Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə14/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

Ultramart uslubi. Ultramart yili mart yilidan o'n ikki oy kattadir. Shuning uchun yilni hisoblashda quyidagi formuladan foydalanamiz:
D=B -5509 + a,
Sentabr uslubi. Sentabr yili yanvar yilidan to'rt oy katta va ultmniml yilidan olti oy orqada qoladi. Bunda ham
D=B-5509+ a
formuladan foydalanamiz, bunda a - sentabrdan dekabrgacha nolga, yanvardan avgustgacha 1 ga tengdir.
«Dunyoning paydo bo'lish» erasining 7000-yilidan keyin yozilgan manba va hujjatlarda yildagi ming tushirib qoldirilgan. Masalan, 7136-yilni yozish kerak bo'lsa, 136 yil tarzida berilgan.
Rusda Yulian kalendari kirib kelishi bilan yetti kunlik haftadan ham foydalaniladigan bo'ldi. Rusda haftalar yaxlit holda «sedmitsu» deb atalgan. XVI asrgacha zamonaviy yakshanba «nedelya» (ish yo'q kun ma'nosida) deb atalgan. Bugungi «voskresen'e» atamasi birinchi marta X asr oxirlarida kirib keldi. XVI asrga kelib, «voskresen'e» atamasi hafta « kunlarining birining nomi sifatida qo’llanila boshladi. Natijada «nedelya» esa «sedmitsa» - hafta ma'nosida ishlatiladigan bo'ldi. Haftaning nomlari ularning o'rniga qarab, ponedelnik - nedelya(voskresene)dan keyingi klin, «vtornik» - nedelyadan keyingi ikkinchi kun, «sreda» - sedmitsaning o"rtasi, «chetverg» - nedelyadan keyingi to'rtinchi kun, «pyatnitsa» -nedelyadan keyingi beshinchi kun degan ma'nolarni bildirgan. «Subbota» atamasi yuqoridagilardan mustasno tarzda qadimgi yahudiy tilidagi «sabat» (shabat) so'zidan (ishning yakuni ma'nosini bildiradi) kelib chiqqan.
Qadimgi Rusda XIII asrgacha sutka atamasi vaqtning o'lchovi sifatida ishlatilgan. Sutka ikkiga, ya'ni yorug' va qorong'u qismga bo'lingan. Yangi kunni tongdan boshlab hisoblaganlar. 1722-yildan Rossiyada yangi kun kechasi soat 24.00 dan keyin boshlanadigan bo'ladi. XII asrda rusda soatlar minut (chases) va sekundlarga bo'lingan. Bir soat 60 «chases»ga, har bir «chases» esa 47-60 sekundga bo'lingan.
Kiyev Rusida Rim kalendari mashhur bo’lgan. Ular Yulian kalendarini qabul qilgunga qadar Oy-quyosh kalendaridan foydalanganlar. Qadimgi Rus solnoma, yilnomalarining yozilishida Konstantinopol patriarxi Nikifor (758-828)ning mehnati beqiyos. Uning «Xronografika» asarida jahon tarixidagi asosiy voqealarning xronologik jadvali berilgan.12
Rossiyada XVII asrda Pyotr I ning kalendar islohoti yilni hisoblashda katta ahamiyat kasb etdi. Pyotr I 19-dekabr 7208 (1699)-yilda kalendarni isloh qilish to'g'risida farmon berdi. Unda yilning va eraning boshi masalalari ko'riladi. Natijada, Rossiyada yilning boshi birinchi yanvar qilib belgilanadi va «Isoning tug'ilishi» erasi qabul qilinadi. Pyotr I 1699-yil 20-dekabrda «Yangi yilni nishonlash» to'g'risida farmon beradi. Farmonga ko'ra, Yangi yil tantanali ravishda nishonlanishi zarur edi. Shu kundan boshlab, Rossiyada birinchi yanvarni Yangi yil sifatida bayram qilishadigan bo'ldi. Archa esa uning ramziga aylandi.
Rossiyani XVIII asrgacha Yulian kalendari to'liq qanoatlantirardi. Lekin XIX asr boshlariga kelib, G'arbiy Evropa davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi yagona umumevropa kalendari bo'lgan Grigoriy kalendarini qabul qilish zaruratini yuzaga keltirdi.
XIX asrda Grigoriy kalendarini qabul qilishga bir necha bor urinib ko'rildi. XIX asrning 20-yillari oxirida Fanlar Akademiyasida maxsus guruh shu masalani tahlil qilib chiqdi va Rossiyada Grigoriy kalendarini qabul qilish zarur degan xulosaga kelindi. Ammo Fanlar Akademiyasining bu taklifi Xalq ta'limi vaziri knyaz KALENDARA. Livenning qarshiligiga uchradi. KALENDARA Livenni podsho qo'llab-quvvatlaydi va Yulian kalendarini isloh qilish masalasi qolib ketdi. 1860-yilda Rossiya hukumatiga Berlin astronomlar jamiyati murojaat qilib, Grigoriy kalendarini qabul qilishga chaqiradi. Endi bunga cherkov qattiq qarshilik qiladi. Cherkov Grigoriy kalendarini «lotin bid'ati» hisoblardi. Kalendar masalasi 1863-yilda yana Xalqaro Statistik Kengashda ko'rib chiqiladi. Ular Rossiyaga Grigoriy kalendarini emas, balki Derpt (Tartu) universiteti professori astronom I.G. Medler (1794-1874) kalendarini taklif qiladi. Lekin ushbu yangi variantdagi kalendarni qabul qilishga qarshi kompaniya keng avj olib ketadi. Matbuot va cherkov bunga boshchilik qiladi. Natijada mazkur loyiha Run tartibidan chiqarib tashlanadi.
Yulian kalendarini isloh qilish masalasi XIX asr oxirlariga kelib yana ko'tariladi. 1899 yilda Rus Astronomlar Jamiyatida maxsus guruh tropik yilga mos keladigan yangi kalendar ustida ish olib boradi. Mazkur guruhda mashhur rus olimi kimyogar D.I. Mendeleyev faol ishtirok etadi. Lekin, bu gal ham kalendar islohoti amaiga oshirilmay qoladi va Rossiyada 1918-yilgacha Yulian kalendari amalda bo'ldi.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin