«Jahonning poytaxti» deb ulug‘landi. Biroq,
podsholarning tinimsiz olib borgan urushlari
Ossuriyani holdan toydirdi. Nihoyat,
miloddan
avvalgi 612-yilda Bobil davlati uni tor-mor etdi.
Nineviya esa yakson etildi.
Afina shahri.
Yunonistonda bunyod etilgan
Afina shahri bilim va donolik m a’budasi Afina
nomiga qo‘yilgan. Shahar aholisi Afinani
o ‘zlarining homiysi deb hisoblaganlar.
Vaqtlar
o‘tishi bilan Afina Yevropaning eng rivojlangan
shahriga aylandi. Shaharda ilm -fan yuksak
qadrlandi.
Afinalildar dunyo xalqlari havas qilsa arzigulik
madaniyat yaratdilar.
Yodda tuting!
Afina shahri hozirgi G retsiya (Y unoniston) davlatining poytaxtidir.
Sparta shahri.
Qadimgi Yunonistonning hududida qurilgan
Sparta
shahri ham o‘z davrining yirik shaharlaridan biri edi. Spartani oqso-
qollar kengashi boshqargan. Bu kengash a ’zolari spartaliklarning
yig‘ilishida saylangan. Sparta lashkari qo‘mondonlari
ham kengash
a ’zoligiga kiritilgan. Kengash eng muhim ishlarni hal etgan. Aybdor
kishilarni ham kengash sud qilgan.
Rim shahri.
M anbalarda qayd etilishicha,
hozirgi Italiya davlatining
poytaxti Rim shahriga
m iloddan avvalgi 753-yilda asos solindi.
Keyinchalik shahar Rim davlatining poytaxtiga
aylandi.
Davlat ham shaharning nom i bilan ataldi.
Vaqtlar o ‘tishi bilan qadimgi Rim shahri dun-
yoning eng taraqqiy
etgan shaharlaridan biriga
aylandi.
Hatto shaharga quvurlar orqali tog‘lardan buloq suvlari olib ke-
lindi. Ibodatxonalar, saroylar va haykallar bunyod etildi.
Rim shahri
hozirgi kunda Italiya Respublikasining poytaxtidir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: