Tarix fakulteti j ahon tarixi kafedrasi maxsus tarix fanlari


Osmon sferasining asosiy nuqtalari va chiziqlari



Yüklə 2,75 Mb.
səhifə4/35
tarix14.12.2023
ölçüsü2,75 Mb.
#178325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Maxsus tarix fanlari UMK 1-kurs 2-semistr (1)

Osmon sferasining asosiy nuqtalari va chiziqlari.
Tropik yilning 365 sutkadan ortiq kasr qismi yil hisobi olib borishda ko'p noqulayliklarga sabab bo'ladi. Kundalik hayotimizda ishlatiladigan yil hisobi kalendar yili deb ataladi. Yil hisobida kasr sonlar bilan ish yuritish mumkin emas. Tropik yil bilan kalendar yilining bir-biriga mos kelishi juda zarurdir. Faraz qilaylik, 2005-yil 1-yanvarga o'tar kechasi 0 soatdan boshlab yil hisobini tropik yili bilan boshlayliKalendar U holda 365-sutkada deyarli 6 soat ortiq vaqt borligi sababli, yangi 2006-yil, 1-yanvar 0 soatdan emas, balki 1-yanvar soat 6 da, keyingi 2007-yil yanvar kunduz soat 12 da boshlanar edi. Shu tarzda yangi yil 2,3-yanvar va boshqa kunlarda boshlanib. borgan sari kechroq boshlanadigan bo'lib, juda ko'p noqulayliklarga sabab bo'lar edi. Ana shuning uchun yil hisobini tropik yil bilan olib borish mumkin emas.
Kalendar atamasi lotincha Kalendarium – “qarz daftari” degan ma'noni beradi. Qadimda Rimda qarzdorlar oyning birinchi kuni qarzlarining foizlarini to'laganlar va bu «kalenda»ga qayd qilib borilgan.
Tabiatdagi aniq bo'lgan vaqt hisobi birliklari sutka, oy va yil qadimdan ma'lum bo'lib - qadimgi kalendarlarning asosini tashkil etgan.
Biz kalendar deb shunday vaqt hisobi sistemasini aytamizki, uning asosida osmon yoritqichlari harakatiga bog'liq tabiatning davriy hodisalari yotadi. Bunday sistemani yaratish birinchi bo'lib ilk neolit davrida sodir bo'ldi. Bu ishlab chiqarish xo'jalik shakllarining paydo bo'lishi bilan bog'liq edi. Dehqonchilik va chorvachilik fasliy tabiat hodisalari bilan bog'liq edi. Insoniyat tomonidan qo'llanib kelingan kalendarlarni ikki asosiy guruhga bo'lishimiz mumkin.
Bular Quyosh va Oy hisoblaridagi kalendarlardir. Shundan kelib chiqib kalendarlarni uch guruhga bo'lishimiz mumkin.

  1. Quyosh kalendari; 2) Oy kalendari; 3) Oy-quyosh kalendari.

2.2 Vaqt tushunchasi, Sutka, Oy, Yil. Vaqt haqidagi tasavvur odamlarda ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida ma'lum tabiat hodisalariga bog'liq holda paydo bo’lgan hamda xo’jalik ehtiyojlari vaqt birliklarini va uning hisobini o’rnatish zaruratini keltirib chiqargan.
Odamlar doimo vaqt oqimini qabul qilganlar, kun va tun almashinuvining o’zgarishidan farqlay olganlar. Biroq maxsus vaqt hisobi va uni dalillar asosida qabul qilishgan faqat taraqqiy etgan jamiyatda, ya'ni dehqonchilik, chorvachilik, savdo va dengizda so’zishning vujudga kelishi bilan rioya qilishgan.
“Quyosh chiqdi”, “quyosh tepaga ko`tarildi”, “quyosh botdi” degan iboralarga odatlanib qolganmiz. Aslida quyosh chiqib botmaydi.quyoshning osmondagi ko’rinma harakati, tun bilan kunning almashinib turishining asosiy sababi - yerning g'arbdan sharqqa qarab 24 soatda bir marta o’z o’qi atrofida aylanib chiqishidir. Yer sharining o’z o’qi atrofidan 24 soatga to’liq bir aylanib chiqadigan vaqtiga sutka deyiladi.
Quyosh bir sutka davomida yer sharining hamma tomonini bir yo’la yorita olmaydi.U navbat bilan yerning goh bir tomonini, goh ikkinchi tomonini yoritadi. Yerning aylanib quyoshga qaragan tomonida kun, quyosh nuri tushmay turgan tomonida tun bo’ladi. Yerning sutkalik harakati natijasida kun bilan tun chegarasi yer sathi boylab g'aringa tomon siljiydi. Shuning uchun har 12 soatda yer sharining manzarasi o’zgaradi: quyosh tepamizda turgan joyda 12 soatdan keyin yarim kecha bo’ladi.
Bir sutka necha soat? Bu savolga ko’pchilik hech ikkilanmay, qat'iy ishonch bilan 24 soat deb javob beradi. Bu to’g’ri javobmi? Yo’q, albatta. Yer o’z o’qi atrofidan 24 soatda emas, balki 23 soat 56 minut 4 sekundda bir marta aylanib chiqadi. Bu vaqt yulduz sutkasi deb yuritiladi. Yulduz sutkasining boshlanishi yil davomida turli vaqtlarga to’g’ri keladi, insonning hayoti, yerning tabiati yulduzdan ko’ra quyoshga ko’proq bog'liq.
Shuning uchun insonlar quyosh vaqtiga amal qiladi. Haqiqiy quyosh vaqti yulduz vaqtidan farq qiladi. Ikki tush payti oralig'idagi vaqt (quyosh sutkasi) Yerning o’z o’qi atrofidan aylanib chiqish vaqtiga (yulduz sutkasiga) nisbatan bir necha minut uzunroq edi. Yer sharining o'z o'qi atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt sutka deb ataladi. Sutka - vaqtning dastlabki o'lchov birligidir. Sutkaning 24 dan bir bo'lagi bir soat, soatning 60 dan bir bo'lagi minut, minutning 60 dan bir bo’lagi sekund (soniya) deyiladi. Yer o'z o'qi atrofida notekis aylanishi ma'lum, ammo bu notekislik juda kichik bo'lib, 100 yilda sekundning mingdan bir ulushi bilan o'lchanadi.
Qadimda kecha va kunduzning almashinishidan vaqt o'lchovi me'yori sifatida foydalanishgan. Qadimda grekcha “hemera” - sutka so'zi ikki ma'noda qo'llanilgan: 1) Quyosh chlqishidan Quyosh botishigacha bo'lgan vaqt oralig'i; 2) Quyosh chiqishidan keyingi Quyosh chiqishigacha bo'lgan vaqt oralig'i. Lotincha “dies” - sutka so'zi ham shu ma'noni bildirgan. Qadimgi Gretsiya, Rim, Bobilda va Misrda sutka ertalabdan, O'rta Osiyoda esa kechqurundan boshlab hisoblangan. Oy kalendaridan foydalanishgan afinaliklar, germanlar. iudeylarda ham sutka - yangi kun kechqurundan boshlangan. Zardushtiylar esa Quyoshning chiqishi bilan yangi kun boshlanadi deb hisoblashgan. Sutkalarni dastlab misrliklar soatlarga bo'lganlar.
Eramizdan avvalgi 2100-yilida Misr kohinlari sutkani 24 soatga bo'lishgan: ular 10 soatni kunduz, 2 soatni g'ira-shira payt, 12 soatni kechasi deb hisoblashgan. Bobilda ham bir sutkaning 12 soati kechasi hisoblangan. Gerodotningta'kidlashicha, greklar bobilliklarning shu sistemasidan foydalanishgan. Eramizdan avvalgi II asrda Klavdiy Ptolemey rasmiy ravishda sutkani soatlarga bo'lgan. Gerodotning yozishicha, eramizdan avvalgi VI asrda Ahamoniylar hukmdori Doro skiflarga yurishi davrida qo'riqchilariga vaqtni hisoblash uchun tugilgan arqon tashlab ketadi. Ular har kuni bitta tugunni yechganlar. Qolgan tugunlarning soni shohning qaytishiga necha kun borligini bildirgan. Ahamoniy hukmdorligi davrida vaqtni hisoblashning bundan ham mukammalroq usuli mavjud bo'lgan, lekin oddiy qo'riqchi askarlar yuqoridagi usuldan foydalanishgan.
Yerning yulduzlarga nisbatan bir marta aylanib chiqish davri Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan aylanish davri Quyosh sutkasiga bo'linadi.Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari orasidagi vaqtga teng. Yulduz sutkasi haqiqiy (presessiya va nutatsiya hisobga olinsa) yulduz sutkalarigaajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi nuqtasining presession harakatita'sirida o'rtacha yulduz sutkasi Yerning o'z o'qi atrofida haqiqiy aylanishdavridan 0,0084 sekundga qisqa. Nutatsiya ta'sirida haqiqiy yulduzsutkasining uzunligi o'zgarib turadi. Quyosh bir sutka davomida osmon sferasida 1° Sharqqa tomon siljiydi. Shu sababli yulduz sutkasi bilan amalda vaqtni o'lchash noqulay bo'lib, u kun va tunning almashishi bilan to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun Quyosh sutkasida uning ikkala ketma-ket pastki (yarim tun) kulminatsiyasi oralig'idagi vaqt olinadi.
Quyosh sutkasi ham haqiqiy va o'rtacha (haqiqiy Quyosh sutkasida haqiqiy Quyoshning pastki kulminatsiyasi, o'rtacha Quyosh sutkasida esa Quyoshninn soxta pastki kulminatsiyasidan boshlab hisoblanadi) bo'ladi. Yer orrbitasining ellipssimonligi va ekvatorning ekliptikaga og'ishganligi tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham doimiy emas va yil davomida 24 soul 3 miiuil 36 sekund (sentabr o'rtalarida)dan 24 soat 4 minut 27 sekund (dekabr oxirida) gacha o'zgarib turadi. Shuning uchun Quyoshning ekvator bo'yicha yil davomida doimiy burchak tezlik bilan harakat qiluvchi o'rtacha Quyosh sutkasi (24 soat 3 minut 56,55536 sekund yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasidan yoki 365,2422 Quyosh sutkasidan iborat.
Oy yer atrofini 27,3 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Oy o’z orbitasida bir nuqtadan chiqib yana shu nuqtaga qaytib kelishi uchun ketgan vaqt siderik oy deb yuritiladi (siderik oy yulduzga nisbatan hisoblanadi). Oyning bir xil fazasi takrorlanishiga ketgan vaqt esa 29,5 sutkani tashkil etadi. Bu vaqt sinodik oy deb yuritiladi(sinodik oy yerga nisbatan hisoblanadi). Siderik oy muddati bilan sinodik oy muddati bir-biridan farq qiladi .Oy o’z o’qi atrofida 27,3 sutkada aylanib chiqsa ham yerdan ko’rinadigan bir xildagi ikki fazasi oralig'idagi vaqt 29,5 sutkaga teng bo’ladi. Demak, bir oy 29,5 sutkani tashkil etadi.
Yer asosan ikki xil harakatlanadi: o’z o’qi atrofida (sutkalik harakat) vaquyosh atrofida (yillik harakat). Yerning o’z o’qi atrofidagi sutkalik harakati natijasida kun va tun vujudga kelsa, yillik harakati natijasida yil fasllari vujudga keladi.Yerning quyosh atrofidagi yillik harakat yo’li uning orbitasi deb ataladi.Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Yer bu yo’lni o`rta hisobda soatiga 1070 kilometr (yoki sekundiga 29,8 km) tezlikda bosib o’tadi. Bu tezlik artilleriya o’qining uchish tezligidan o’n baravar katta. Yer ana shunday tezlik bilan quyosh atrofini 36,5 kun 5 soat 48 minut 46 sekundda aylanib chiqadi.
Yerning quyosh atrofidan bir marta to’la aylanib chiqishiga ketgan vaqt (365 kun-u 6 soat) yil deb ataladi.
Yil fasllarining almashinuviga Yerning quyosh atrofidan aylanishi va yer o’qining orbita yuzasiga - tekisligiga nisbatan og'ishganligiga sababchidir. Yer o’qi orbita tekisligiga nisbatan 66, 30 burchak tashkil etadi. 21-mart kuni kun bilan tun chegarasi ikkala qutbdan o’tgan, ya'ni sayyoramizning har ikkala yarim sharida kun bilan tunning o’z o’nligi bir-biriga teng. Quyosh nuri shu kuni, ya'ni 21-martda ekvatorga tik tushadi, yer o’qiga nisbatan to’g’ri burchak hosil qiladi. Tush paytida quyosh tik tepamizda bo’ladi, shu kuni yer quyoshga nisbatan shunday vaziyatni egallaydiki, quyosh nuri shimoliy va janubiy yarim sharlarga bir tekisda tarqaladi. Quyosh o’zining bizga ko’rinadigan yo’lining tepa yarmida ufq tepasida, ikkinchi yarmini esa ufq tagida, ya'ni yer sharining bizga nisbatan orqa tomonida bosib o’tadi. Faqat shu kuni quyosh haqiqatan ham sharqdan chiqib g'arbga botadi.
Mart oyida sayyoramizning shimoliy yarim sharida bahor, janubiy yarim sharida kuz bo’ladi. 22-martdan boshlab kunlar uzayadi va tunlar qisqara boshlaydi. quyosh shimoli-sharqdan chiqib shimoli-g'arbga bota boshlaydi. Kunning uzayishi va tunning qisqarishi 22-iyunigacha davom etadi. 22-iyunda sayyoramizning shimoliy yarim shari quyoshga qaragan bo’ladi, shu tufayli bu yarim shar janubiy yarim sharga nisbatan quyoshdan ko’proq yorug'lik, issiqlik oladi. Demak, shimoliy yarim sharda yoz boshlanadi, kunlar uzun, tunlar qisqa bo’ladi, ekvatordan janubda, ya'ni janubiy yarim sharda esa qish kiradi va kunlar qisqa, tunlar uzun bo’ladi.
23-sentabr yer sharida yil fasllarining taqsimlanishi jihatdan 21-martdan farq qiladi. 21-martda shimoliy yarim sharda bahor, janubiy yarim sharda kuz bo’lsa, 23-sentabr shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarim sharda kuz bo’ladi. 24-sentabrdan kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. quyoshning ertalab chiqishdan kechqurun botishigacha bosib o’tadigan yo’li qisqara boradi, qisqarish 22-dekabrgacha davom etadi.
Demak, yerning o’qi quyosh atrofidagi aylanish yo’liga orbita tekisligiga nisbatan og'ishganligi natijasida yil fasllari almashinadi, quyosh atrofidagi yillik harakatning turli davrlarida yer yuzasining yoritilishi va isitilishidagi farqlar kelib chiqadi.Har kuni quyosh chiqadi va botadi. quyosh chiqishi ulug'vor, go’zal manzara, butun borliq, tabiat, barcha tirik mavjudot quyosh chiqishini tantana bilan kutib oladi.
Quyosh-osmondagi son-sanoqsiz yulduzlarning biri, yerga eng yaqin yulduz, quyosh ulkan yoritgich, qizigan gaz holidagi osmon jismidir. quyosh nuri har sekundda 300 000 km tezlikda tarqalib, yerga 8,5 minutda yetib kelsa, yerga yaqin turgan boshqa yulduzning nuri 4,5 yildagina yetib keladi.
Quyosh bilan yerning oralig'i 149,5 mln.km, bu masofaning kattaligini quyidagicha tushuntirish mumkin, yerda turib gapirgan odamning ovozi quyoshga 14 yildan keyin, kosmik raketa esa besh oyda yetib borishi mumkin.
Quyosh o’z o’qi atrofidan 25 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Olimlarning fikricha, insonning sog'ligi, ruhiy holati, mehnat qobiliyati ko’p jihatdan quyoshning faoliyatiga bog'liq, hatto tabiiy ofatlar, baxtsizlik hodisalari va kasalliklar ham quyosh faoliyatiga bog'liqligi tajribalar yo’li bilan isbotlangan.
Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa bizga ma'lum, ammo bu oraliq yil davomida o’zgarib turadi, yerning quyosh atrofida aylanadigan yo’li orbitasi ellips shaklida bo’lganligidan yer yil davomida quyoshga goh yaqinlashib, goh undan uzoqlashadi. 3-yanvarda yer quyoshga eng yaqin keladi, bu vaqtda O’rtasidagi masofa 147 000 000 km.ni tashkil etadi, keyin quyoshdan uzoqlasha boshlaydi, 5 iyunda yer quyoshdan eng uzoqda - 152 000 000 km. masofada bo’ladi.
Yer sutka davomida ham quyoshga goh yaqinlashib, goh uzoqlashib turadi. Yanvardan iyulgacha biz quyoshga tush paytida yaqinroq kelsak, iyuldan yanvargacha kechqurun yaqinroq bo’lamiz.
Oy yerning birdan bir tabiiy yo’ldoshidir. Oy diametri 3476 km bo’lib, yer diametridan deyarli 4 baravar kichiKalendar Oydan yergacha bo’lgan masofa o`rta hisobda 384 000 km. Yorug'lik oydan yerga 1 sekunddan sal oshiqroq vaqtda yetib keladi. Oy yerga eng yaqin kelganda ular orasidagi masofa 363 000 km, yerdan uzoqlashganda esa 405 000 km.ga teng bo’ladi. Shuning uchun oy bizga quyoshdan goh kattaroq, goh kichikroq bo’lib ko’rinadi.
Oyning yer atrofiga aylanish tezligi yerning quyosh atrofida aylanish tezligidan 30 baravar kam, ya'ni oy yer atrofida sekundiga bir kilometr tezlikda aylanadi. Oy yerga bir tomoni bilan qaragan. Oy ba'zan dumaloq bo’lib, ba'zan yarim doiraga, ba'zan esa o’tkir uchli o’roqqa o’xshab ko’rinadi. Oy boshida u o’roqsimon (hilol), bir haftadan so’ng doira shaklida ko’rinadi (to’lin oy), uch haftadan keyin u yana yarim doiraga va oy oxirida o’roqsimon shakliga kiradi.
Osmonga ko’riniingan “hilol” yangi oymi yo eskimi yangi oy bilan eski oyning shakli, ko’rinishi bir-biriga o’xshash bo’lganligidan ularni faqat holatiga qarab farq qilish mumkin. Shimoliy yarim sharda yangi oy o’rog'ining sirti (dumboq tomoni) o’ngga, eski oyniki esa chapga qaragan bo’ladi. Shimoliy yarim sharning O’rtacha va yuqori kengliklarida yangi va eski oy o’rog'i tik holatda janubiy kengliklarida, O’rta Osiyoda yonboshlagan (yangi oy o’ngga va eski oy chapga yonboshlagan) holatda ko’rinadi. Ekvator atrofida yangi oy o’rog'ining do’ng tomoni pastga, eski oy o’rog'iniki esa tepaga qaragan bo’ladi.
Yangi oy bilan eski oyning bir-biridan farq qiladigan yana bir belgisi shuki, yangi oy kechqurun, osmonning g'arbiy qismida, eski oy esa erta bilan, osmonning sharqiy qismida ko’rinadi.
Oyning o’zi nur sochmaydi, uni quyosh nurlari yoritadi, shu tufayli oy o’rog'ining do’ng tomoni hamma vaqt quyoshga (yangi oy o’rog'ining do’ng tomoni kechqurun quyosh botgan tomonga, eski oy o’rog'ining do’ng tomoni erta bilan quyosh chiqishi tomonga) qaragan bo’ladi.
Oyning asosiy ko’rinishi (fazalari) va uning yerdan oddiy kuz bilan kuzatish mumkin bo’lgan o’zgarishlari har xil ifodalanadi. Oy yer atrofida harakatlanar ekan, quyosh bilan yer oralig'iga to’g’ri kelib qoladi. Bu vaqtda oy yerdan ko’rinmaydi, chunki oyning yorug'i tushmaydigan tomoni yerga qaragan bo’ladi. Oyning bu fazasi, oy boshi - yangi oy deb yuritiladi.Tunlarimizni yoritib turadigan to’lin oy fazasi oy yorug'ligi quyosh yorug'ligidan 450 000 marta kuchsizdir, oyning kuni ham tuni ham yerdan ikki haftaga teng. Shu sababdan quyosh nurlari oy yuzasini kunduzi 120 C dan ziyod qizdirib yuboradi, tunda esa u -170 C gacha soviydi.
Quyosh sutkalarining o’rtacha uzunligi, ya'ni quyosh markazining ikkita yuqori (yoki quyi) kulminatsiyalari oralig'ida o’tgan o’rtacha vaqt qisqa vaqt oraliqlarini o’lchashda asosiy birlik hisoblanadi. Yil davomida bunday ikki kulminatsiya oralig'ida o’tadigan vaqt bir oz o’zgarib turadi. Bunga sabab yerning quyosh atrofida aylana boylab emas, balki ellips boylab harakatlanishi va buning natijasida uning harakat tezligining bir oz o’zgarib turishidir. Bu quyoshning yil davomida ekliptika boylab qiladigan ko’rinma harakatidagi kichik notekisliklarini keltirib chiqardi. quyosh markazining yuqori kulminatsiyasidagi paytda haqiqiy tun payti deb ataladi. Biroq soatlarni tekshirish, aniq vaqtni belgilash uchun ularga qarab, albatta quyoshning kulminatsiya paytini belgilashga hech zaruriyat yo’q. Yulduzlarning kulminatsiya paytini belgilash aniqroq va qulayroq bo’ladi. Istalgan yulduzning va quyoshning kulminatsiyalari paytlarining farqi esa istalgan vaqt uchun belgilangan. Haqiqatdan,yerning harakati quyoshning ko’rinma vaziyatining yulduzlarga nisbatan o’zgarishi juda aniq topilgan.
Masalan, observatoriyalarda yulduzlarni kuzatib, muntazam ravishda asosiy soatlar tekshirib boriladi, bunda ularning vaqt tuzatmasi, ya'ni aniq vaqtni topish uchun soatning ko’rsatishga (Q yoki- ishorasi bilan) qo’shilishi zarur bo’lgan kattalik amalda aniqlanadi. Vaqt tuzatmalarini aniqlash oraliqlarida aniq vaqtni kvars yoki boshqa (birorta tebranma harakatning chastotasini juda aniq ushlab turadigan) soatlar “saqlab” boradi. Hozirgi vaqtda nixoyat aniq “yuradigan” atom soatlari yaratilgan. Ular aniq vaqtni saqlashda ishlatiladi. Astronomik kuzatishlarda aniq vaqtni belgilash, uni saqlash va radio orqali butun xalqqa eshittirib turish ko’p mamlakatlarda mavjud bo’lgan aniq vaqt xizmatining vazifasidir. Aniq vaqt signallarini dengiz va havo flotining shturmanlari va aniq vaqtni bilish zarur bo’lgan juda ko’p ilmiy hamda ishlab chiqarish korxonalari radio orqali qabul qiladi. Aniq vaqtni bilish, xususan, turli joylarning geografik uzunliklarini aniqlashda zarurdir.
Sayyoramiz o’z o’qi atrofida aylanib turadi, shuning uchun quyosh yerimizning turli nuqtalarini turli vaqtda yoritadi. Yerning bir meridianida joylashgan barcha nuqtalarida soat bir xil vaqtni ko’rsatsa, boshqa meridianida boshqacha vaqtni ko’rsatadi. Demak, bir meridianning o’zidagi vaqt shu meridian atrofidagi joylar uchun mahalliy vaqt hisoblanadi.
Grinvich meridiani (meridianlar sanog'i boshlangan 0 meridian) da tush payti bo’lganda 180 geografik uzunlikda yarim tun, Grinvichdan sharqdagi 90 geografik uzunlikda kech payti, Grinvichdan g'arbdagi 90 geografik uzunlikda tong payti bo’ladi. Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri uning bir tomonlama, ya'ni olg'a, kelajak tomonga yurishidir. Matematiklar ta'biri bilan aytganda, manfiy vaqt yo'q va bo'lishi mumkin ham emas. Vaqtni o'lchash uchun soat, minut, sekund, sutka, hafta, oy va yil birliklari olingan va butun dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq vaqtning asosiy manbayi - astronomik kuzatishlardir. Ular maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib, aniq vaqtni (sekundning mingdan bir ulushlari aniqligida) topadilar.
2.3 Hafta va uning turlari. Vaqt - tabiatdagi biror davriy hodisaga, Yerning o'z o'qi atrofida aylanish davriga nisbatan hisoblanadigan o’lchov birligidir. O'rta asr solnomachisi Beda Dostopochtenniy, “yilning uzunligini – tabiat, oyning uzunligini - an'analar, haftaning uzunligini hokimiyat belgilaydi”, - deb yozgan edi. Vaqtning sun'iy birligi bo'lgan haftalar, qadimda uch, besh va yetti kundan iborat bo'lgan. Bobil va Shumer matnlarida yetti kunlik hafta mavjudligi haqida ma'lumotlar berilgan. Yetti kunlik hafta vaqt o'lchovi sifatida Sharqda, Bobilda, ishlatilgan. Rimda ham dastlab sakkiz kunlik hafta bo'lib, unga A harfidan N harfigacha bo'lgan nomlar berilgan. Rimda imperator Avgust davrida (eramizdan avvalgi 63-eramizning 14) yetti kunlik haftakeng tarqalgan. Yetti kunlik hafta yahudiylardan misrliklarga, ulardan rimliklarga va so'ngra G'arbiy Yevropaga tarqalgan. Bobilliklar yettini «qutlug' son» deb hisoblashganlar. Bu sig'inish o'sha davrda ma'lum bo’lgan beshta sayyora «planeta» yoki «daydib yuruvchilar» va ular qatoriga qo'shib hisoblangan Oy va Quyosh bilan bog'liq bo'lgan. Ular Yer atrofida yetti sayyora - Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylanadi, deb hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nomi berilgan. Bu nomlarni rimliklardan keyin G'arbiy Yevropa xalqlari ham qo’llashgan. Lotincha, fransuzcha va inglizchada ularning ko'rinishlarini quyidagi jadvalda ko'rish mumkin:



Ruscha

Lotincha

Tarjimasi

Fransuzcha

Inglizcha

Ponedelnik

Dies Lunal

Oy kuni

Lundi

Monday

Btornik

Dies Martis

Mars kuni

Mardi

Tuesday

Sreda

Dies Mercurii

Merkuriy kuni

Mercredi

Wednesday

Chetverg

Dies Jovis

Yupiter kuni

Seudi

Thursday

Pyatnitsa

DiesVeneris

Venera kuni

Nerdredi

Friday

Subbota

Dies Saturin

Saturn kuni

Samedi

Saturday

Boskreseniya

Dies Solis

Quyosh kuni

Dimanche

Sunday




Yüklə 2,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin