Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari


II. SEMINAR MASHG’ULOTLARI…………………………………...85



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə2/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

II. SEMINAR MASHG’ULOTLARI…………………………………...85
III. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR………………….91
IV. GLOSSARIY………………………………………………………….94
V. TA’LIM NATIJALARI……………………………………………….96
VI. TAVSIYA ETILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………...99
VII. O‘TILGAN MAVZULAR YUZASIDAN TEST SAVOLLARI...100
I. MA’RUZALAR MATNI


1-mavzu: Xronologiya fanining vujudga kelishi va va uning rivojlanish tarixi
Reja:

  1. Xronologiya - vaqt to‘g‘risidagi fan. Tarixiy va astronomik xronologiya.

  2. Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti.

  3. O‘rta Osiyo olimlarining xronologiya fani rivojlanishigan qo‘shgan hissasi.

Tayanch so’zlar:


Xronologiya,Tarixiy va astronomik xronologiya, Mark Terensiy Varron, kalendar, Soniya, Daqiqa, Soat, Kecha, Kunduz, Sutka, Hafta, Oy, Yil, Asr, Era, Eratosfen, Kalipp, Gipparx, Varron, Senzorin, Ptolomey, Makrobiy, Sozigen, Dionisiy, Beruniy,Vaqt hisobi va yil boshi, Umar Xayyom, Ulug'beKalendar
Vaqt, quyosh, sutka, yulduz, oy, yer, siderik oy, sinodik oy, grinvich meridiani, hafta, soat.
1.1 Xronologiya - vaqt to'g'risidagi fan.Yordamchi tarix fani sifatida xronologiyaning predmeti va vazifalari. Insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonuniy jarayonlarini tiklash sohasidagi ishlarning asosiy shartlaridan biri bu tarixiy voqealarni aniq sanalashdir. Tarixiy fanlar taraqqiyotining eng boshlang'ich davrlarida bu masalaga katta ahamiyat bermaganlar, faqat manbalarda uchragan ma'lumotlarni haqiqiy deb hisoblaganlar, bordi-yu ular eski hisob sistemasida berilgan bo’lsa, ular taxminiy hozirgi zamon sanoq sistemasiga aylantirishgan.
Keyinroq shu aniqlandiki, voqealarni aniq sanalash oson ish emas ekan.Har bir xalqda o’z kalendar sistemasidan tashqari yil hisobining boshlang'ich nuqtasi ham bo’lgan.Manbalarda aks ettirilgan sanalarni Hozirgi zamon vaqti hisobiga aylantirish uchun katta ishlar qilingan. Mana shu murakkab vazifani amalga oshirish uchun yordamchi tarix fani - xronologiya paydo bo’ldi. Xronologiya-vaqt to'g'risidagi fan.
Xronologiya ikkiga bo’linadi: matematik (astronomik) va tarixiy xronologiya. Astronomik xronologiya osmon jismlari harakatini hisoblab aniq astronomik vaqt o’rnatiladi. Uning asosida soniya, daqiqa, soat, kech,kunduz, sutka, xafta, oy, yillar, asr, eralar bilan hisoblaydi. Vaqtni hisoblash calendar (taqvim) lar asosida hisoblanadi. Tarixiy xronologiya tarixiy taraqqiyot davomida vaqtni hisoblash sistemasini o'rganadi, ularning o'zaro bog'liqligini, vaqtlarni bir hisob sistemasidan ikkinchisiga aylantirish uslublarini ishlab chiqadi. Tarixiy xronologiya yuqoridagi hisoblash sistemasidan tarixiy vaqtlarni hisoblashda amalda foydalanadi va tarixiy manbalardagi sanalarning aniqligini tarixiy tahlil qiladi.Insoniyatning xo'jalik hayotidagi ehtiyoji vaqtni hisoblash zaruratini yuzaga keltirdi. Tarixiy voqealar sanalari haqidagi to’g’ri va noto’g'ri ma'lumotlarni o’zida talqin etgan manbalar tarixiy xronologiyaning ob'yekti hisoblanadi.
Bu ilmiy fanning predmeti bo’lib, u yoki bu shaklda berilgan sana axboroti xizmat qiladi. Shu axborotlarga asoslanib, xronolgiya ma'lumotlari va uslublarini qo’llab, olimlar tarixiy faktlar va xujjatlarning paydo bo’lish vaqtini aniqlaydilar. Buning uchun esa har bir xalq yoki davlatning u yoki bu davr (tarixiy davr) dagi vaqt sanog'i kelib chiqishi va xususiyatlarini bilish zarur.Tarixiy xronologiya o’z oldiga ikki vazifani qo`yadi: nazariy va amaliy.
Birinchi vazifa shundan iboratki, tarixiy taraqqiyotda vaqt sanoq sistemasini o’rganish, hamda ular o’zaro munosabatni o’rnatish va bir xronologik sanadan ikkinchisiga o’tish prinsiplarini ishlab chiqishdir. Ikkinchisi shundan iboratki, yuqorida qayd etilganlarni amalga oshirish uchun voqealar sanasini hozirgi zamon erasiga va umumiy qabul qilingan yil sanoq sistemasiga ko’chirish orqali tarixiy voqealar sanasini tavsiflash va aniqlik kiritishdan iboratdir. Xronologiyaning asta-sekin taraqqiy eta borishi natijasida uning vazifalari ham ancha kengayadi; olimlar uning ma'lumotlari va uslublaridan manbashunoslik va tarixiy muammolarga doir masalalarni hal etishda foydalanmoqda.
Yordamchi tarix fanlar orasida xronologiya muhim fanlardan biri hisoblanadi, chunki tarixning istalgan bir bo’lagini o’rganishning asosiy sharti voqealar ketma-ketligi va sanani aniqlash ilmini o’rganishdir. Xronologiya uslublariga tayanib, tarixchi tarixiy xujjatlar va raqamlarning aniq sanasini o’rnatadi. Bu vazifani to’g’ri yechish uchun ma'lum bir xalqning u yoki bu tarixiy davr boyicha shakllanishi va o’ziga xos xususiyatlari davrini sanashi bilan zarur. Shuni hisoibga olish kerakki, vaqtni hisoblash masalasini birgina davlat chegarasida ko’rib chiqish jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Dunyo xalqlarining ko’p asrlardan buyon mavjudligi ular o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar kalendar sistemalaridagi ko’pgina elementlarning qo’shilib ketishiga hamda bir xalqning ikkinchi xalq kalendarini o’zlashtirib olishini tezlashtirdi. Bundan tashqari, ko’p millatli davlatlardan vaqt hisobi turli millatlarda turlicha bo’lishi mumkin.
Ba'zi mamlakatlarda kalendar sistemasida quyosh vaqti hisobi hukmron bo’lsa, boshqalarida vaqt hisobi oy taqvimi boyicha olib borilgan. Bu vaqt usullarini o’rganish uchun har bir tarixchi yer shari xalqlarida vaqt hisobi paydo bo’lish va taraqqiy etish jarayoni bilan hamda barcha asosiy kalendar sistemalari bilan tanishuvi lozim.Vaqt va uni hisoinga olish zarurligi haqidagi tasavvur odamlarda qadim zamonlarda xo’jalik hayoti zaruriyati asosida vujudga kelgan. Vaqt hisobi birliklari qilib doimiy takrorlanib turgan tabiat hodisalari olingan. Bular: kun va tundan iborat bo’lgan sutkalar, osmonda oyning paydo bo’lishi, fazalarining almashinuvi, ko’rinmay qolishi, ya'ni oy va yerning quyosh atrofida yillik aylanishi edi. Asta-sekin vaqtni aniqlash ehtiyoji oshgan.
Buning uchun esa osmon jismlari harakatini ko’proq kuzatish zarur edi va bu esa o’z navbatida astronomiya fanining rivojlanishini talab etadi. Shuning bilan birga boshqa masala paydo bo’ladi: ya'ni sutkalar, oylar, yillar o’rtasidagi munosabatni aniqlash kerak edi. Bu masalani yechish uchun murakkab matematik hisob-kitoblarni olib borishga to’g’ri keldi. Natijada qadim zamonlardan amaliy xronologiya sohasida astronomiya va matematik ma'lumotlarning qo’llanila boshlanishi asta-sekin bu bilimlar sistemasini ilmiy fanga aylantira boradi.
Qadimda vaqtni hisoblashda tabiatning doimiy takrorlanib turuvchi hodisasi bo'lgan sutka,tun, kun, Oy fazalarining o'zgarishi, Yerning yillik aylanma harakatidan foydalanilgan. Asta-sekin vaqtni aniq hisoblashga bo'lgan ehtiyoj yuzaga keldi. Buning uchun osmon jismlari harakatini,umuman, astronomiyani bilish zarur edi. Bundan tashqari, yana bir vazifani, kun, oy, yillar o'rtasidagi farqlarni aniqlash zarurati ham tug'ildi.
Buning uchun esa matematik hisob-kitobni puxta bilish lozim edi. Astronomik xronologiya osmon jismlari harakatini hisoblab aniq astronomik vaqt o’rnatadi. Uning asosida soniya, daqiqa, soat, kecha-kunduz, sutka, hafta, oy, yillar, asr, eralar bilan hisoblaydi. Vaqtni hisoblash kalendar (taqvim) lar asosida hisoblanadi Tabiat hodisalarini kuzatish, vaqtni aniqlash uchun qo'llanilgan murakkab matematik hisob-kitoblar xronologiyaning fan sifatida shakllanishiga asossi fatida xizmat qildi. Bobil va Misr kabi qadimgi davlatlarda paydo bo'lgan xronologiya ayniqsa, Qadimgi Gretsiya va Rimda rivojlandi.
Xronologiya bilim sohasi sifatida rivojlanishiga QadimgiGretsiya va Rim olimlari Eratosfen, Kalipp, Gipparx, Varron, Senzorin, Ptolomey ,Makrobiylar katta hissa qo'shganlar Mark Terensiy Varron (eramizgacha 116-27-yillar) ham xronologiya fanining rivojiga katta hissa qo'shgan. U qomusiy olim bo'lib olti yuzga yaqin asarlar muallifidir.
Gipparx (eramizgacha 190-125-yillar) birinchi bo'lib Oyning o'lchamini va undan yergacha bo'lgan masofani aniqlagan. Gipparx shaxsiy kuzatuvlari natijasida Quyosh yilininguzunligini deyarli aniq hisoblab chiqqan (xato 6 minut). Olim o'sha davr uchun ulkanhisoblangan 850 ta yulduzning holati katalogini tuzgan edi.
Klavdiy Ptolemey - mashhur “Almagest” asari muallifi. Bu asar o'rta asrlargachaastronomiyaga oid asarlarning sarasi hisoblangan. Shuningdek, Ptolemey sakkiz kitobdan iborat “Geografiya” asarining muallifi hamdir. Ptolemey kartografik proyeksiyalar nazariyasini ham yaratgan. Ayniqsa, uning “Podshohlarning xronologik jadvali” asari xronologiyaga oid muhim manba hisoblanadi. Varron asarlarining aksariyati xronologiyaga bag'ishlangan.VII asr oxiri VIII asrning birinchi choragida yashagan ingliz monaxi, solnomachi Beda Dostopochtenniy xronologiyaga oid “Dunyoning olti yoshi” nomli asar muallifidir. Uning mazkur asarida xristian erasining asoslari haqida ma'lumot beriladi.
1.2 Yevropada xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. XVI asrda fransuz olimi J. Skaliger tarixiy xronologiyada tizimlashtirishni amalga oshirdi.U yulian uslubidagi solnomalar tahririni ishlab chiqadi.1583-yilda J.Skaliger “Vaqtni hisoblash yuzasidan yangi tadqiqot” nomli asarini e'lon qiladi. 1582-yilda italyan olimlari A. Liliya va I. Danti yangi kalendarni tuzib chiqadi. Bu kalendar tarixda Grigoriy kalendari nomi bilan shuhrat qozonadi. XVII asrda fransuz monaxi D. Petavi ham vaqtni hisoblash yuzasidan tadqiqotlar olib boradi. XVIII asrda Rossiya olimlari ham xronologiya faniga oid ko'plab tadqiqotlar olib borgan. “Rossiya tarixi” kitobining birinchi jildida V.N. Tatishev yozgan maxsus bir bob “Yilning boshida vaqtni hisoblash” deb nomlanadi. Bu davrda M. V. Lomonosov, M.M. Sherbatov, I.N. Boltin va A.L. Shleser xronologiya bilan jiddiy shug'ullandilar. XVIII asrga kelib Yevropada xronologiya mustaqil tarixiy fanga aylandi.
Bunga bir qator angliyalik matematik va astronomlar o'z hissasini qo'shdilar. XVIII asr o'rtalarida lord Chesterfildning tashabbusi bilan mamlakatda Grigoriy kalendari qabul qilindi. 1825-1826-yillarda nemis astronomi X.L. Ideler tomonidan yozilgan ikki jildlik “Matematik va texnik xronologiya”, L. Brossening “Xronologiya texnikasiga doir” (SPb., 1868), F. Kaltenbrunnerning “Grigoriy kalendari islohoti tarixidan” (Vena, 1876), O. YE. Gartmanning “Rim kalendari” (Leypsig., 1882), Y.I. Makdonaldning “Xronologiya va calendar” (London., 1897) asarlari xronologiya fanining taraqqiyotida asosiy o'rinni egalladi. “Rossiya davlati tarixi” kitobining birinchi jildida N.M. Karamzin Qadimgi Rusda yil hisobi to'g'risida ma'lumot beradi. XIX asrning birinchi yarmida V. Shteyngel va KALENDAR Trominlar yilnoma va kalendar masalasini tadqiq qiladi. P.V. Xavskiy Rusda yilnomalar tarixiga oid tadqiqotlar va yulian kalendarini Grigoriy kalendariga taqqoslashga doir xronologik jadvallarni tuzadi.
1850-yilda D.M.Perevoshikovning “Pravoslav cherkovida qabul qilingan vaqtni hisoblash qoidasi” nomli kitobi nashr qilindi. XIX asr oxirlarida D. I. Prozovskiy nasroniylikkacha bo'lgan davrda slavyan-rus vaqt hisobi va Qadimgi Rusda soatni hisoblash asoslarini ishlab chiqdi.
XX asrga kelib xronologiya tarixning asosiy yordamchi fanlaridan biriga aylanadi. Bu davrda Quyosh, Oy-quyosh va Oy kalendarlariga doir tadqiqotlar yuzaga keldi. 1906-1914-yillarda nemis olimi F. Ginsel uch jilddan iborat “Matematik va texnik xronologiya” nomli kitobini yozdi.
Zamonaviy xronologiyaning rivojlanishida E. Meyer (1904), R. Parker (1950) Misr kalendarlari), M.M. Underxil (1921) hindlarda xronologiya fani, M. Maler yahudiy kalendarlari, S.G. Morley (1954) mayya xalqlarida vaqt hisobi, X. Mitsman Rim xronologiyasi (1957), E. Bikerman qadimgi dunyo xronologiyasi (1966), R. Noygebauer, A.E. Shtamp, V. Grumel kabi tadqiqotchilarning xronologiya uslublari va nazariyasiga oid tadqiqotlari katta ahamiyat kasb etdi.
XIX asr oxirlarida Rossiyada Yulian kalendarini isloh qilish bo'yicha maxsus komissiya tuziladi. Unga mashhur olim D. I. Mendeleyev boshchilik qiladi.
XX asr boshlarida xronologiya faniga oid ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi. N. V. Stepanov «Yangi uslub va provaslav pasxasi» (1907) nomli kitobida yangi kalendarga o'tish zaruratini ta'kidlaydi. Olim tomonidan 1909-1915-uillarda rus solnomalari kalendari, Qadimgi Rus yil hisobi, mart va sentabr ultramart uslublari o'rganiladi va tadqiqotlar jamlanib, 1917 yilda “Kalendar-xronologiya ma'lumotnomasi” nashr qilinadi.
1918-yilda Rossiyada Grigoriy kalendari qabul qilinadi.Natijada yangi kalendar sistemasiga oid ko'plab ilmiy-ommabop tadqiqotlar olib boriladi. I.F. Polak “Kalendarning o'zgarishi” (1918) va “Vaqt va kalendar” (1928), O. A. Doblash-Rojdestvenskiy “Insonlar qanday qilib yilni hisoblashni o'rganadilar” (1922),
N.I. Idelson “Kalendar tarixi” (1925), M. Mate, N. Sholkolarning “Hozirgi, o'tmishdagi va kelajakdagi kalendarlar” (1931) kabi asarlari o'sha izlanishlar mevasidir.
1938-yilda kalendar Nikolskiyning “Bizning yil hisobimizning paydo bo'lishi”, 1941-yilda L. Klimovichning «Bayramlar va islom ro'zalari» nomli kitoblari nashr qilinadi. N.G. Berejkovning “XV asrgacha bo'lgan rus solnomalari xronologiyasi” nomli maqolasi va “Rus solnomalari xronologiyasi” (M. 1963) nomli monografiyalari xronologiya faniga oid muhim taqiqotlardan biridir.
Muallif rus solnomalarida mart, sentabr va ultramart uslublarida berilganligini isbotlaydi va rus solnomalari xronologiyasini o'rganishning uslublarini ishlab chiqadi.
1954-1956- yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida yanada mukammal va barcha xalqlar uchun yagona bo'lgan yangi kalendarni yaratish masalasi muhokama qilinadi. Natijada bir qator mamlakatlarda kalendarlarning astronomik asosi va yilni hisoblashning yangi uslublariga oid ilmiy tadqiqotlar yuzaga keladi. Jumladan, G.D. Mamedbeyli (1961), I. A. Orbeli (1961) musulmon yil hisobi, M.R. Rahimov tojiklarda yil hisobi (1957) va G. Mcherlidze qadimgi gruzin yil hisobi bo'yicha tadqiqotlar olib boradilar.
1.3.O'rta Osiyo olimlarining xronologiya fani rivojlanishiga qo'shgan hissasi. O’rta asrlarda xronologiyaning rivojlanishiga O’rta Osiyolik olimlar Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850, Ahmad al-Farg’oniy (797-865), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Umar Xayyom (1048-1131) va Mirzo Ulugbek (1394-1449) katta hissa q o’shdi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmda tug‘ilgan bo‘lib, o‘qish va yozishni mahalliy madrasada o‘rganadi. U o‘z ona tili bilan bir qatorda fors, arab, hatto qadimiy yahudiy tilini ham o‘rganadi. Xalifa Xorun ar-Rashidning ikkinchi o‘g‘li Abdulloh al-Ma‘mun ilmga o‘ch va zukko hukmdor bo‘lib, 849-yilda qobilyatli olimlarni Bag‘doddagi -Bayt-ul hikma (Hikmatlar uyiga to‘playdi. Al-Xorazmiy tez orada astranomiya, matematika, geometriya, geografiya jabhasida shuhrat qozonadi.-Bayt-ul hikmadagi kutubxonaga, observatoriyaga, ilmiy tekshirish, tajribalar o‘tkazish ishlariga rahbarlik qiladi. 829 yilda Yahyo ibn Abu Mansur vafotidan keyin Muhammad al-Xorazmiy-Bayt-ul hikmaga mudir etib tayinlanadi. Hozirgi zamon algebrasining otasi Al-Xorazmiyning 20 dan ortiq asarlaridan 14 tasi bizgacha ma‘lum bo‘lib, buyuk olim nafaqat o‘lchovshunoslik sohasida, xronologiya fani sohasida ham beqiyos ishlarni amalga oshirdi. Shu jumladan tarixiy manbalarda Yahudiylarning Kalendari va bayramlarini aniqlash haqida risola ham yozgan. Kitobning arabcha nusxasi Patnadagi (Hindiston Bankinur kutubxonasida saqlanmoqda1.
Rus akademigi I.Y.Krachkovskiy al-Xorazmiy haqida - Xorazmiyning astranomik jadvallari G‘arbiy Evropadagi astranomik asarlar uchun asos vazifasini o‘tadi, - deb yozgan edi. Xorazmiyning Quyosh soatlari to'g'risida risolala asari ham o'lchash sohasiga oiddir. Rus arxeolog olimi C. Tolstov so‘zi bilan aytganda: -Xorazmiy o‘z asarlari bilan Sharq va Evropa riyoziyot ilmiga asos soldi2.
Ahmad al-Farg'oniy. Ahmad al-Farg'oniy ilmi-hay'at (falakiyotshunoslik - astronomiya, riyoziyot - matematika) va jo'g'rofiya (geografiya) fanlari bilan shug'ullandi hamda qator ilmiy asarlar yozib qoldirdi. Ahmad al-Farg'oniy al-Ma'mun topshirig'iga binoan Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va ularni aniqlash, yangicha “zij” yaratish ishlariga rahbarlik qildi.
Ahmad al-Farg'oniyning “Kitob al-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum” (Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi) asari astronomik asar hisoblanadi. Bu asar “Astronomiya asoslari haqidagi kitob” nomi bilan ma'lum bo'lib, 1145-1175-uillardan Yevropada lotin tiliga tarjima etilgan
Olim “Alfraganus” nomi bilan G'arbda shuhrat topadi. Uning mazkur asaridan asrlar davomida Yevropa universitetlarida asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasining astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo'lgan bilimlarini o'z ichiga olgan edi.
Ahmad al-Farg'oniyning “Yerdagi ma'lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” asari ham mashhur. Asarda Yerning yumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda ko'tarilishi, tutilishi va bu tutilishlar har bir joyda turlicha ko'rinishi, masofalar o'zgarishi bilan ularning ko'rinishi ham o'zgarishi haqida qimmatli mulohazalar bildiriladi.
Abu Rayhon Beruniy. Xronologiya fani rivojiga katta hissa Q o’shgan o’rta asrning buyuk olimlaridan biridir.Beruniy o’z zamonasining hamma fanlarini egallagan buyuk ensiklopedist olim. Rus akademigi I.Y.Krachkovskiy s o’zi bilan aytganda, Beruniyning bilgan narsalaridan ko‘ra bilmagan sohalarni sanab chiqish osonroqdir.
Beruniy 973 yil 4-sentabrda (Hijriy 362 yili 3 zulxijjada janubiy Xorazmning Kat (Hozirgi Beruniy shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqish qobiliyati kuchli bolib, o’z zamonasining mashhur olimi, o’ sha davrda ―Ptolomey laqabini olgan Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo’lida ta‘lim oladi. 1004 - yildan boshlab Gurganchda ―Dorul hikma va maorif nomini olgan ilmiy muassasa to’la shakllanib, Beruniy bu akademiyada 1017- yilgacha ishlagan. Abu Rayhon Beruniy 152 ta asar yozgan, shulardan 30 tasi bizgacha yetib kelgan.
1017 yilda Xorazm saltanati Mahmud G‘aznaviy tomonidan zabt etilgach, Ma‘mun akademiyasi tarqatilib, Beruniy bir qancha olimlar bilan G‘azna shahriga olib ketiladi. U umrining oxirigacha shu yerda yashab ijod qiladi va 1048 yil 13 dekabr (hijriy 440 yil 3 rajab oyida shu yerda vafot etdi.
Abu Raynon Beruniyning birinchi yirik asari ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar kitobidir. Asarning arabcha nomi ―Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya bo’lib, Yevropada xronologiya, o’zbek sharqshunosligida ―Osor al-boqiya nomi bilan mashhurdir. Beruniy bu asarni 27 yoshida 1000 yilda yozib tamomlagan. Asar arab tilida yozilgan bo’lib, bu kitobni birinchi marta Yevropaga tanishtirgan, 1879 yili ingliz tiliga tarjima qilgan kishi mashhur nemis olimi Eduard Zaxau (1845-1930y) edi. Yodgorliklar deb ham atalgan ushbu asarda Beruniy oziga ma‘lum bo’lgan xalqlarning: yunonlar, rimliklar, eroniylar, s o’g‘diylar, xorazmliklar, harroniylar (yulduzga topinuvchilar, qibtiylar (misrliklar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha bo’lgan arablar va musulmonlarning yil hisoblari, xayitlari va mashhur kishilarini mufassal tasvirlab beradi. Asarda astronomiya va matematikaning k o’p masalalari yoritib berilgan. Beruniy musulmon olimlari ichida birinchi marta yahudiylar kalendari haqida ham ma‘lumot beradi. ―Osor al –boqiya chulg‘ab olgan masalalar bular bilan chegaralanib qolmaydi. Unda juda ko’p tarixiy voqealar, turli millat va dinlarga oid muhim ma‘lumotlar, payg‘ambarlar va sohta payg‘ambarlar, podshohlar, mashhur tarixiy shaxslar va olimlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Abu Rayhon Beruniy Misr kalendariga ham to'xtalib o'tgan. U Misr kalendaridagi eski va yangi oy nomlarini o'z asarida berib o'tadi. Misrliklar qo'shimcha besh kunni «abag'amno» (kichik oy), kabisali yilni esa «anqnaqt» (alomat) deb ataganlar. Qo'shimcha kun so'nggi «musriy» oyining oxiriga qo'shilgan. Abu Rayhon Beruniy «Shom mamlakati» (Suriya) kalendaridagi o'n ikki oy nomlari va to'rt yilda bir marta beshinchi (shubat) oyga bir kun qo'shib hisoblashlari haqida yozadi. Bu manbaga ko'ra «Shom mamlakati» kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham «dala ishlariga tegishli vaqtlarni» shu oylar bilan belgilar ekan.
Osor al-boqiyada ham har xil davrda hukm surgan turli podshohliklar va sulolalarning juda k o’p jadvallari kiritilgan: makedoniyalik batlimuslar (ptolomeylar, rum, xristian, qadimgi eron, sosoniylar sulolasi podshohlari, arab xalifalari (ummaviylar va abbosiylar kabi.Mazkur jadvallar shunday aniq manbalardan olinganki, podshohlarning hukmronlik qilgan davrlari deyarli to’g‘ri ko’rsatilib, ular boshqa tarixiy kitoblar bilan solishtirish natijasida to’la isbot etilgan. Beruniy o’z asarida turli xalqlardagi yil hisoblari, ularning urf-odatlari ustida t o’xtar ekan, o’rta o’siyo xalqlari madaniyatini vuqori qoyadi.
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asaridan turkiy xalqlar o’n ikki hayvon nomi bilan ataluvchi muchal kalendari va ularning nomlari haqida ham ma‘lumot olish mumkin. Beruniy Misr kalendariga ham t o’xtalib o’tib, kalendardagi eski va yangi oy nomlarini o’z asarida ta‘kidlab o’tadi. Misrliklar q o’shimcha besh kunni abag’amno (kichik oy, kabisali yilni esa ―anqnaqt (alomat deb ataganlar.
Qo’shimcha kun so’ngi ―musriy oyining oxiriga qo’shilgan. Beruniy ―Shom mamlakati (Suriya kalendaridagi o’n ikki oy nomlari va to’rt yilda bir marta beshinchi (shubat oyga bir kun qo’shib hisoblashlari haqida yozadi. Bu manbaga ko’ra ―Shom mamlakati kalendaridagi oy nomlari keng tarqalgan, hatto arablar ham ―dala ishlariga tegishli vaqtlarni shu oylar bilan belgilar ekan.
―Osor al-boqiyani 1957 yilda arabshunos olim M.A.Sal‘e birinchi marta rus tiliga tarjima qiladi.
Abu Rayhon Beruniy ―Qonuni Mas‘udiy asarida qadimgi arab kalendaridagi o’n ikkita oy nomini keltiradi, lekin ularning faqat ikkitasining lug‗aviy ma‘nosini berib o’tadi. ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklarda zamonaviy arab kalendaridagi o’n ikkita oy va yetti hafta kunining nomi va o’z ta‘riflari ham keltiriladi. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, arablar yahudiylardan yilga qo’shimcha oy qo’shishni o’rganganlar va bu oyni ―ayyom an-nasi deb ataganlar.
Abu Rayhon Beruniy o’z asarida milodiy yil hisobiga ham to’xtalib o’tadi. U mazkur kalendarni ―rumiy kalendari deb ataydi va kalendarga birinchi marta kabisa yilini Yuliy Sezar kiritgan, deb yozadi. Olim milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi.―Qonuni Mas‘udiy asarining ikkinchi kitobi xronologiya masalalariga bag’ishlangan bo’lib, unda Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida ko’rilgan masalalar to’ldirilib, davom ettiriladi. Asarda Eron, Bobil, Rum podshohi va arab xalifalari hukmronlik qilgan yillarining xronologik jadvallari keltirilib, ularning nomlari yunoncha transkripsiyada berilgan. Shuningdek, mazkur asarda insoniyat tomonidan qo’llanilgan eralar, jumladan, Yazdigard, Iskandar, Filipp, ―Buxtunassar (Nabonassar erasini aniqlash masalalari xususida ham so’z boradi.
Abu Rayhon Beruniyning ―Hindiston asarida bu o’lkada yashovchi xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bog’liq astronomiyasi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, olim burjlar, oy fazalarining o’zgarishi, hind eralari, Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter davriyligi nomlarini keltirib o’tgan. Arab sayohi va geografi Yoqut al-Hamaviy (XIII asr) Beruniy haqida : ―Zamona ilm va aqlda unga teng keladigan boshqa odamni ko‘rmadi- deb yozgan bo‘lsa, nemis olimi E. Zaxau esa ― U arab adabiyoti okeanida yagona qoyadir deb bejiz yuqori baho bermagan edi. Darhaqiqat qomusshunos olim ―Hindiston asarini yozib insoniyatning buyuk mutafakkirlaridan biriga aylandi3.
Shu o‘rinda Abu Rayhon Beruniyning byuk xizmatlari bashariyat tomonidan e‘tirof etilsada, Xronologiya fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, kalendarlar tarixi bo‘yicha yozib qoldirgan ma‘lumotlari dunyo tarixchi olimlarining Xronologiya faniga oid o‘quv qo‘llanmalari, manbalarida qayd etilmagani kishini taajjubga soladi. Vaholanki Abu Rayhon Beruniy rus akademigi I. Y. Krachkovskiy ta‘kidlaganidek musulmon olimlari ichida birinchi marta yahudiylar kalendari haqida sistemali ma‘lumot beradi4
Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida bu o'lkada yashovchi xalqlarning urf-odatlari, geografiyasi va u bilan bog'liq astronomiyasi ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, olim burjlar, oy fazalarining o'zgarishi, hind eralari, Oy va Quyosh kalendarlari va oltmish yillik Yupiter davriyligi nomlarini keltirib o'tgan.
Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan biri bo'lgan Isfaxon rasadxonasini 1076-yili Umar Xayyomning iltimosiga ko'ra Malikshoh qurdirgan edi.Olim bu rasadxonada olib borilgan ko'p yillik kuzatishlari natijasida o'zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi.Umar Xayyomning xronologiya faniga qo'shgan katta hissasi kalendar islohotiga tegishlidir.
Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro'zga, bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo'llanib kelingan mashhur Yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendarning kabisa yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko'ra har o'ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari huddi Yulian kalendaridek yetti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so'ng emas, to'rt yildan so'ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo'ldi. Natijada, Umar Xayyom tuzgan kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo'ldi. Ayni vaqtda Umar Xayyom kalendarining xatoligi aniqlangan bo'lib, u 19,5 sekundni tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yildagina bir sutkani tashkil qiladi.
Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi.
Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079-yil (hijriy qamariy 471-yil)da qabul qilindi. Umar Xayyom kalendari Eronda XIX asrning o'rtalariga qadar qo'llanilgan.Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga “Jaloliy kalendari” ham deb yuritilgan.
Umar Xayyomning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari “Navro'znoma”dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi batafsil bayon qilinadi. Navro'z kunining qanday belgilangani, bayram qanday nishonlangani to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi hamda oy nomlarining lug'aviy ma'nosi ham beriladi.
Mirzo Ulug'beKalendar Mirzo Ulug'bek “Ziji Ko'ragoniy” asarida vaqtni hisoblash masalalariga to'xtalib o'tgan.Olim yil hisobining sharq xalqlari qabul qilgan usullarini bayon etib, «yunon, malikiy, xitoy va uyg'ur eralari» hamda ular orasidagi farq, mazkur eralardagi bayram kunlari to'g'risida batafsil ma'lumot beradi. Hijriy-qamariy kalendardagi arab davriyligi, yil boshi va oy madhallarini aniqlash jadvallarini va formulalarini ko'rsatib o'tadi.
Yevropada Mirzo Ulug'bek va Nasiriddin Tusiyning yulduzlar jadvali katologi 1648-yilda Oksford universiteti astronomi Jon Grivas tomonidan nashrga tayyorlangan. 1650-yilda Mirzo Ulug'bek asarlarining xronologiyaga oid ma'lumotlari, Sharq xalqlarida yil hisobi, kalendarlarga doir qismlari nashr etiladi. Mirzo Ulug'bekning yulduzlar katalogi 1665-yilda Tomas Xayd tomonidan lotin va fors tillarida nashr qilinadi. 1853-yilda Mirzo Ulug'bekning bu jadvallarga bergan to'liq muqaddimasini Sedillot tarjimasi bilan nashr etilgan.
Akademik T. Qori Niyoziy yozganidek: Ilmiy Kalendar, ya‘ni sana yoki yil hisobi tarix va astranomiyaning eng muhim poydevorlaridan biridir. Shuning uchun qadim zamonlardayoq astranomlarning eng muhim vazifalaridan biri kalendarni takomillashtirishdan iborat bolgan.Shu sababli Ulug‘bekning jadvallari ana shu masalalardan boshlanadi5. Xronologiya kalendarlarning rivojlanishi va o’zgarishi bilan chambarchas bog’liqdir.

Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin