Tarix falsafasi tushunchasi



Yüklə 244 Kb.
səhifə9/12
tarix21.10.2023
ölçüsü244 Kb.
#158936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TARIX FALSAFASI VA FALSAFA TARIXI UYG\'UNLIGI

Monadaga doir yondashuvning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u jahon tarixiy jarayoniga ko’p sonli tarixiy individlar (sotsiumlar)dan iborat bo’lgan yaxlitlik sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi tarixiy rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan jihatlarga, tsivilizatsion element esa ijtimoiy organizmlarning xususiyatlariga, ularning betakrorligiga etiborni qaratadi. Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion yondashuvning umumlashtiruvchi imkoniyatlari va tsivilizatsion yondashuvning individuallashtiruvchi imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo’yish asosida emas, balki ularning yagonaligi va bir-birini to’ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi va ro’yobga chiqariladi.
YUqorida qayd etib o’tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat yo’nalishlarida ko’zga ko’rinadigan o’rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday kontseptsiyalar ham paydo bo’lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi. Bu kontseptsiyalarning mohiyatiga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Taniqli nemis faylasufi Karl YAspers (1883-1969) yaratgan nazariyaga muvofiq, tarixning mazmuni tarixning chegarasidan tashqarida yotadi. Tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan etiqod bilan belgilanadi. Mazkur etiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi. Insoniyatga bunday etiqodni biron-bir jahon dini yoki milliy din taklif qilolmaydi.
YAspers jahon tarixining ‘vaqt o’qi’ amal qilgan davrda vujudga kelgan falsafiy etiqodgina insoniyat uchun umumiy etiqodga aylanishi mumkin, deb hisoblagan. Faylasuf qadimgi Yunon faylasuflari, yahudiy xalqining payg’ambarlari, Eronda zardushtiylik dinining, Xitoyda – konfutsiychilik va daochilikning, Hindistonda – buddizm va jaynizmning asoschilari bir vaqtda ijod qilgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig’idagi davrni tarixning universal mazmunini namoyon etgan ‘vaqt o’qi’ davri deb hisoblashni taklif qilgan. Mazkur davrda majusiylik o’rnini egallagan jahon dinlari paydo bo’lgan va mifologik dunyoqarash o’rnida falsafiy tafakkur vujudga kelgan; jahonda deyarli bir vaqtda ichdan o’zaro mushtarak bo’lgan bir nechta qudratli manaviy markazlar paydo bo’lgan. ‘Vaqt o’qi’ davri insonga o’zini inson sifatida his qilishga yordam bergan, uning manaviyatini uyg’otgan, uni madaniyat va axloq asoslari bilan oshno etgan, uning oldiga insonning mavjudligi va hayotning mazmuni haqidagi masalalarni qo’ygan. YAspers fikriga ko’ra, inson o’z-o’zini anglab etishi, inson manaviyatining uyg’onishi shu vaqtgacha o’zaro bog’lanmagan lokal madaniyatlarga bo’lingan insoniyat umumiy tarixining ibtidosiga aylangan. Shundan beri insoniyat umumiy taqdir va yagona etiqod bilan bog’langan. Aks holda uning tarixi halokat bilan tugashi mumkin. YAspers talimotiga ko’ra, odamlarni umumiy manaviy asoslarda birlashtirish, ular o’zaro til topishini taminlashda kommunikatsiya ulkan rol o’ynaydi, shu bois uning tarix falsafasi bazan kommunikativ tarix falsafasi deb ham ataladi.
Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi muammosi bilan amerikalik faylasuf Frensis Fukuyama ham shug’ullangan. U o’zi yaratgan ‘tarixning intihosi’ nazariyasini taklif qilgan. ‘Tarixning intihosi’ni u shunda ko’rganki, insoniyat oxir-oqibatda jamiyat va davlatning optimal shaklini albatta topadi. Fukuyama liberal g’oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida etirof etgan, ularning negizida insonning barcha ehtiyojlari qondirilishi va jamiyatdagi asosiy ziddiyatlar hal qilinishi lozim, deb hisoblagan. Uning fikricha, liberalizm jamiyatni tashkil etishning oqilona shakli sifatida, o’z muqobiliga ega emas, shu sababli insoniyat oldida bu mafkurani boshqa mamlakatlarga yoyish va shu tariqa umuminsoniy davlat – siyosiy jabhada liberal demokratiyani yaratishdan boshqa yo’l yo’q. Insoniyat tarixining mazmunini Fukuyama ana shunda ko’rgan.
Tarixning mazmunini tavsiflashga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Masalan, ayrim faylasuflar tarix har qanday mazmundan xoli, odamlar uchun jumboq deb hisoblaganlar va insoniyat kelajagiga pessimistik baho berganlar (Artur SHopengauer, YAkov Burgxardt). Bazi bir mutafakkirlar tarix voqealarning oqilona tushuntirish mumkin bo’lmagan irratsional oqimidir, deb hisoblaganlar (Fridrix Nitsshe, Eduard Gartman).

Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin