Tarix” kafedrasi dinshunoslik fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua


Noan’anaviy diniy tashkilot yoki oqim



Yüklə 438 Kb.
səhifə27/38
tarix27.08.2023
ölçüsü438 Kb.
#140692
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
mazhmua

Noan’anaviy diniy tashkilot yoki oqim deganda bir mintaqa, hudud aholisi uchun begona bo‘lgan, muayyan tarixiy sharoit yoki ijtimoiy vaziyat sababli o‘sha erga kirib kelgan yoki kirishga harakat qiladigan dinlar tushuniladi.
XIX asr o‘rtalari XX asr boshlariga kelib Evropa, Amerika va Osiyo qit’alarida "payg‘ambarlik" va "armageddonizm" epidemiyalari avj oldi. AQSHda 1840 yillarda "millerizm" nomi ostida paydo bo‘lgan harakat tez orada boshqa hududlarga ham tarqaldi. Natijada, aksariyat yirik dinlar doirasida yangi, "islohotchi" oqimlar yuzaga keldi.
Ulardan, xristianlik doirasida "Iegovo shohidlari" va "Mormonlar"ni, islom dini doirasida "Bahoiylar", "Ahmadiylar" va "Qora musulmonlar"ni, hinduiylik doirasida "Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"ni sanash mumkin.
Iegovo shohidlari (yoki Yahve guvohlari) yo‘nalishiga 1873-yilda Charlz Teyz Rassel (1852-1916) tomonidan asos solingan. Yo‘nalishning diniy ta’limoti uning etti tomlik "Muqaddas Yozuvni o‘rganish" kitobiga asoslanadi.
Ch.Rassel vafotidan keyin tashkil otgarahbarlik qilgan Iosif (Djozef) Franklin Ruzerford iegovochilikka "armageddon" (ya’ni, go‘yoki, oxirzamonda Iso boshchiligidagi iegovochilar va Shayton boshchiligidagi jinlar qo‘shini o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jang) tushunchasini kiritdi. Shuningdek, u har yili iegovochilarning xalqaro konferensiyalarini o‘tkazishni, 50 ga yaqin kitob muallifi sifatida targ‘ibot ishlarida radio va grammo-plastinkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.
"Iegovo shohidlari" Uchlik haqidagi aqidani rad etishadi, lekin boshqa yo‘nalishlar kabi uning barcha ko‘rinishlarini izohlashadi. Ular xudoning o‘z shaxsiy ismi bor, bu ism "Iegovo"dir va u barcha narsalarning asosi va yaratuvchisi, deb hisoblaydilar.
Iegovochilar Iso Xudoning O‘g‘li bo‘lgan deb e’tiqod qilsa-da, uning Xudo bo‘lganini inkor qilishadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, Iso Iegovo tomonidan yaratilgan yagona insondir, qolgan barcha insonlar Masih orqali yaratilgan. Muqaddas Ruh - Xudoning ko‘rinmas kuchi bo‘lib, u dunyo yaratilishida qatnashgan. Iso Golgofa tog‘ida xochga emas, balki ustunga mixlangan deb hisoblaganlari sababli bu ramz ishlatilmaydi.
Iegovo butun insoniyat tarixida 144 ming kishini tanlab olgan, ular o‘lgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiriladi va osmon podshohligiga o‘tib ketishadi. Hozirgi kunda o‘sha tanlangan 144 ming kishi, ya’ni "kichik poda"dan (imoni mustahkam va din yo‘lida ko‘p xizmat qilgan) 11 mingtasi tirik, deb e’tiqod qilinadi. Qolgan imonlilar, ya’ni Iegovo shohidlariga qo‘shilgan "qo‘ylar"ga (oddiy dindorlar) Yer yuzida abadiy jannatda yashashlari va’da qilinadi.
"Iegovo shohidlari" faqatgina Iso Masih o‘limini eslash kechalari bilan bog‘liq bayramni nishonlaydilar. Shu kuni jamoa a’zolari qarindosh va tanishlarini uylariga taklif qilishadi. Dasturxonda Isoning tana va qonining ifodasi deb bilinadigan xamirturishsiz non va qizil, quruq vino bo‘lishi shart.
"Iegovo shohidlari" diniy tashkiloti qat’iy markazlashgan xarakterga ega. Uning diniy-ma’muriy markazi - Boshqaruv korporatsiyasi hisoblanadi. U 15 kishidan iborat bo‘lib, Bruklinda (AQSH, Nyu-York) joylashgan. Boshqaruv korporatsiyasining 90 dan ortiq filiallari dunyoning turli mamlakatlarida targ‘ibot ishlarini olib boradi. Xristianlikning ko‘zga ko‘ringan vakillari iegovochilarning xristianlik bilan hech qanday umumiyligi yo‘q, degan fikrdalar.
Markaziy Osiyoda "Iegovo shohidlari" diniy tashkilotining birinchi jamiyatlari 1950-yillarda paydo bo‘lgan va norasmiy ravishda faoliyat ko‘rsatib kelgan. Bugungi kunda respublikamizda "Iegovo shohidlari"ning 1 ta tashkiloti rasman ro‘yxatga olingan.
"Iegovo shohidlari" missionerlikka katta e’tibor beradi. Jamoa paydo bo‘lgan davrdan boshlab, asosan uyma-uy yurish va adabiyotlar tarqatish bilan o‘z izdoshlarini ko‘paytirishga harakat qiladi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda iegovochi missionerlarning soni 700 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Jamoa rahbariyati tomonidan missionerlarni tayyorlash ishlariga katta ahamiyat beriladi. AQSHning Nyu-York shahrida, jamoaning bosh ofisi bilan bir joyda "Galaad" nomli missionerlar tayyorlash markazi mavjud. Ushbu markazda tashkil etilgan besh oylik kurslarda butun dunyodan kelgan missionerlar tahsil olishadi.
Missionerlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr etish uchun "Qo‘riqchi minora", "Bibliya" va "Risolalar jamiyati" tuzilgan. Ushbu jamiyat korporatsiya deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot asosiy binosi bilan bir joyda, AQSHning Bruklin shahrida joylashgan. Korporatsiyani etti direktordan iborat boshqaruv kengashi boshqaradi va ular korporatsiya prezidentini saylaydilar.
Hozirgi kunda "Iegovo shohidlari" 230 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va dunyo bo‘yicha 111 ta mintaqaviy vakolatxonalarga ega.
Iegovochilar missionerlikni o‘ziga xos tarzda va tizimli tashkil etganlar. Mutaxassislar fikricha, "Iegovo shohidlari" o‘z tarafdorlarini shakllantirishda jalb etishning 80 dan ortiq usulidan foydalanadilar. Jumladan, ular o‘z da’vatchilarining ovoz ohanglarida tinchlantirish va mehr tuyg‘ulari bo‘lishiga alohida e’tibor beradilar. Iegovochilar missionerlikni:

  • o‘z qarashlariga zarracha bo‘lsa ham qiziqish bildirgan odamlarni qidirib topish va so‘ng ularni ta’limotni qabul qilishga tayyorlash;

  • da’vat qilinayotgan odamning ongiga "Bibliya" kurslari va uning matnini o‘rganish orqali diniy ta’limotni singdirish;

  • prozelitlarni suv bilan cho‘qintirish;

  • ularni missionerlik faoliyatiga tayyorlash kabi to‘rt bosqichda amalga oshiradilar.

Iegovochilikning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri shuki, unda har bir a’zo missionerlik faoliyatida qatnashishi shart. Jumladan, jamoa rahbariyati tomonidan har bir a’zo oyiga 10 soatdan 150 soatgacha missionerlik faoliyatiga sarflashlari talab qilinadi. Jamoa a’zolari qancha ko‘p vaqtlarini missionerlikka sarflaganlariga qarab tashkilot ierarxiyasida ko‘tarilib boradi. So‘nggi paytlarda iegovochilar maktab o‘quvchilari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlarini olib borishga intilish kuchli namoyon bo‘layotganini ta’kidlash zarur. Ana shunday maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar soni yildan-yilga ortib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda iegovochilar soni dunyo bo‘yicha qariyb 7 millionni tashkil etadi. Ularning bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish, cherkovlar faoliyatini ta’minlashga ketadigan sarf-xarajatlardan tashqari missionerlarning kundalik xarajatlariga yiliga 100 million AQSH dollariga yaqin mablag‘ sarflanadi.

Yüklə 438 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin