Tarix” kafedrasi dinshunoslik fani bo’yicha o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 438 Kb.
səhifə6/38
tarix27.08.2023
ölçüsü438 Kb.
#140692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
mazhmua

Tayanch tushunchalar:
Shomonlik, Tangri, Erlik, Umay, Jumay, Olqish, Axuramazda, Axriman, Zardusht, Avesto, Fravashi, Yasna, Yasht, Videvdat, Visperad, Moniy, Dualizm, Kefalayya.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik. Markaziy Osiyo o‘zining geografik va geosiyosiy joylashuvi tufayli turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv nuqtasiga aylandi. Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi Pokiston va Hindistongacha bo‘lgan katta qismini egallagan mintaqa - Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma ma’lumotlar yunon manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi eron va turk yozuvlarida uchraydi.
Mintaqa Yevroosiyo materigi markazida joylashgan bo‘lib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi bo‘g‘inga, turli xalq va elatlarning, shuningdek, diniy tizim va e’tiqodlarning doimiy aloqa maydoniga aylandi. Bunday etnik va diniy turfaxillik natijasida shunday vaziyat yuzaga keldiki, u ko‘plab dinlarning (zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik va moniy-lik) yo‘qolib ketishiga qaramay, hozirgi paytda mintaqada yashovchi xalqlarning urf-odatlarida saqlanib qoldi. Mazkur diniy holatning o‘ziga xosligi Markaziy Osiyo xalqlarining diniy bag‘rikengligi asosiy vazifani o‘tadi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri sifatida shomonlikni qayd etish mumkin. Shomonlik e’tiqod va an’analari inson ongida g‘ayritabiiylik to‘g‘risidagi tasavvurlar to‘liq shakllangan vaqtda paydo bo‘lgan. Ushbu e’tiqod oddiy insonning dahshatli va tushunarsiz, g‘ayritabiiy va go‘zal, sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turgan bir narsadir. Shomonlik bu omillar orqali jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini qamrab oladi. Shomonlikning turli vazifalariga (emchilik, ruhlarni haydash, falokatlarning oldini olish, yomg‘ir chaqirish, afsun qiyaish, kamlash va h.k.) kelsak, ular ushbu e’tiqodning asosiy mohiyatiga qo‘shimchadir.
Shomonlikdagi asosiy, hal qiluvchi holat shomon tanasiga ruhlarning joylashishi to‘g‘risidagi tasavvurdir. Odamlar shomonning o‘ziga xos trans holatini ko‘rganlarida uni o‘zi chaqirgan ruhlar egallab oldilar, deb o‘ylaydilar. Bunda shomon ko‘pincha o‘z harakatlarida animistik obraz yoki shu obrazlarni eslatuvchi predmetlarni qo‘llaydi. Ruhlarni chaqirish shomonlik harakatlarini ta’sirchan jamoaga yo‘naltirib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni taqozo etadi.
Shomonlik yovuz va yaxshi ruhlarni tan oladi. Bunda ayrim
shomon jamoalari oddiy kishilar ruhi o‘ladi, shomon
ruhi esa abadiy deb hisoblaydilar. Ruhlar tomonidan o‘g‘irlanib, shomonlar tomonidan topilib, inson tanasiga qaytarilgan jon haqidagi g‘oya faqat shomonlik doirasida tushuntirilishi mumkin. Bu ayniqsa, shomon­lik davolaщ usullarida, kasal tanasidan yovuz ruhlarni haydashda yorqin namoyon bo‘ladi.
Markaziy Osiyo xalqlarida shomonlik reliktlari turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. «Chilla yosin» davolash marosimi birinchi navbatda Qur’ondagi «Yosin» surasini qirq marta o‘qib, kasalni tol navdalari bilan «urish» orqali amalga oshiriladi. Bunda tol novdalari qirqta bo‘lishi kerak. Shomonlik marosimining yaa bir turi - «kinna», ya’ni bemor tanasidan kasalni haydashning alohida usulidir.
Shomonlik elementlari sifatida kuyovnavkarlik bilan bog-lik bo‘lgan odatni - kuyovning kelinnikiga jo‘ralari bilan jo‘-raboshi boshchiligida qiyqiriqlar bilan bazmga borish maro-simini ko‘rsatib utish mumkin. Jo‘raboshi qo‘lida tol navdala-rini ushlagan holda navkarlar boshi uzra elpiydi, bunga javo-ban navkarlar jo‘r bo‘lishib qiyqirishadi. Bularnyng barchasi kuyovdan yovuz ruhlarni haydashga qaratilgan bo‘lib, shomonistik xarakterga ega. Shu bilan birga o‘zbek, tojik va boshqa xalqlarida biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, u yaqinlari, tanishlari yoki tabiblar maslahatiga ko‘ra, sog‘ayishning birdan bir yo‘li - bu ruhlar bilan aloqa qilish missiyasini bo‘yniga olish ekanligiga ishonadi. Bunday holat xalq orasida «odamli» deyiladi, ya’ni uning ketida qandaydir kuchlar bor deb hisoblanadi. Bunday odamlar asta-sekin insonlarni «davo­lash» bilan shug‘ullana boshlaydi.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotidan keltirilgan mazkur misollar shomonlik an’analarining nafaqat qoloq dunyoqarash shakllari sharoitida, balki madaniy-tarixiy rivojlangan jamiyatda ham yashovchanligini yaqqol namoyon etadi. An’analar ko‘pincha o‘zgaradi, moslashadi, amaldagi rasmiy din talablarining u yoki bu jihatlariga ma’lum darajada birikadi. Chunonchi, islom sharoitida shomonlik harakatlari odatda musulmon an’analariga ko‘ra fotiha bilan yakunlanadi, biroq ayrim shomonlar musulmonlikka to‘g‘ri kelmaydi deb fotiha qilmaydigan hollar ham uchrab turadi.

Yüklə 438 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin