Aslida bu milliy-ozodlik kurashi ham edi. Qo‘zg‘olonga Nazirxo‘ja
Abdusalomov va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qildilar.
Biroq kuchlar teng emas edi. Oqibatda qo ‘zg‘olonchilar
maglubiyatga uchradi. Mustamlakachilar qo‘zg‘olonchilar va ularning
rahbarlarini ayovsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qishloqlarga o‘t
qo‘yildi. Hatto qo‘zg‘olonchilarning oila a ’zolariga ham shafqat
qilinmadi.
Qo‘zg‘olon rahbarlari esa o ‘lim jazosiga hukm qilindi. Qolgan
ishtirokchilar turli muddatlarga qamoqqa va surgunga jo ‘natildi.
Qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh b o ‘lganlik yoki
ularni tutib olishda
yordam bermaganlikda ayblanganlar cho‘lga haydab yuborildi.
»>
0 ‘zingizni sinang
^
♦ M ardikorlik — bu ...
♦ 1916-yilgi q o ‘zg‘olon ... edi.
Qo‘zg‘olonning yengilish sabablari va ahamiyati.
Qo‘zg‘olonchilar
m ustam lakachilarga qarshi kurashda hech qanday tajribaga ega
emas edilar. Ular hech qanday maxsus tayyorgarlikdan o ‘tmaganlar
ham. Ularning qurollari, asosan, ketmon, panshaxa va tayoqlardan
iborat edi.
Mustamlakachilarning askarlari esa zamonaviy qurol-yarog‘
bilan
ta ’minlangan edi. Qolaversa, qo‘zg‘olonga oldindan puxta tayyorlanil-
madi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘zg‘olon ishtirokchilari mustamlakachilar
tomonidan poymol qilingan haq-huquqlarini tiklash uchun kurashdilar.
Vatanning fidoyi farzandlari ekanligini ko‘rsatdilar.
Kuchlar noteng
bo‘lgan jangda ko‘rsatgan jasoratlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas
nom qoldirdilar.
1916-yilgi milliy-ozodlik harakati Rossiya imperiyasini
qattiq
sarosimaga solib qo‘ydi. Uning Turkistondagi kuch-qudratini zaif-
lashtirdi.
Qo‘zg‘olon Turkiston aholisini mardikorlikka
safarbar etish
to ‘g‘risidagi farmonning to ‘la bajarilishiga yo‘l qo‘ymadi. Natijada
mardikorlikka rejadagidan ikki barobar kam — jam i 120 mingdan
ortiq kishi yuborildi. Ular Rossiyaning turli burchaklarida og‘ir
mehnatdan, ochlikdan, xorlikdan mislsiz azob chekdi. Ko‘plari qattiq
sovuqdan va turli kasalliklardan o ‘lib ketdilar. Bir qismi esa umrbod
nogiron bo‘lib qoldi.
Qo‘zg‘olon vatandoshlarimizning o‘z haq-huquqlari uchun kurasha
olishi mumkinligini isbotladi. Mustamlakachi hukumatga ozodlik va
mustaqillik uchun kurash tuyg‘ulari hech qachon so‘nmasligini yana
bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: