Savol va topshiriqlar Tarixiy va astronomik xronologiya haqida ma’lumot bering.
O'rta Osiyoda olib borilgan xronologiyaga oid tadqiqotlar haqida ma’lumot bering.
Xronologiyaga oid manbalar haqida ma’lumot bering.
Xronologiyaga oid manbalar haqida ma'lumot bering?
Hindiston asari kimga tegishli va xronologiyaga oid qanday ma’lumotlar bor?
Umar Xayyom kalendari haqida ma’lumot bering?
2-Mavzu. Yil va davrlarni aniqlash. ( 2 soat) Reja: Tropik yil va kalendar yili.
Yil va davrlarni aniqlash tarixi.
Hafta va uning turlari.
Tayanch so’zlar: Oy taqvimi,kalendarlar, Qadimgi oy kalendarlari, bir-biridan farqi, oy-quyosh taqvimlari,Tropik yil,kalendarnum,qarz kitobi,quyosh kalendari,osmon sferasi,Arab davriyligi,Oy fazalari, Kleostat sikli, bobil, yaxudiylar, xitoyliklar, hind kalendari,greklar, rimliklar, arman kalendari.
2.1.Tropik yil va kalendar yili .Tabiat tomonidan ato etilgan ma'lumotlar - sutka,oy, yil, vaqt hisobi qadimgi kalendarlar asosini tashkil etgan.
Kalendar lotincha so’zdan olingan bo’lib, “kalendarnum” – “qarz kitobi” demakdir. Bu so’z Qadimgi Rim tarixi bilan bog'liq, qarzdorlar foizlarni oyning birinchi kunida, ya'ni kalenda deb atalgan kuni to’laganlar, shundan kelib chiqqan. Demak, kalendar bu vaqt sanoq sistemasi, osmon yoritgichlari asosida yotgan tabiat hodisalarining davriyligi deganidir.Bunday sistemani tuzish zaruriyati birinchi bo’lib ishlab chiqarish xo’jalik shakllari vujudga kelgan neolit davrida paydo bo’ladi. Dehqonchilik va chorvachilik tabiatning mavsumiy hodisalari bilan mahkam bog'langan. Xo’jalik hayoti shaklining bir xilligi va umumiy asos qilib olingan vaqt sanog'i birliklari bir-biriga o’xshash kalendarlarning shakllanishiga olib kelgan.
Oy kalendarlari - sutkalar oylar bilan uyg'unlashgan. Oy-quyosh kalendari sutka va oylar yillar bilan uyg'unlashgan. Oy kalendari yil davrlarining o’zgarib turishini hisobga olmagan holda ko’p halqlarda vaqt hisobining boshqa sitstemalarga asoslanib rioya qilingandir, ehtimol. Oy kalendari boyicha oylarning davomiyligi faqat oy fazalarining o’zgarishi bilan bog'liq edi. Har bir oy hiloldan boshlanib, navbat bilan yoki tanaffuslar bilan 29 va 30 sutkaga bo’linadi. Oy yili 12 oydan iborat edi. Bu esa o’z navbatida 354 sutkani tashkil etgan. Sinodik oy kalendar oyidan 44 minut 2,9 sekundga ko’p bo’lgan, shuning uchun ham ma'lum yil sonidan so’ng kalendar yiliga bitta qo’shimcha kun qo’shish zaruriyati paydo bo’lgan.
Astronomik va kalendar oy yillarini bir-biriga mos keltirishning ikki usuli ma'lum. Ikki usul ham oy kalendari yiliga qo’shimcha kun kiritishga asoslangan. Bulardan biri sakkiz yillik turkcha sikl bo’lib, bunga muvofiq astronomik kalendar yillari oddiy va oy yillaridan uch sutka orqada qolgan. Oy kalendari yil hisobini astronomik kalendar bilan muvofiqlashtirish uchun har sakkiz yilning ikkinchi yili, beshinchi yili, yettinchi yiliga (kalendariga) bittadan qo’shimcha kun qo’shib qoyilgan. Ancha aniqroq usul ham bo’lgan, bunga muvofiq 30 oddiy oy yillari 30 astronomik yilni 11 sutkada quvib yetadi. Bu uzilishni bartaraf etish uchun davrning quyidagi yillariga qo’shimcha kunlarni qo’shganlar: 2-yili, 5-yili, 7-yili, 10-yili, 13-yili, 16-yili,18-yili, 21-yili, 24-yili, 26-yili, 29-yiliga.Oy kalenlari boyicha yil 354 kunga (ba'zan 355 kunga) cho`zilgan, uning boshlanishi quyosh kalendari yilini har safar 11 sutkaga orqaga qoldirgan. Demak, yil boshi va uning qismlari mavsumlari bilan to’g’ri kelmagan, sistemali suratda bir mavsumdan ikkinchisiga o’tish aralashib ketgan. Agar qaysi bir laxzada yil boshi bahor boshlanishiga to’g’ri kelsa, taxminan 9 yildan keyin yil boshi qishga to’g’ri kelgan.
Yana huddi shunday muddatdan keyin kuz fasli boshlangan. Bu xildagi kalendar boyicha qishloq xo’jalik ishlarini yurgizishni ba'zi musulmon mamlakatlarida saqlangan.Quyosh kalendarlari quyoshning kuzgi ko’rinadigan yillik harakatlariga asoslangan, Yilning o’n ikki oylik muddati 365 yoki 365 kun, 14 sutkaga teng. quyoshni kuzatish quyosh kulti bilan bog'liq edi. Dunyo xalqlarida quyoshga sig'inish qadimdan uchraydi, biroq rasmiy jixatdan quyosh kalendari boyicha vaqt sanoq sistemasining yurgizilishi kamdan-kam mamlaktlarda uchraydi. Hozirgi zamon xalqaro kalendari ham quyosh kalendarlari hisoblanadi.Biz tanishib o'tgan vaqt birligi sutka katta davrlarni o'lchash uchun kichiklik qiladi. Katta davrlarni o'lchash uchun sutkani ishlatadigan bo'lsak, juda katta sonlarni ifodalashga to'g'ri keladi.
Vaqt birligi sutkani 10 baravar kattalashtirib ishlatish mumkin. Lekin qadim zamonlardan beri insoniyat katta vaqt oralig'ini o'lchashda sutkadan tashqari hafta, oy va yildan foydalanib keladi. Vaqtning katta oraliqlari o'lchash birligi tabiiy birlik - yil deb Yerning Quyosh atrofida bir marta to'la aylanib chiqish davri qabul qilingan. Ammo yil sutkalar bilan butun son orqali ifodalanmaydi, ya'ni sutka va yil karrali emas. Quyosh o'zining ko'rinma harakati bo'yicha bahorgi teng kunlik nuqtasidan ikki marta ketma-ket o'tishi uchun ketgan vaqt tropik yil deb ataladi. Uning davomiyligi 365 sutka 5 soat 48 minut 46 sekundga yoki 365,242195 o'rtacha sutkaga teng.