Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy
ilm -fan markaziga aylanishi uchun ko‘p ishlar amalga oshirildi.
Prezident Islom Karimov Fanlar akademiyasi olimlari bilan bir necha
bor uchrashdi. Akademiya ish samaradorligini
oshirishga qaratilgan
hukumat qarori ham qabul qilindi.
Ayni paytda olimlarning dunyo fani yutuqlaridan to ‘la xabardor
b o ‘lishi masalasiga ham katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda har bir
olimning birorta chet tilini puxta bilishi rag‘batlantirilmoqda.
1997-yilda Respublikamizda «Umid» jamg‘armasi tuzildi.
Bundan
maqsad — iste’dodli yoshlarni saralab olib, ularning chet ellarda
o‘qishini qo‘llab-quwatlash edi. Keyinchalik «Iste’dod»
deb ataluvchi
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti jamg‘armasi tuzildi. Yoshlarni chet
ellarda o‘qitish orqali dunyo tajribasini o ‘rgangan, yuqori malakali
mutaxassislar sonining ko‘payishiga erishildi. Oliy o ‘quv yurtlarida
fanning turli
sohalarini puxta egallayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borayotgan eng iste’dodli talabalari va yosh olimlar o ‘z yo‘nalishlari
bo‘yicha 0 ‘zbekiston Prezidenti stipendiyasi, «Navoiy», «Beruniy» va
«Kamolot» stipendiyalari sohibi bo‘lmoqdalar.
Hukumatimiz ilm-fan
va texnika sohasida ulkan yangiliklarni amalga oshirayotgan olimlarni
ham taqdirlash uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini
ta ’sis etdi.
Hech shubha yo‘qki, qisqa tarixiy davr ichida 0 ‘zbekiston ham
ilm -fan taraqqiyotida dunyoning eng ilg‘or
davlatlaridan biriga
aylanadi. Bunda esa, albatta, Sizlarning a ’lo baholarga o ‘qishingiz
m uhim ahamiyat kasb etadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: