-varaqalari, qurollar tiplarining foiz nisbatlari, absolyut sanalash ishlari kabi muammolar hal etilishi lozim. Ustyurtdagi mezolit davri aholisining xo‘jaligi haqida trassologik ma'lumotlar guvohlik beradi va u asosan o‘zlashtiruvchi xarakterga egaligi aniqlangan. Aholining asosiy mashg‘uloti ovchilik va terimchilik bo‘lgan. Uy xo‘jaligida teriga, suyakka va yog‘ochga ishlov berish katta o‘rin tutgan. Ustyurt mezoliti davri aholisi qo‘shni hududlar bilan doimiy madaniy aloqada bo‘lgan va keyingi mahalliy neolit davri taraqqiyotining shakllanishida muhim rol o‘ynagan.15

Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin