10.2. O'n ikki oylik kalendar loyihalari. O'n uch oylik kalendar loyihalariga qarshi chiquvchilar, uning kamchiliklarini ko'rsatib o'tdilar.
Ularning fikricha, o'n uchinchi oyning kiritilishi tarixiy sanalarnihisoblashda ko'p chalkashliklarga va boshqa xatolarga sabab bo'lishi mumkin. O'n uch tub son bo'lganligidan, u ikkiga ham, to'rtga ham bo'linmaydi. Shuning uchun ikki oylik kalendar loyihalari taklif qilinadi. Ular o'n ikki oylik kalendarlarning muhim afzalliklari quyidagilardan iborat deb hisoblashadi.
1. Bir kalendar yili har biri 182 kundan iborat ikkita yarim yillikka va har biri 91 kundan iborat to’rtta kvartalga bo'linadi.
2. Har bir kvartal uch oy bo'lib, bu oylarning birinchisi 31 sutka, qolgan ikkitasi 30 sutkadan bo’ladi.
3. Yilning birinchi kuni yakshanbadan boshlanib, oxirgi kuni shanba bo'ladi.
4. Har bir kvartal yakshanbadan boshlanib, shanba bilan tugaydi.
5. Kvartaldagi sutkalar soni (91) haftadagi kunlar soni (7) ga qoldiqsiz bo'lingani uchun harbir kvartal 13 haftadan iborat bo'ladi.
6. Oylardagi ish kunlarining soni doimiy (haftada ikki dam olish kuni bo'lsa, 22 ish kuni, bir dam olish kuni bo’lsa 26ish kuni) bo'ladi.
To'rtta kvartal har biri 91 kundan bo'lganligidan yil 364 sutkani tashkil qiladi. Kalindar yilini tropik yiliga mos keltirish uchun har yili yana bir sutka (13 oylik kalendarlardagidek) hamda kabisa yillarida ikki sutka qo'shish kerak bo’ladi. Har ikkala qo’shimcha sutkalar hafta hisobiga ham, oy hisobiga ham kirmaydi. Birinchisi har yili 30 dekabrdan so'ng qo'yilib, bu kun ’’tinchlik va do'stligi kuni’’ nishonlanadi. Ikkinchi qo'shimcha kun har to’rt yilda bir marta 30 iyundan so’ng qo'yilib kabisa yili kuni deyiladi.
O'n ikki oylik kalendar loyihasi «Dunyo kalendari» nomi bilan Millatlar Ligasining Kengashida birinchi marta 1937-yil 25-yanvarda muhokama qilingan, va keyinroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashida qo'llab quvvatlangan, lekin bu kalendar ham qabul qilinmagan.Har bir xalqning milliy bayramlari borligi va dam olish kuni ikki kun belgilanganligi tufayli bu loyihani ayrim mamlakatlar ma'qullamadi. Shuning uchun 1956-yildan keyin kalendar islohoti oldinga siljimadi. Keyinchalik boshqa kalendar loyihalari taklif qilinsa-da, lekin ular hayotga joriy etish masalasi ochiq qolmoqda.
Kalendar tarixi insoniyat sivilizatsiyasining uzviy ajralmas bo'lagi.Tashqi olam to'g'risidagi bilimlar ko’payganisari va turli davrlarda xalqxo'jaligi ehtiyojlari bilan bog'liq ravishda kalendarlar takomillashib bordi.Masalan, oy kalendari paydo bo'lishini ibtidoiy odamning turmushtarzi bilan bog'lash mumkin. U davrlarda ovchilik va termachilik odam faoliyatining asosini tashkil qilgan edi. Asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikka o'tilishi oy-quyosh kalendari va quyosh kalendarining paydo bo'lishiga olib keldi. Keyingi ikki yuz yillik kalendarlarning ichki tuzilishini takomillashtirishga intilish bilan tarixga kirdi.
Fan-texnika taraqqiyotining xalq xo'jaligini elektronlashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, EHM va kompyuterlarni xalq xo'jaligiga keng joriy qilish bilan hozirgi bosqichida doimiy kalendar tuzish muammosi dolzarb bo'lib qoldi. Lekin oxirgi paytlarda kalendarni isloh qilish masalasi ko'tarilmay turibdi.
10.3. XIII asr oxirida Fransuz inqilobi kalendari .Ushbu kalendar 1793-yil 5-oktabrda milliy konvent qaroriga ko’ra Fransuz inqilobida qabul qilingan. Yangi kalendarning asosiy elementlari qoydagilar edi; yil hisobi Fransiyaning respublika deb e'lon qilingan kundan deb e'lon qilindi.
1792-yil 22-sentabr kuni kuzgi teng kunlikka to’g’ri keldi. Yil oylari 30 kundan bo’lib, 12 oy edi, yil oxirida qo’shimcha 5 yoki 6 kun qo’shilgan.
Kabisa yili inqilob hisobining 3,7,11 yiliga berilib, u Grigoriy kalendariga mos kelmagan. Oy nomlari tabiat mavsumi hodisalari Bilan bog'liq bo’lgan. 7 kunlik hafta dekadalarga almashtirilgan va lotincha sanoqlarni olgan (primidi, duodi, tridi, 1, 2,3)va xokazo.
1806-yil 1-yanvarda Napoleon respublika kalendarini bekor qildi va Yana Grigoriy kalendari joriy qilindi. Bir qator kelishmovchiliklarga, avvalo, kun va oylardagi noaniqliqlar Yangi kalendarrning minus tomoni edi.Yana unda dam olish kunlari (1oyda 3 kun) kam edi.Zamonaviy kalendardagi oylar miqdorining turlicha ekanligi (28,29,30,31 kunlik) yil kvartallarining farqi (90,91,92 kun) uning noaniqligidir.Shu boisdan XIX asrdan boshlab turli davlatlarda kalendar islohati boyicha loyihalar ishlab chiqildi. Kalendar islohati boyicha, bir va ikkinchi jahon urishlari davrida millatlarligasi shug'ullandi, keyinroq esa BMT ham bu masala Bilan shug'ullandi. Islohotlar loyihasining bosh maqsadi turli oylardagi haftaning 7 kunlik «yagona» ligini ishlab chiqish edi.Loyihalar ichida mashhuri bu yilni 4 chorakka (13 haftadan) bo’linishi edi.qo’shimcha kunlar( oddiy yilda 1 Kabisa yilida 2 kun)ni «oq» kunlar sifatida haftadan tashqari hisoblab ularni « tinchlik kunlari» deb ataydi. Har bir chorakning bir oyi 31 kundan 2 chi oyi esa 30 kundan bo’lib yil oxirida qolgan 365 kun bor edi. Ushbu loyihida har bir chorak yaqshanbadan boshlanib shanbada tugaydi, boshqa loyihada yil 13 oylik 4 haftadan (28 kun) va 1 kun esa haftaga bog'liq bo’lmay qolgan. Yangi kalendarni amaliyotda qo’llash murakkabligi shu ediki, u avvalo universal bo’lmog'i va har tomondan qulay bo’lishi shart edi, yo’qsa ko’plab kuch, vaqt va mablag'lar xalqaro diplomatik madaniy, iqtisodiy va savdo aloqalarida «2 kalendarlik» holatiga tushib qolishi extimoli bor edi,tan olinmagan kalendar esa har tomonlama ishonchli bo’lishi kerak edi. Masalan; yildagi 13 oyning 52 haftasi 13 ga teng bo’lib, har bir oy 28 kundan 4 haftaga taqsimlanadi. Ushbu variatda istalgan har bir oyning birinchi kuni do’shanba bo’ladi. Bir ( kabisa yilida 2 kun) 52 xaftadan tashqari deb, ular bayramlar yoki Yangi yilga to’g’ri keladi. Kabisa yilini oddiylashtirish boyicha professor Medler ( mashhur astronom V.Y. Struvedan so’ng Tortu shahridagi universitet observatoriyasini ko’p yillar boshqargan) ning loyihasi ahamiyatlidir. Medler kabisa yillarini 32 yilga emas ,Hozirgidek 33 ga taqsimlashni taklif etadi.Ushbu yangilik kabisa yilining 100 yilliklar oxiridagi noqulaylik muammolarini bartaraf etib, kalendar aniqligini oshiradi. Boshqa bir taklifga ko’ra haftani qisqartirib, shanba kunini olib tashlagan va 6 kunlik hafta hosil qilish edi. Unga ko’ra, 12 oy 30 kundan bo’lib har bir oy aniq 5 haftadan bo’ladi Ushbu holda kalendarda 5 «bechora kun ortiq qolib» ularni yil oxirida qoyish aytildi.Dekabr va yanvar oylari O’rtasidagi Yangi yilga aprel va may, oktabr va noyabr va dekabr o`rtalariga 5 kunni kiritish taklif qilindi. O’z davrida millatlar ligasi qoshida kalendar islohati boyicha maxsus qo’mita tuzilib, u 1923 yildan ishlay boshlagan hamda 200 kalendar loyihasini ko’rib chiqqan. Qo’mita ulardan tashqari faqat 2 ta loyihani ko’rib tanlagan.Birinchi loyihada yil 13 oydan, har oy 28 kun va bir kun Yangi yil bo’lgan.
Ikkinchi loyihada yil 4 chorakka 91 kundan bo’linib 4 oy 31 kundan qolganlari 30 kundan iborat bo’lgan. Millatlar Ligasi ikkinchi loyihani tasdiqlagan, hamda davlatlar Yangi kalendarni 1939-yilning 1-yanvaridan kiritishlari shart edi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi kalendar islohotiga xalaqit berdi. Urushdan so’ng kalendar islohati masalasi qoyildi va BMT doirasida muhokama qilindi. Bu safar kalendar islohotining tashkilotchisi Hindiston bo’ldi, chunki uning hududida bir vaqtning o’zida ko’plab kalendarlar amaliyotda qo’llanilib,qator murakkablik va noqulayliklarni keltirib chiqarar edi. Mashhur fizik professor; Mad Nak Sak boshchiligida Hindistonda milliy qo`mita tuzildi.
Dunyoning ko’plab mamlakatlari, Yevropaning barcha davlatlari bosimi ostida Yangi kalendar loyihasi ma'qullandi va u butun jahon kalendarida yil Ayni bir xil 91 kunlik choraklarga bo’linib, uning birinchi oyi 31 kundan, qolganlari 30 kundan iborat edi. 91 kun 7 ga qoldiqsiz bo’linadi va har bir chorak 13 xaftadan iborat bo’lib, 4chorak 364 kun bo’ladi. Ortiqcha bir kun xalqlar O’rtasida butun jahon tinchlik bayrami deb e'lon qilishu va uni oxirida Yangi yildan oldin qoyilishi taklif qilindi.
Kabisa yilida har bir kun ortiqcha bo’lib, uni «kalendarsiz kun» deb 1 iyuldan oldin qoyish loyihada boradi. Butun jahon kalendarida 7 kunlik hafta va 12 oylik yil hisobi saqlanadi. Ushbu loyihaga ko’ra, Yangi yil har yili faqat yaqshanbaga 1 yanvarga to’g’ri kelardi. Har chorak boshi 1 aprel, 1 iyul 1 oktabr ham yaqsyanbaga to’g’ri kelardi. Butun jahon kalendarini amaliyotga kiritilishi 1956 yil 1 yanvarga belgilashadi, chunki o’sha kun yaqshanbaga to’g’ri keladi .
Buyuk davlatlar Angliya, Fransiya, Xitoy va sobiq Sovet ittifoqi Yangi kalendarni butun dunyodagi davlatlar qo’llashga rozilik bersalargina ular ham ushbu kalendarga o’tishlarini bildirdilar.
Oxirgi daqiqalarda esa AQSH hukumati o’zining norozilik bayonotini bildirib, yangi kalendarga o’tmasligini bildirdi.
Vaholanki maxsus komissiyada yangi kalendarni ma'qullagan edi. AQSH noroziligi ko’plab ta'sirli diniy tashkilotlar bosimini ifodalardi. Chunki, yangi kalendarda hafta kunlari ortiqcha tinchlik bayrami tufayli shanba kungi ibodatlarga xalaqit berardi. 1961-yil 1-yanvar yana yaqshanbaga to’g’ri keldi, biroq Yangi kalendar loyihasi amaliyotga kiritilmadi. Yangi kalendar tarafdorlari Hozir ham uni joriy etish uchun harakat qilmoqdalar. Hozirgi kunda esa muammo savol sifatida har yil ichidagi oylar oralig'idagi kunlarning aniq va qulaylik taqsimotidir. 1998 yil BMT yangi kalendar uchun konkurs e'lon qildi. Yangi kalendar Hozirgi Grigoryan kalendaridagi bir qancha noqulaylik sababli zarurdir.Kalendar 1582-yil papa Grigoriy XIII taklifi bilan kiritilib u bir qator davlatlarda XVI asr oxiridan beri qo’llanilib ko’plab noqulayliklarga ega. Hozirda loyiq loyihalar ichida «butunjahon oynali-simmetrik kalendari» loyihasidir.
10.4. Soat farqliklari.Soat farqliklari bu 24 farqlikdan iborat bo’lib yer ustida vaqt farqliklari hisobi uchun taqsimlangandir. Bir soatga farqliklarida vaqt bir xil bo’ladi. qo’shni farqlikdan esa bir soatga farq qiladi.Vaqt farqliklari 24 meridiandan iborat bo’lib kengliklar orasidagi farq 15 dir. Soat farqliklarining dengiz, okean va kam sonli aholi puktlaridagi chegaralari meridianlar boyicha sharqdan g'arbga O’rta meridianlar boyicha ,ya'ni 7,5 da o’tadi.
Yerning boshqa hududlarida soat farqliklari qulaylik tug'dirish uchun meridianlar davlatlar va ma'muriy chegaralar xalqaro bitimga ko’ra birinchi meridian « 0» kenglikda o’tadi. (Grinvich meridiani) bu meridian «0» chi deb ham ataladi. Ushbu meridiandagi vaqt butun jahon vaqti sanaladi. «0» meridian sharqqa qarab 1 dan 23 gacha bo’lgan farqliklar bor .Bir necha soat farqliklardagi vaqt muhim nomlarga ega. Masalan: «0» chi soat farqligi O’rta Yevropa vaqti ham deb 1 soat farqligi esa sharqiy Yevropa vaqti deb ham ataladi. MDH davlatlari hududidan 2 to 12 gacha bo’lgan, O’zbekistonda esa 4 dan 5 gacha bo’lgan soat farqliklari mavjud. Bir qator ayniqsa shimoliy davlatlarda quyosh nuridan unumli foydalanish uchun vaqt 1 soatga surilidi (yozgi vaqt). Sobiq SSSR da 1930-yil dekret vaqti qabul qilinib soat strelkalari 2 soatga ilgari surilgan. 80-yillarda yozgi vaqt joriy etiladi (bu Markaziy Osiyo uchun keraksiz edi). Keyinchalik dekret bekor qilindi.
Bir qator davlatlarda vaqt farqliklari qo’llanilib mahalliy hududlarda vaqt poytaxt yoki poytaxtga yaqin vaqt Bilan yuritilgan. 1941-yilgi «Dengiz almanaxi» yillik to’plamda soat farqliklari chegaralari shuningdek vaqtning namoyon bo’lishi aniqlanib berilgan, vaqt farqliklari va vaqt soatlari unda aniq ko’rsatilgan. Davlatlar ichida chegaralar qoida boyicha tashkilotlararo komissiya tarafidan yagona vaqt hisobida olib boriladi, ba'zida vaqt 0,5 soatga farq qilishi mumkin masalan: Markaziy Avstraliyada k: 9,30 Sharqiy Xitoyda k: 8,30 Indoneziyada k: 7,30 Argentinada k: 3… Venesuellada k: 3,45 Gviniyada, Surinibamda, Nyufaundlenda k: 3,30 Gavayada 10 bo’ladi.Shunday qilib vaqt farqlari bu vaqtning hisob sistemasi bo’lib yer ustidagi 24 soatlik vaqt farqligi taqsimoti bo’lib, hamma punkt va shu soat farqligi chekkasida yagona vaqt hisobi bo’lib qo’shni vaqt farqligidan 1 soatga farq qiladi. Vaqt farqliklari qo’llanilmasdan avval fuqaro vaqti nomli vaqt qo’llanilgan bo’lib kengliklari bir xil bo’lgan ikki punktda ham har xil vaqt birligi bo’ladi. Ushbu hisob sistemasi tufayli temir yo’l va telegraf aloqasida turli noqulayliklar kelib chiqqan.XIX asrda qator davlatlarda ham yagona vaqtga o’tildi. Ko’proq esa poytaxtlarning fuqaro vaqtiga. Bu chora ham uzoq kengliklarda cho’zilgan davlatlardagi chekka hududlardagi vaqt Bilan fuqaro vaqti orasida farq keskin ajralib turadi. Bir vaqt davlatlarda esa yagona vaqt faqat temir yo’l va telegraf sohalarida qo’llanildi. Masalan: Rossiyada fuqaro vaqti uchun Pulkova Observatoriyasi, « Peterburg vaqti» ijro etildi. 1878 yilda S.Fleming temir yo’lida ishlovchi qo’qonlik injener xalqaro vaqt hisobining soat farqliklari sistemasini taklif qildi. Bu sistemaga ko’ra yer yuzi boylab 15 kenglikdagi 24 asosiy meridian qabul qilindi va fuqaro vaqti bilan qo’shni 2 meridian oralig'idagi farq bir soat bo’ladi. S.Fleming taklifi keng qo’llab kuvvatlandi va xalqaro bitimga ko’ra «0» chi Grinvich meridiani qabul qilindi. Unga ko’ra 7,5 (7 gradus 30 minut ) da joylashgan hamma punktlarda sharqdan g'aringa asosiy meridianlardagi vaqt fuqaro vaqti bir xil bo’ladi. Soat farqliklari ilk bor 1883 yil AQSH da kiritildi.
1884 yilda esa Vashingtonda 26 davlat vakillari ishtiroqida konfrensiyada vaqt farqliklariga o’tishi haqida xalqaro bitim qabul qilindi. Lekin uning ijrosi amaliyotda qo’llanilishi kechiqib ketdi.Hozirgi MDX davlatlari hududlarida vaqt farqliklari 1919 yil 1 iyuldan kuchga kirgan Fransiya va Angliyadagi vaqt farqi g'arbiy Yevropa vaqtiga 1 farqlikka Skondinaviya davlatlari Germaniya, Polsha, Chexiya, Slovakiya , Italiya va boshqa davlatlarga 2-farqlikka Finlandiya, Ruminiya, Bolgariya kiradi. Shu kabi Osiyo davlatlari Amerika, Avstraliya ham vaqt farqliklariga egadir. Ko’p yerda esa u fuqaro vaqtidan farq qiladi.
Fuqaro vaqti bu quyosh yarmining quyi kulminatsiyasi Bilan yarim tun O’rtasidagi vaqtidir. Yarim tundan so’ng kalendar sanasi o’zgaradi.
1925-yil 1-yanvargacha astranomiyada kalendar sanasi almashinuvi o`rta yarim kunlik orqali fuqaro vaqt hisobining 12 soatdan keyin vaqtincha chekkalarida esa sutka yarim kunlikning o`rta vaqti sanalgan. 1925-yilda esaastronomiyada fuqaro vaqt hisobi kiritilgan. O’rta va astronomik quyosh vaqt orasidagi vaqt yil davomida tenglashgan. U yil davomida 14 minut 2 sekuddan to 16 minut 24 sekundgacha bo’lgan. 2 sentabrda yulduzli vaqt fuqaro vaqtiga mos tushgan. O’zbekiston hududida vaqt farqligi 1919-yil, 1931-yil, 1930-yil XKS dekreti Bilan kiritilgan. 80-yillari esa yozgi vaqt hisobi (1 soat) ilgari qo’llanilgan. O’zbekiston mustaqil bo’lgach unda vaqt farqligi amal qilindi. Shuningdek barcha transport xizmatida qulaylik tug'dirish uchun aholi 4-soat farqligiga kiritilgan. Hozirda O’zbekiston hududida yagona vaqt hisobi amalda qo’llanilmoqda. Shunga ko’ra O’zbekistonda vaqt hisobi bekor qilindi.