Ular xalqimizga va chet elliklarga 0 ‘zbekistonning o‘tmish tarixLni
ko‘z-ko‘z qilib turadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda
bunyod etilgan. Balandligi 31 metr bo‘lgan muzey binosi uch qavatli-
dir. Muzey ko‘rgazma zalining markazida devorga ajoyib tasviriy
san’at asari ishlangan. Unga «Buyuk Sohibqiron — buyuk bunyodkor»
deb nom berilgan. Asar «Tug‘ilish», «Yuksalish» va «Faxrlanish»
nom lari bilan ataluvchi 3 qismdan iborat.
«Tug‘ilish» qismida Sohibqironning (buyuk bobomiz Amir
Temurning) tug‘ilishi bilan bog‘liq urf-odatlar tasvirlangan.
«Yuksalish» qismida buyuk bobomiz hayotida doimo amal qilgan
«Rosti-rusti», ya’ni «Tog‘rilik najotdir» degan shiori oltin harflar
bilan yozib qo‘yilgan. Shuningdek, bu qismda Sohibqironning vazirlar,
harbiy sarkardalar va olimlar bilan o ‘tkazayotgan kengashi aks
ettirilgan.
«Faxrlanish» qismida esa Amir Temur va temuriylar davri merosining
avloddan avlodga o ‘tib kelayotganligi g‘oyasi tasvirlangan.
Jahon davlatlaridagi muzeylar xalqaro tashkilotga birlashgan. U
xalqaro YUNESKO tarkibidagi «Muzeylar xalqaro kengashi» deb
ataladi.
Atamalar mazmunini bilib oling
Yüklə
Dostları ilə paylaş: