Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g’oyasi ham muhim o’rin egallaydi. Taraqqiyot rivojlanish jarayonining quyidan Yuksakka, noraso holatdan barkamol holatga o’tish bilan tavsiflanuvchi yo’nalishini anglatadi. Taraqqiyot haqida jamiyatga tatbiqan (bu holda ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutiladi) va uning ayrim elementlariga, jamiyatning tuzilishi yoki boshqa parametrlariga tatbiqan (bu holda fan-texnika taraqqiyotini, manaviy sohadagi, talim, sog’liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyot nazarda tutiladi) so’z Yuritish mumkin. Taraqqiyotning asosiy kontseptsiyalarini biz Yuqorida ko’rib chiqdik. Bu erda shuni qayd etish muhimki, taraqqiyot o’z mohiyatiga ko’ra ziddiyatlidir, chunki uning teskari tomoni regress, yani oliydan tubanga, barkamol holatdan noraso holatga o’tishdir. Insoniyat biror narsani qo’lga kiritar ekan, muqarrar tarzda nimanidir yo’qotadi. Shu sababli insoniyatning taraqqiyot yoki regress yo’lidagi harakati haqida faqat umumiy manoda so’z Yuritish mumkin.
Jamiyat tarixini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etishimiz mumkinki, hozirgi davrgacha u asosan taraqqiyot yo’lidan harakatlangan va bu fikrga hozirgi tarix faylasuflarining ko’pchiligi qo’shiladi. Ammo ijtimoiy taraqqiyot g’oyasiga hamma olimlar ham ishonavermaydi, ayrimlar hatto taraqqiyotning rivojlanishga shikastli tasiri haqida so’z Yuritadi. Masalan, Aurelio Pechchei taraqqiyot xavfli jarayon ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, bu anarxik jarayonni sirtdan turib tartibga solish mumkin emas va u Er Yuzida hayotning rivojlanishi uchun shikastli oqibatlar kelib chiqishi mumkinligiga etibor bermay, jamiyat ehtiyojlari bilan biron-bir real aloqasiz olg’a yangi qadamlar tashlashda davom etadi. Bu fikrga Elvin Toffler (1928 yilda tug’ilgan) ham qo’shiladi. U taraqqiyot jamiyat va davlat institutlarini vayron qiluvchi, qadriyatlarni o’zgartiruvchi va bizning hayot ildizlarimizga putur etkazuvchi o’zgarishlar oqimini olib kelishi haqida ogohlantiradi.
Taraqqiyot mezonlarini aniqlash ijtimoiy taraqqiyot nazariyasining bahsli masalasi hisoblanadi. XVII asr mutafakkirlari inson aqlini taraqqiyot mezoni deb hisoblaganlar. Keyinchalik ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish darajasi shunday mezon sifatida etirof etilgan. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning asosiy mezonlari sifatida ko’pincha ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy, gumanistik va boshqa mezonlar qayd etiladi. Bu mezonlar yordamida u yoki bu ijtimoiy tizimlar, siyosiy rejimlar, ijtimoiy harakatlarning progressivlik darajasini aniqlash mumkin.
Ammo Yuqorida zikr etilgan mezonlarning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim tomonlarinigina tavsiflaydi va butun jamiyat taraqqiyoti haqida to’liq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Jamiyatning insonparvarlashuvi darajasini, shaxsning undagi o’rnini, uning manaviy va ijtimoiy erkinlik darajasini, moddiy va manaviy ehtiyojlari qondirilishining sifatini jamiyat rivojlanishining umumiy yoki umumfalsafiy mezoni deb hisoblash mumkin bo’lsa kerak. Bu mezon mazkur jamiyatda inson kamol topish uchun imkoniyatlarga qay darajada ega ekanligini ko’rsatadi. Mazkur mezon nuqtai nazaridan har bir jamiyatning progressivlik darajasi u shaxs huquqlari va erkinliklari doirasini qay darajada kengaytirgani, o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, ehtiyojlarini rivojlantirishi va ularni qondirishi uchun qanday shart-sharoitlar yaratgani bilan belgilanadi.