chiqa olganlar. Ming yildan ortiq yashagan bu madaniyat keyinchalik
yevropaliklar bosqini oqibatida barham topdi.
Inklar madaniyati.
Amerikaning inklar deb atalgan xalqi (dastlab
hozirgi Peru davlati hududida yashagan) ham o‘z davlatlarini tashkil
etganlar. Davlatni oliy hukmdor — Oliy Inka boshqargan. Oliy Inka-
ning yaqin qarindoshi bo‘lgan erkaklar o‘zlarini «Quyosh o ‘g‘illari»
deb atashgan. Bunga inklarning Quyoshni «bosh xudo» deb hisoblash-
lari sabab bo‘lgan. «Quyosh o ‘g‘illari» davlatda yuqori lavozimlarni
egallaganlar. Inklar qudratli sug‘orish tizimi bunyod etganlar. Xar-
sangtoshlardan mudofaa inshootlari qurganlar. Ayniqsa, ular yaratgan
uch qavatli tosh devorli Quyosh ibodatxonasi mashhur bo ‘lgan.
Ibodatxona devorlari yarmigacha oltin bilan qoplangan.
Inklar Korikancha ibodatxonasida «Oltin
bog‘» barpo etganlar. Bu bog‘ oltin va kumush-
dan yasalgan qush, turli hayvon va odamlaming
rasmlari bilan bezatilgan. Inklar iplarni turli
ko‘rinishda tugish yo‘li bilan o ‘ziga xos yozuv
Yüklə
Dostları ilə paylaş: