hatto yarador ham bo ‘ldi. Shunday bo ‘lsa-da, yaxshi harbiy ta ’lim
olgan Aleksandr qo‘shinining qo‘li baland keldi.
Oqibatda Spitamen chekinishga majbur bo‘ldi. Bosqinchilik urushi
davomida Aleksandr yurtimizni bo‘ysundirish oson
emasligini tushu-
nib yetdi va boshqa usulni qo‘lladi.
U dastlab Spitamenga, agar qo‘zg‘olonni to‘xtatsa, unga Sug‘diyona
hokimligini in’om etmoqchi ekanligi haqidagi xabarni yubordi. Biroq
Spitamen Vatanini sotishdan ko‘ra o ‘limni afzal ko‘rib
rad javobini
berdi.
Endi, Aleksandr hiyla-nayrang yo‘liga o ‘tdi: «Spitamen yo‘q
qilinishi kerak! — deb o ‘ylardi Aleksandr. — Iloji boricha tezroq!
Butun Osiyoni oyoqqa turg‘azmasidan burun yo‘q qilinishi kerak.
Ammo qanday qilib? Axir bu «quturgan Qoplon»ni minglab jangchi-
lar izm a-iz quvlayotgan b o ‘lsa-da, hech qanday kuch uni yenga
olmayapti-ku. Kuch bas kelmadimi, demak, makr bas keladi!
Nahotki
«quturgan Q oplon»ning qo ‘shini orasida birorta «chiyabo‘ri
topilmasa?!»
Y urtdoshlari Spitam enni Qoplon deb atashardi. Unga bunday
nom berilishiga uning qoplon terisini ustiga yopib yurishigina
em as, balki qoplondek dovyurak
va chaqqonligi ham sabab
bo‘lgan.
Shu tariqa Aleksandr Vatan xoinlaridan foydalanishga qaror qildi
va bunga erishdi. Aleksandr Spitam enni xoinlar yordam ida hiyla-
nayrang yo‘li bilan yengdi. Bu voqea m iloddan avvalgi 328-yilda
yuz b e rd i.1 Sug‘diyonaliklar Spitam enni
katta izzat-ikrom bilan
dafn etdilar.
Spitamen halok bo‘lsa-da, bosqinchilarga qarshi xalq kurashi yana
bir yil davom etdi. Ozodlik qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsa-da, u Vatan
o‘g‘lonlarining mardligini, jasoratini namoyon etdi.
Aleksandr yurtimizni o ‘ziga tobe qilishga erishdi.
Biroq bu unga
juda qimmatga tushdi.
U yangi urushlarga tayyorgarlik ko‘rish paytida bezgak kasaliga
chalinib, 33 yoshida vafot etdi. Aleksandrning vafotidan so‘ng u asos
solgan davlat ham parchalanib ketdi.
1 0 ‘zM E. - Т.: «УзМЭ». 2004. 8-jild. 43-bet.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: