Tarix” kafedrasi dinshunoslik fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 438 Kb.
səhifə14/38
tarix27.08.2023
ölçüsü438 Kb.
#140692
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
mazhmua

Mustaqil ish mavzulari

  1. Imom Moturidiy va uning qarashlari.

  2. Kalom ilmi adabiyoti.

  3. Qur’onda oxirat haqidagi oyatlar tahlili.

  4. Hadislarda ilm olishga bo‘lgan targ‘ibot.

Adabiyotlar

  1. Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To‘ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: SHarq, 2014. – 536 b.

  2. Oqilov S. Kalom ilmi. – Toshkent: TIU nashriyot-matbaa birlashmasi, 2011. – 160 b.

  3. Muhammad Anvar Badaxshoniy. Aqidatut-tahoviya sharhining talxiysi. – Toshkent: 2015. – 448 b.

  4. Ochildiev O., Rahimjonov D., Muhamedov N. Va boshq. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: TIU nashriyot-matbaa birlashmasi, 2013. – 320 b.

  5. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jaev H., Rahimjonov D., va boshq. Dinshunoslik. – Toshkent: Mehnat, 2004. – 296 b.


5-mavzu. Islomdagi mazhablar va yo‘nalishlar
Reja

  1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi.

  2. Fiqhiy mazhablarning paydo bo‘lishi.

  3. Imom Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi.

  4. Mazhabsizlik va uning oqibatlari.



Tayanch tushunchalar:
Mazhab, oqim, firqa, hanafiylik, shofeiylik, molikiylik, hanbaliylik, fiqh, fatvo, mujtahid, sunniylik.
1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi. 632-yilda Payg‘ambar vafotidan so‘ng hokimiyat xalifalikka saylanganlar tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. Birinchi xalifa Abu Bakr bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lib Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib bo‘ldilar. Avvalgi ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va bo‘linishlar bo‘lmadi. Usmon xalifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Usmonni uyiga bostirib kiradilar va xalifani o‘ldiradilar. Xalifaning o‘ldirilishi xalifalikda urushini keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib xalifaligi davrida bunday nizolar kuchayadi. Shom voliysi Muoviya xalifaga qarshi chiqib tezroq xalifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Xalifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi.
Bu to‘qnashuv 657-yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jang nomi Siffin deb atalgan. Shunda davlat tuzumi masalasida Payg‘ambardan keyin xalifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada uch toifaga bo‘linish yuz berdi.
Birinchi – xalifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, xalifalik faqat payg‘ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi.
Ikkinchi – xalifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.
Uchinchi – «ahli sunna val jamoa» guruhi.
Shahristoniy esa Payg‘ambar tiriklik vaqtidayoq sahobalar orasida tafovut boshlanganini aytadi.
Xorijiylar va shialar firqalaridan islomda bid’at, firqachilik va adashishlik boshlandi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada paydo bo‘ldi: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada.
Shuning uchun islomda firqalarga bo‘linib ketish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishi ham xalifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslikdan, keyingi shialik esa xalifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilardan bo‘ldi. SHu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad payg‘ambar (a.s.) hadislaridan javob topiladi. Bir necha hadislarni keltirib, shu asosida islom ummatining bo‘linishini aytib o‘tishgan.
Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytadilar: «Yahudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir», deganlarida. Sahobalar: «Najot topadigan firqa qaysi», deb so‘raganda. Payg‘ambar: «Men bilan sahobalarim tutgan yo‘ldagisi», deb javob beradilar» (imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.
«Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobalarni yaxshi ko‘rish, kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham musulmon deb hisoblash, u agar vafot etsa janoza o‘qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohni sifatlarini inkor qilmaslik va hokazo.
Biroq ilk davrlarda musulmon olimlari tomonidan yakdil fikrga ega bo‘lgan musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani bois, «to‘g‘ri e’tiqod qilish» va «bid’at» to‘g‘risidagi tasavvur shia va xorijiylarning paydo bo‘lganidan keyin tizimga solindi.
Xorijiylar xalifa Alining qo‘shinidan ajrab chiqqan va «ahli sunna val jamoa» e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan g‘oyalarni ilgari surgan guruh. Bunda ular xalifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketganlar va xalifaga ham, Moviyaga ham qarshi urush ochganlar.
Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon deb hisoblagan va siyosiy hamda g‘oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lgan. Xorijiylarning ta’limotiga ko‘ra, xalifa jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) xalifa bo‘lib saylanishi mumkin; agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi.
Xorijiylar gunohi kabira qilganlarni kofirlikda ayblaganlar va ularni o‘ldirishgacha borib etganlar. Ba’zi sahobalarni ham kofir deyishgan. Bundan tashqari, «Zolim» podshohga qo‘lida qurol bilan qarshi chiqishni diniy vazifa deydilar.
Xorijiylik bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yana bir oqim shialikdir. SHialik «shiatu Ali» (Ali guruhi) nomidan bo‘lib, aliparast oqim hisoblanadi. Bu yo‘nalish boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Ularning fikricha hokimiyat xalifa Ali va uning avlodiga tegishli. Chunki imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmaydi, balki meros sifatida o‘tadi.
Ularning fikri bo‘yicha Payg‘ambar (a.s.) Alini xalifa qilib tayinlaganlar. Xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonlar bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olganlar. Shuningdek, Alining xalifaligi ilohiy ko‘rsatma deb hisoblaydilar.
Shialar ham Qur’onni ilohiy kalom deb e’tirof etadi (ayrim o‘ta mutaassib ruhdagi oqimlari xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi). Ulamolari esa, Qur’onning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydilar. Shuningdek, hadislardan faqat xalifa Ali va uning avlodi tomonidan qilingan rivoyatlari tan oldilar va shunday rivoyat-hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan.
Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida – tavhid (Allohning yagonaligani e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni takdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limoti bilan mos tushadi. 5-aqida esa imomat (Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini) esa, sunniylikka zid ekani bilan farq qiladi.
Shilalik ichida ixtiloflar yuz berishi natijasida ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ja’fariylar va boshqalar. Imomiylar va ismoiliylar shialikdagi ikki yirik oqim hisoblanadi.
Mu’taziliylar oqimi aqida masalasi bo‘yicha ahli sunna val jamoa yo‘nalishidan ajralib chiqqan. Ular Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadilar, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qilishga harakat qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga qarshi chiqadilar. Shuningdek, gunohi kabira, qabr azobi, avliyolar karomati kabi masalalar bo‘yicha o‘ziga xos qarashga ega. Jumladan, gunohi kabira qilgan kishi mo‘min ham kofir ham bo‘lmaydi, balki ikkisi orasida bo‘ladi, deganlar. Mu’taziliylarning yana bir aqidasi bu Qur’onning yaratilgani haqidadir. Sunniylar Qur’on Allohning kalomi desalar, mu’taziliylar Qur’on Allohning yaratgan narsasi, deb hisoblaganlar.
Xalifa Ma’mun (813-833) mu’taziliylar ta’limotini davlat dini sifatida qabul qildi. U barchani, ayniqsa, qozilar, olimlar, amaldorlarni e’tiqodini sinab ko‘rdi. Natijada kim mu’taziliylar aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmasa ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazo chorasini qo‘lladi. Xalifa Mutavakkil (847-861) davrida ushbu ta’limot ta’qib ostiga olindi.
Mu’taziliylar aql-idrokni aqidaning asosi deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini tavhid va adolat (adl) tarafdorlari, deb bilganlar.
Keyinchalik 13-14-asrlarga kelib mu’taziliylar yo‘qolib ketgan.
Qadariya ham mu’taziliylarga o‘xshab aqidaviy masalada adashgan hisoblanadi. Ularning asosiy da’volari Allohning xohshi, qazosi va qadarini inkor qiladilar va «Alloh bandalarining ishidan ojizdir», deydilar. Sunniylar esa, Alloh har bir narsani oldindan biladi, degan bo‘lsa, qadariylar buni inkor qildilar. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas. Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, demak, inson iroda va faollyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keldi.
Ularning ta’limotini keyinchalik mu’taziliylar davom ettirdilar.
Jabariylar esa, qadariylar e’tiqodining aksini ishlab chiqdilar va islomda taqdir masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biridir. Ular ahli sunna val jamoada tan olingan takdir masalasini inkor qiladi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidalarni ilgari surgan. Alloh bandalarga gunoh ishlarni taqdir qilgan va inson gunoh amallarni qilishga majburdir, deb insondagi juziy ixtiyorni rad etadilar. Alloh insonga toqati etmaydigan narsani yuklashi mumkin, deb Allohga majbur qiluvchilik sifatini berdilar. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga jabariylar qarshi bo‘lgan.
Mushabbihalar (o‘xshatuvchilar) e’tiqodi bo‘yicha Allohni inson suratiga o‘xshatadilar va uning inson a’zolariga o‘xshash jismlari bor deydilar. Bu bilan «ahli sunna val jamoa» aqidasiga qarshi chiqqan. Chunonchi sunniylar Allohni hech narsaga o‘xshatmaydi va bunday o‘xshatish xato hisoblanadi.
Umuman olganda islom tarixida vujudga kelgan adashgan firqalar o‘zlari ham bir necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi kunda paydo bo‘layotgan turli adashgan oqimlar o‘tmishdoshlarining aqidasini olib yangicha ko‘rinishda taqdim qilmoqda. Jumladan, xorijiylarning odam o‘ldirishi, hozirda ISHID va boshqa jangari guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga o‘xshaydi. Biror inson katta gunoh qilib qo‘ysa, uni kofirga chiqarish ham xorijiylarning ishi hisoblangan.


  1. Yüklə 438 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin