Biz dunyoning turli o‘lkalarida davom etayotgan ziddiyat va qarama-
qarshiliklarni faqatgina siyosiy yo‘l bilan, tinchlik yo‘li bilan hal etish
tarafdorimiz.1
Xalqaro terrorchilik.
XX asr oxiri — XXI asr boshlarida xalqaro
terrorchilik insoniyat boshiga katta kulfat sola boshladi.
Xalqaro terrorchi kuchlar davlat rahbarlariga,
elchilarga suiqasd
qilish va o ‘g‘irlash, odamlarni garovga olish, xalqaro tashkilotlar
binolarini, aeroport va vokzallami portlatish,
samolyotlami olib qochish
kabi dahshatli jinoyatlarni sodir etmoqdalar.
Hozirgi kunda dunyoning hech bir davlati o‘zini xalqaro terrorchilik
xavfidan xoli deb hisoblay olmaydi. Xalqaro terrorchi kuchlar 2001-
yilning 11-sentabrida hatto AQSHda ham mudhish jinoyatlar sodir
etdilar. Terrorchilar shu kuni o‘zlari egallab olgan samolyotlarda Nyu-
York shahrida joylashgan xalqaro «Savdo markazi»ning juft osmono‘par
binolarini vayron qildilar. Oqibatda minglab kishilar halok bo‘lishdi.
Xalqaro terrorchi kuchlar Rossiya
Federatsiyasida ham qator
mudhish jinoyat sodir etganligiga tarix guvoh. Ayniqsa, 2004-yilda
Beslan shahridagi o ‘rta maktabda yangi o ‘quv yili boshlanadigan
1-sentabr kuni sodir etilgan jinoyat eng mudhish jinoyatlardan biri
bo‘ldi.
Bu jinoyat jahonning barcha tinchliksevar
kuchlarini larzaga
soldi. Chunki jinoyat natijasida m aktab o ‘quvchilari ham halok
bo‘lishdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: